Ta’lim sohasi: 110000 – Pеdagogika Magistratura mutaxassisligi


–ma’ruza Mavzu: Ona tili ta’limini optimallashtirish.Ta’limni optimallashtirish tushunchasi va ta’limni optimallashtirish o‘lchovlari



Download 198,04 Kb.
bet15/17
Sana02.05.2022
Hajmi198,04 Kb.
#601745
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5454087774149808205

13–ma’ruza
Mavzu: Ona tili ta’limini optimallashtirish.Ta’limni optimallashtirish tushunchasi va ta’limni optimallashtirish o‘lchovlari.


Reja:


1. Ta’limni optimallashtirish tushunchasi
2. Ta’limni optimallashtirish o‘lchovIari

Ona tili ta’limini optimallashtirish. Ta’limni optimallashtirish – o‘quv–tarbiya jarayoniga hozirgi qarashlar – konsepsiyalarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan integrativ nazariyadir. Bu nazariya, bir tomondan, maktab joylashgan iqtisodiy, madaniy, geografik muhitni hisobga olishni, ikkinchi tomondan esa ta ‘lim mazmuni, tamoyillari, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllaridan unumli foydalanish yo‘llarini izlashni taqozo etadi.


Binobarin, ta‘limni optimallashtirish nazariyasida ikki narsa – ta’limni aynan olingan muhitga muvofiqlashtirish va uni eng samarador variant asosida o‘tkazish g‘oyalari o‘zaro uyg‘unlashgan. Shularga asoslanib, ta’limni optimallashtirish nazariyasini pedagogik fikrlashning yangi tipi deb qaraymiz. Ko‘rinadiki, ta’limni optimallashtirish nazariyasining markazida o‘quv–tarbiya ishlarini tashkil etish va boshqarishning ma’lum sharoit uchun eng qulay, samarali variantini tanlash yotadi. Optimallashtirish ta’limning samaradorligini oshirish yo‘li, samaradorlik esa ta ‘limni optimallashtirish o‘lchovi sanaladi. Demak, o‘quv–tarbiya jarayonini o‘rganish, uning eng unumdor variantini tanlash, tanlangan variantni amalga oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish yagona maqsadga – o‘quv–tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ta’limni optimallashtirish tushunchasi Ta’limni “optimallashtirish” tushunchasi lotincha “optimus” so‘zidan olingan bo‘lib, “eng yaxshi’, “eng unumli”, ‘eng maqbul” degan ma’nolarni anglatadi. Binobarin, ta’limni optimallashtirish keng ma’noda ma’lum sharoit uchun eng samarali variantni tanlash jarayonini anglatadi.
Ta’limni optimallashtirish tushunchasi olimlar tomonidan o‘ylab ixtiro qilingan g‘oya emas. U har doim inson tabiati, uning xatti–harakati, intilishlari, qiziqishlari, o‘z ijtimoiy burchini anglashi kabi ijtimoiy sifatlari bilan daxldor hodisadir. Bozorga kirib eng sifatli mahsulotni xarid qilishga intilish, so‘z berilganda tinglovchilar tushunadigan so‘z va iboralardan foydalanish, u yoki bu ijtimoiy vazifani bajarishga eng muvofiq yo‘lni tanlash uchun harakat qilish insonga har doim hamohangdir. Ta’limni optimallashtirish, prof. Y.K.Babanskiyning yozishicha, o‘qituvchi va o‘quvchining vaqt byudjetidan unumli foydalanishini ta’minlaydigan, aynan olingan sharoitga eng mos keladigan ta’limning ilmiy asoslangan variantini tanlashdir. Ta’limni optimallashtirish bir paytning o‘zida ta’lim subyektlarining har ikkalasi – o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun daxldor sanaladi. Masalan, o‘quv topshiriqlarini ta’limga tatbiq etish (o‘qituvchi faoliyati) o‘quv topshiriqlarini bajarish yo‘llarini bolalarga o‘rgatishni taqozo etadi, o‘quv muammolaridan o‘rinli foydalanish (o‘qituvchi), muammoni bajarish yo‘llari, bosqichlari xususida bolalarda tasavvurlami kengaytirishni talab etadi. Ta’lim jarayonidagi sababiyatli bog‘lanishlarni izlash, izohlash yoilari bilan ta ‘limning optimal variantini shakllantirishga qarab boriladi. Ta’limning optimal varianti har bir sinfning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Ikkita parallel (masalan, 6 ≪а≫, 6 ≪Ь≫) sinf uchun ta’limning bir varianti har doim optimallik talabiga javob bera olmaydi. Chunki sinf o‘quvchilari turli tayyorgarlikka ega, ularda darslik va boshqa o‘quv qo‘llanmalari ustida mustaqil ishlashga oid ko‘nikmalar turlicha taraqqiy etgan. Aynan olingan sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasi, real o‘quv imkoniyatlari asosida tanlangan variant faqat shu sinf o‘quvchilari uchun optimal sanaladi. Ta’limni optimallashtirish yo‘li bilan uning samaradorligini oshirish berilgan vaqt doirasida erishilgan natijaga ham bog‘liq.
Ta’limdan ko‘zlangan natija aynan berilgan vaqt doirasida optimal sanaladi. Vaqtni ortiqcha sarflash, u yoki bu mavzu ustida ortiqcha ishlash o‘qituvchi va o‘quvchilaming jismonan zo‘riqishiga olib keladi, kelgusi o‘quv soatlari samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Binobarin, me’yoriy vaqt doirasida ta ‘limning samaradorligini oshirish hamda ko‘zlangan natijaga erishish ta ‘limning optimalligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi. Ta’limni optimallashtirish u yoki bu ta’lim metodi, vositasiga ortiqcha baho berishni chegaralaydi, barcha sinfda bir xil ishlash va hamma o‘quv predmetlarini o‘qitishni bir xil qolip asosida tashkil etish tajribasiga barham beradi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ortiqcha, keraksiz urinishlarining oldini oladi.
Ta’limni optimallashtirish shu jihatlari bilan pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish nazariyasining yetakchi prinsipi sanaladi.
TA’LIMNI OPTIMALLASHTIRISH O‘LCHOVLARI
Ta’limni optimallashtirish o‘lchovlarini aniqlamasdan turib, o‘quv–tarbiya ishlarini optimal tashkil etish xususida gapirish mumkin emas. Optimallashtirish doimo ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Ma’lum maqsadni ko‘zlab (masalan, ta ‘limning samaradorligini oshirish) ta’limni tashkil etish, ta’lim vositalari, metodlarini tanlash o‘quv –tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishga olib keladi. Y.K.Babanskiy qator asarlarida ta ‘limni optimallashtirish o‘lchovlarini asoslagan. U pedagogik hodisalarni tizimli o‘rganish yo‘li bilan ta’limni optimallashtirishning quyidagicha o‘lchovlarini belgilagan edi: ta’lim mazmunini har bir o‘quvchining o‘z real bilish imkoniyatlari chegarasida o‘zlashtirishi, rivojlanishi va tarbiyalanishi; dars va uy ishlariga ajratilgan vaqt hamda gigiyenik talablarga o‘qituvchi va o‘quvchilaming rioya qilishi. Ta’limning optimal variantini tanlash, dastavval, ta’limni optimallashtirish o‘lchovini belgilashdan boshlanadi. Shunday qilmay turib, optimallashtirish to‘g‘risida gapirish mumkin emas. Chunki optimallik o‘lchovi ta’limning unumdorligi ko‘rsatkichi, u yoki bu pedagogik vazifani hal etish mezonidir. Respublikamiz mustaqilligi sharoitida ta’limni optimallashtirishning bosh o‘lchovi o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligidir. Samaradorlik ta’limning optimal variantini tanlash mezoni sifatida ikki xil ma’no anglatadi:
a) ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad va berilgan vositalar doirasida o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish. Samaradorlikning bu ma’nosi ta ‘lim jarayonining borishi bilan bog‘liq;
b) ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad bilan o‘quvchilarning o‘zlashtirishi orasidagi farq. Samaradorlikning bu ma’nosi ta ‘lim natijalariga daxldordir.
Samaradorlikning yuqoridagi ma’nolariga asoslanib, ta’limni optimallashtirishning ikki xil belgisi ajratiladi: ta’limni optimallashtirishda rioya qilinadigan belgilar; ta’lim natijasi optimalligini ko‘rsatuvchi belgilar. Ta’limni optimallashtirishda rioya qilinadigan belgilar bilan ta ‘lim natijasi optimalligini ko‘rsatuvchi belgilar o‘zaro sabab va natija kategoriyalari sifatida bog‘langan. Shularga ko‘ra, ta ‘limni optimallashtirishning quyidagi o‘lchovlari ajratiladi.
Ta’limni optimallashtirishning dastlabki o‘lchovi berilgan imkoniyatlar (vaqt, ta’lim vositalari va sh.k.) doirasida o‘quvchilami yuqori darajada taraqqiy ettirishni ko‘zlab, o‘quv–tarbiya jarayonini tashkil etishdir. T a ‘limni shu nuqtayi nazardan tashkil etish, shubhasiz, o‘qitishning sifatini oshiradi. Unda o‘qitish va taraqqiy ettirish parallel olib boriladi.
Ta’limning maqsadi bilan uning natijasi o‘rtasidagi farqni qisqartirish o‘quv–tarbiya jarayonini optimallashtirishning navbatdagi o‘lchovidir. Hozir ta’limning maqsadi bilan uning natijasi o‘rtasida mos kelmaslik hollari uchrab turadi. Buning asosiy sababi o‘qituvchilar faoliyatida formalizmning mavjudligi, o‘quvchilaming ijodiy faoliyatini tashkil etish usuliyotini barcha o‘qituvchilarning puxta egallab olmaganliklaridadir. Shu kamchiliklar qancha tez bartaraf etilsa, ta ‘limning maqsadi bilan uning haqiqiy natijasi o‘xtasidagi tafovut shuncha kamayadi. Ta’limni optimallashtirishning yana bir o‘lchovi ta’lim vositalari, metodlarining ta’lim mazmuniga mosligidir. Ta’limning tashkiliy shakllari, metodlari, vositalari ta’lim mazmuniga qancha mos bo‘lsa, o‘quv–tarbiya ishlari shuncha samarador bo‘ladi. Ta’limni optimallashtirishning yana bir o‘lchovi bir paytda ta’lim mazmuni va unga oid faoliyat usullarini egallashdir. Hozirgi maktablard a oldin ma’lum axborotni o‘zlashtirish, keyin shu axborotning amalda qo‘llanishini egallash odat tusiga kirgan. Bir paytda o‘quv materiali mazmunini va undan amaliyotd a foydalanish usullarini egallash, shubhasiz, vaqtni tejashga olib keladi.



Download 198,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish