11-ma’ruza
Mavzu: Ona tilidan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar tizimi. O‘quvchilarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish
Reja:
1. Ona tilidan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar tizimi
2. Boshlang‘ich sinflarda tashkil qilinadigan mustaqil ishlar hajmi va murakkabligi jihatidan guruhlanishi
3. O‘quvchilarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish
Darslarda o‘tkaziladigan mustaqil ishlar dars tipiga, dars jarayonining turli bosqichlariga, o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Ona tilidan o‘rganiladigan har bir mavzu, har bir orfogramma xarakteriga muvofiq mustaqil ishlar uyushtiriladi.
Ona tili darslarida o‘tkaziladigan mustaqil ishlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) mustaqil ishlar pedagogik va psixologik tomondan asoslangan, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, bilimiga mos bo‘lishi, o‘quvchilarga tilni o‘zlashtirishga qiziqtirishi lozim;
b) o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriq bolalarning o‘quv materialini faol idrok etishini ta’minlashi zarur;
d) mustaqil ish hayotiy bo‘lishi, o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliy tatbiq etishning vositasi bo‘lmog‘i kerak.
Ta’lim ilgarilab ketgan sari mustaqil ishlarning hajmi, murakkabligi oshira boriladi. O‘quvchilarning ish tempi, mustaqillik darajasi o‘sadi. Masalan, uchinchi va beshinchi sinflarda ≪So‘z tarkibi≫ mavzusi o‘tiladi. O‘quvchilar uchinchi sinfda o‘zak, o‘zakdosh so‘z, so‘z yasovchi qo‘shimchalar, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotni oladilar, beshinchi sinfga o‘tgach esa, so‘z tarkibini yanada kengroq o‘zlashtiradilar. Bu sinfda o‘zak, o‘zakdosh so‘z, qo‘shimcha, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha, turlovchi va tuslovchi qo‘shimcha, negiz kabi terminlar vositasida bolalarning so‘z tarkibi haqidagi bilimlari yanada boyitiladi.
Boshlang‘ich sinflarda tashkil qilinadigan mustaqil ishlar hajmi va murakkabligi jihatidan uch guruhga bo‘linadi: tayyorlovchi; yarim mustaqil yoki oraliq; natijasi matnga teng mustaqil ishlar.
l.Tayyorlovchi mustaqil ishlar. Pedagogik-psixologiyadan ma’lumki, boslilang‘ich sinf o‘quvchilari vazifalarni mustaqil bajarishga ancha qiynaladilar. Ular berilgan topshiriqlarni taqlid qilish yo‘li bilangina bajara oladi. Ilg‘or o‘qituvchilar birinchi sinfda dastlabki mustaqil ishlarni quyidagicha tashkil etishadi: avvalo, o‘qituvchi o‘quv qurollariga muomala qilish, o‘quv qurollaridan foydalanish, o‘qish va yozish paytida partada o‘tirish qoidalarini amaliy ravishda ko‘rsatib beradi. O‘quvchilar o‘qituvchiga ergashib, uning qilgan harakatlarini takrorlaydi. Bu ishlar asta-sekin murakkablashtirib boriladi. 0 ‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tovushni bo‘g‘inga, bo‘g‘inni so‘zga birlashtiradilar. Gapni so‘zga, so‘zni bo‘g‘inga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar. 0 ‘quvchilarga tahlil qilishni o‘rgatish maqsadida ulaming diqqati konkret narsalarga tortiladi. o‘qituvchi rasmni osa turib, (rasmda uzum, anor, shaftoli, limon, o‘rik kabi mevalar ifodalangan) o‘quvchilarga bunday ish beradi: rasmni yaxshilab kuzating. Unda nimalar tasvirlangan? Ularning nomini eslang. Shirin va nordon mevalarning nomini bildiradigan so‘zlarni guruhlarga ajrating. O‘ylang, yana qaysi mevalar shirin va nordon b o‘ladi. Bunday topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilar chog‘ishtirish usulidan foydalanadilar. Topshiriq bajarilgach, tahlil uchun ≪olma≫ so‘zi ajratildi. Shu so‘z bo‘g‘inlarga boiinadi. ≪Olma so‘zining ikkinchi bog‘inidagi ≪ т ≫ , ≪а≫ tovushlarining artikulyatsiyasini kuzatish topshirildi (o‘quvchilar bu tovushlami ayta turib, partadosh o‘rtoqlarining og‘ziga qaraydi). Suhbat paytida o‘quvchilar ≪m≫ tovushini talaffuz qilganda lablarning yumilishi, ≪а≫ tovushini aytganda og‘izning ochilishini o‘rg an ib oladilar. Shunga o‘xshash ishlarni bajarish natijasida o‘quvchilar til dalillarini kuzatish, jamoada ishlay olish malakalarini egallaydi. Bu ishlar o‘quvchilami bundan keyingi yanada murakkabroq vazifalarni bajarishga tayyorlaydi.Tayyorlovchi mustaqil ishlar yuqori sinflarda o‘quvchilarni yangi o‘quv materialini ongli o‘zlashtirishga tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi.
2. Yarim mustaqil yoki oraliq mustaqil ishlar. Mustaqil ishlaming bu turi yetaklovchi savollar, darslik, bosma asosli tarqatma materiallar, ko‘rgazma qurollardan foydalanish asosida bajariladi. Misollar: o‘qituvchi doskaga ≪paxta≫ so‘zini yozib, o‘zakdosh so‘zlarni topishni buyuradi. O‘quvchilar ≪paxta≫, ≪paxtazor≫, ≪paxtachilik≫, ≪paxtagul≫, ≪paxtali≫ kabi so‘zlarni lug‘atdan topib yozadi. Bu ishda yetaklovchilik vazifasini paxta so‘zi o‘ynaydi.
3. Natijasi matnga teng mustaqil ishlar. Ta’lim ilgarilagan sari o‘quvchilar yanada murakkabroq vazifalarni bajara oladilar. Shuni hisobga olib, grammatikadan o‘rganiladigan bilimlarga bogiangan holda ijodiy diktant, hikoya, ish qog‘ozlari, bayon, insho va boshqa ish turlaridan mustaqil ish sifatida foydalanish mumkin. Bu ishlar hajmining kattaligi, bajarish uchun ko‘p vaqtni talab qilishi bilan mustaqil ishning oldingi turlaridan farq qiladi. Bunday mustaqil ishlarning oldingi turlaridan farqlash uchun ≪natijasi matnga teng mustaqil ishlar≫ terminini ishlatdik. Shunday qilib, ona tili darslarida o‘tkaziladigan mustaqil ishlar tizimi o‘quv materialining mazmuni, sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasi, mustaqil ishni bajarish uchun ketadigan vaqtga ko‘ra aniqlanadi.
4. Darslik materiallari ustida mustaqil ishlarni tayin etish yo‘llari. Maktab darsliklarining oldiga qat’iy ilmiy-izchillik, milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi qator vazifalar qo‘yilmog‘i zarur. Stabillashgan, tajribada o‘zini oqlay olgan darshklargina o‘quvchilarga har taraflama yetuk bilim bera oladi, o‘quvchilami mustaqil islilashga odatlantira oladi.
≪Ona tili≫ darsliklari materiallari o‘zida Grammatik kategoriyalarni, so‘z yasash shakllari va usullari, so‘z o‘zgartirish va gap tuzish yo‘llari, orfoepik va orfografik hamda punktuatsion q o idalarni mujassamlantirgan. Darslikdagi qonun-qoidalar o 'zining abstraktligi, umumiyligi bilan xarakterlanadi. Demak, o‘quvchining umumiy taraqqiy qilishida ona tili alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy vazifalaridan biri, bolalarning tafakkurini o‘stirish, ularda kitob ustida ishlash malakalarini takomillashtirishdan iborat.
Maktablarda o‘qituvchilaming ish tajribasini o‘rganish, o‘quvchilarning darslik ustida ishlay olish iqtidorlarini tekshirish shu xulosaga olib keldiki, darslik materiallari o‘qituvchilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, murakkabligi jihatidan farqlanmaydi, o‘quvchilarga darslik ustida mustaqil ishlay olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
O‘quvchilarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish sohasida o‘qituvchi quyidagi qoidalarga rioya qilishi kerak.
1. o‘quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash. O‘quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlashda oldin oddiyroq topshiriq beriladi, so‘ngra shu topshiriq asosida yanada murakkabroq vazifa o‘tkaziladi.
2. Bajariladigan mustaqil ishlarga quyidagi talab qo‘yiladi: har bir topshiriq o‘quvchining kuchi yetadigan, o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi, topshiriqlar o‘quvchilami bilim olishga, o‘rganilgan bilimlarni tajribada qo‘llashga undashi lozim.
3. Mustaqil ishlash jarayonida o‘quvchilarga individual munosabatda bo‘lish. Ma’lumki, sinfning barcha o‘quvchilari bir xil tayyorgarlikka ega b o‘lmaydi. Dars jarayonida o‘tkaziladigan mustaqil ish o‘qituvchining bolalarga individual munosabatda bo‘lishini ta ’minlashi lozim.
4. Mustaqil ishlarni bajarish uchun yetarli vaqt ajratish. Mustaqil ishlarni bajarish uchun ajratilgan vaqt ikki xil omil bilan belgilanadi: mustaqil ish darsning qaysi bosqichida uyushtirilishiga ko‘ra, topshiriqning hajmi, murakkabligiga ko‘ra. Mustaqil ishni bajarishda berilgan vaqtdan unumli foydalanish uchun bolalarni ishni bir paytda boshlab, bir paytda tugatishga o‘rgatish kerak.
5. Bajarilgan mustaqil ishni tekshirish va baholash. Bajarilgan topshiriqlar quyidagi yo‘llar bilan tekshiriladi:
— jamoaviy tekshirish. Ishning bajarilishini o‘quvchilardan biri aytib turadi, bolalar o‘z ishlariga qarab xatolarini tuzatadilar;
— saylab tekshirish, bunda o‘qituvchi o‘zi istagan ishlarni uyga olib ketadi, natijasini kelgusi darsda bayon etadi;
— o‘zaro tekshirish. 0 ‘zaro tekshirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
— bilishga undaydigan holat yaratish, muammoni o‘quvchilarga yetkazish, muammoni mustaqil hal qilish orqali ta ’limni amalga oshirish yo‘li.
Hozirgi paytda maktablarda ta ’lim jarayonini tashkil etishda ko‘pincha o‘quvchilar xotirasiga asoslaniladi. Hanuzgacha o‘quvchilaming darslarda tayyor bilimlarni o‘zlashtirishi birinchi o‘rinda turadi. Bilimlar o‘qituvchi tomonidan bayon qilinadi. O‘quvchilar tinglaydilar, xotirada saqlaydi, savol-javob paytida eshitgan yoki o‘qiganlarini eslab, aytib beradi. Ta’limni shu yo‘sinda tashkil etish reproduktiv-qayta eslash faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |