yetkazmoq kerak» (E.Vohidov) ekan, demak shoir bo'lish uchun ham,
she’ming anglovchi iste’dod egasi bo‘lmoq uchun ham, dastawal, she’riyatning
qonun-qoidalarini, uning oddiy texnikasini bilish, uni chuqurroq o‘rganishni
zaruratga aylantiradi.
Qalbdagi tovlanishlaming insoniy qiyosini ravshanlashtirishda, musiqiyligini ta’minlashda, qismat tarixini — so‘z vositasida jonlashtirishda uchta
asos muhim ahamiyat kasb etadi. Bular ritm («Ritmika»), qofiya («Ilmi
qofiya» - «Fonika»), band («Strofika»).
Ritm (gr. — teng o‘lchovlilik) borliqdagi barcha hodisa va holatlar tovlanishlarini ro‘yobga chiqaruvchi, ulami izchillik bilan bir me’yorda takrorlanishini ta’minlovchi asosdir. Shuning uchun ham insonning yurak urishida ham,
qoming yog‘ishida ham, fasllar almashinuvida ham, raqqosaning o‘yinida ham,
taralayotgan kuyda ham ritm (zarb) bor. Bu — dunyoning yaratilish qonuniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |