12-ma’ruza
Mavzu: Ona tili ta’limida muammoli darslar
Reja:
Ona tili ta’limida muammoli darslar
Yangi o‘quv materiali ustida ishlash jarayoni
Muammoli darsda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan muammolarni yechish, natijalarini induktiv yo‘l bilan umumlashtirish
O‘quvchi tevarak-atrofdagi narsalarni, ularning mohiyatini birdaniga emas, balki asta-sekin o‘rganadi. O‘qish, kundalik faoliyat, kishilar bilan aloqada bo‘lish bolalar oldiga yangi-yangi vazifalar qo‘yadi. Bolalar grammatik usullar bilan aqliy faoliyat usullarini puxta o‘rganib olishsa, ulardan foydalanish yo‘llarini aniq his qilishsa, ularning ish unumi oshadi. Fan asoslarini o‘zlashtirishning ikki tomoni mavjud:
1.o‘quv narsalariga oid bilimlarini xotirada to‘plash:
2.o‘rganilgan bilimlardan amaliyotda foydalanish usullarini egallash.
“Ta’lim ratsional tashkil etilganda, — deb yozadi. N.A.Menchinskaya, — bu jarayonning ikkala tomoni ham bir xil taraqqiy etadi. Aks holda, bilimlarni to‘plash oldin ketib, o‘rganilgan bilimlardan amaliyotda foydalanish orqada qolib ketadi”. Ma’lum mavzular bo‘yicha bilimlarni to‘plash va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish usullarini egallashda bolalaming o‘quv-biluv faoliyati qanday kechadi? Bunday faoliyat qanday komponentlardan tarkib topadi?
Tekshirishlar shuni tasdiqlaydiki, ta’lim jarayonida biror grammatik hodisani o‘zlashtirish uchun o‘quvchi ko‘rsatadigan faoliyat ushbu uzvlardan iborat bo‘ladi: -o‘qituvchi tomonldan qo‘yilgan topshiriqlarni anglash uchun ko‘rsatiladigan faoliyat;
-o‘quv materialini turli manbalardan idrok etish;
-idrok etilgan bilimlarni anglash, umumlashtirish;
bilimlar bo‘yicha dalil to‘plash va to‘plangan dalillarni tahlil qilish;
-o‘rganilgan nazariy materiallarning amaliy qo‘llanilishini egallash.
O‘qitish jarayonida bu komponentlardan birortasi ishtirok etmasa, ta’limning puxtaligiga putur yetadi. Bolalar o‘quv-biluv faoliyatining birinchi uzviga rioya qilmasa, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonidagi onglilik ta’minlanmaydi: oxirgi uzv e’tibordan chetda qolsa, ta ’limda formalizm paydo bo‘ladi. o‘rganilgan bilimlar bo‘yicha yetarli miqdorda dalillar to‘plab, tahlil qilinmasa, o‘quvchilar o‘zlashtirilgan bilimlarni ikkinchi bir vaziyatga tatbiq etishda qiynaladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyati ma’lum mavzuga oid bilimlarni o‘rganish va o‘rganilgan bilim laming nutq faoliyatida qo‘llanilishini o‘zlashtirish bilan yakunlanadi.Biror mavzuni o‘rganish jarayoni tugagach, uning o‘zlashtirilishini tekshirish qanday natija beradi? Mavzu ustida yetarli mashq o‘tkazilgach, uning natijasi qay darajada bo‘ladi? Shu savollarga ko‘ra ≪Sifat≫ mavzusida eksperiment o‘tkazildi. Darslikda sifatning ta’rifi, sifatlarning otga bog‘lanib kelishiga oid bilimlar berilgan. Mashg‘ulot ushbu umumiy ta ’rif asosida o‘tkazildi deyiladi.
Mavzu yuqoridagi ta’rif asosida o‘rganilgach, mashq o‘tkazilmasdan bolalarga sifatlar o‘ylab topish va ular ishtirokida gaplar tuzish topshirildi. Topshiriqning natijasi shuni ko‘rsatadiki, sinfdagi eng ilg‘or o‘quvchilar ham vazifani bajarishda ancha qiynalishgan. Ikkinchi soatda sifatlarning yasalishi va yozihshi o‘rgatildi. Uchinchi soatda sifatlarning ta ’rifi, yasalishi, yozilishi ustida mashq qilindi. Sifat mavzusi bo‘yicha yetarli mashq o‘tkazilgach, bolalarga birinclii soatda o‘tkazilgan yozma ishlar qaytarildi. Ularga o‘z ishlarida y o‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish, sifatlar ishtirokida gap tuzishni davom ettirish tavsiya etildi. O‘quvchilarning deyarli hammasi birinchi mashg‘ulotda yo‘l qo‘ygan o‘z xatolarini tuzatishgan, sinfdagi past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham sifatlar ishtirokida uch-to‘rttadan gap tuzishgan. Ko‘rinadiki, ma’lum mavzuga doir bilimlar o‘rganilgach, shu bilimlarga rioya qilib grammatik topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilar xatoga yo‘l qo‘yishlari ham mumkin. Bu o‘quvchining bilimlarni yomon o‘rganganining oqibati emas, balki o‘rganilgan bilim bilan uning nutq faoliyatida qo‘llanilishi o‘rtasida mustahkam aloqadorlikning hosil qilinmaganligidadir. 0 ‘rganilgan bilimlar bilan uning amaliy qo‘llanishi o‘rtasidagi aloqadorlik mashq qilish yo‘li bilan o‘rgatiladi.
Ma’lum mavzu bo‘yicha bilimlarni o‘rg an ish va o‘rganilgan bilimning amaliyotda qoilanishini egallash jaryonida bolalarning o‘quv-biluv faoliyatini boshqarishning uch xil shakli mavjud.
An’anaviy dars tiplari o‘quv jarayonini, binobarin, bolalarning o‘quv-biluv faoliyatini boshqarishning yetakchi shakli sanaladi. An’anaviy dars tiplari o‘quv jarayonining tarkibiy elementlarini va darsning maqsadini tahlil qilish asosida yaratilgan. Bunday dars tiplarida o‘quv materialini o‘rganish va o‘rganilgan bilimlarning amaliyotda qo‘llanishini egallash uzoq muddatni talab etadi. Bolalarning o‘quv-biluv faoliyatini boshqarishning ikkinchi shakli o‘quv jarayoni mantiqiy tahlil qilish asosida yaratilgan dars tiplaridir. Bunday dars tiplarida o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash parallel olib boriladi. Unda dars tiplari va har bir dars tipiga mos keladigan topshiriqlar tanlanadi. Har bir dars tipiga mos keladigan topshiriqlarni tanlash o‘quv materialini o‘rganish va o‘rganilgan bilimlarning amaliyotda qo‘llanishini egallash o‘rtasidagi interval qisqaradi. Bu ona tili o‘qitish uchun davlat tomonidan ajratilgan vaqt byudjetini tejash imkoniyatlarini beradi.
Muammoli darslar o‘quv jarayonini tashkil etishning, bolalar o‘quv-biluv faoliyatini boshqarishning yangi — uchinchi shaklidir. Bunday darslarda bolalar yangi o‘quv materialini, uning amaliy qo‘llanishini ijodiy yo‘l bilan o‘zlashtiradi. Muammoli darslarda o‘rganilayotgan mavzuga oid dalillami to‘plash va shu dalillarni tahlil qilish, bilimlarni o‘rganish va mustahkamlash, o‘rganilgan bilimlarning amaliy qo‘llanishini egallash parallel olib boriladi.
Muammoli darslarda o‘quvchi faoliyatining evristik layoqati taraqqiy etadi. o‘quvchilar fan sohasida qo‘llaniladigan metodlarni o‘rganib olishadi. Bunday darslarga ham, an’anaviy dars tiplariga o‘xshab qator vazifalar qo‘yiladi. Shu bilan birga, muammoli darslar o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
≪Muammoli o‘qitish, — deb yozadi A.M.Matyushkin, — ta ’limning boshqa tizimlari va metodlariga tamoman zid emas. Uning xususiyatlari ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida — yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida — yangicha faoliyat ko‘rsatish shartlari hamda usullarini o‘rganish bilan xarakterlanadi≫.
Muammoli darslarni, psixolog olimlarning fikricha, quyidagi bosqichlar asosida tashkil etgan ma’qul:
— darsning boshlanishi. Bu bosqichda bolalaming o‘quv materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar qilinadi.
o‘quvchilar oldiga mavzuga doir muammo yoki muammolar qo‘yiladi:
— mavzu bo‘yicha qo‘yilgan muammolar ustida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikda ishlashi. Bu paytda bolalar o‘qituvchi savollariga asoslanib, mavzuga doir turli fikrlami aytishadi, o‘quvchilar aytgan fikrlar jamoa bo‘lib tahlil qilinadi. Shu yo‘1 bilan qo‘yilgan muammo yechiladi.Muammoni yechish yo‘li bilan o‘quvchilar nazariy bilimlarni ≪o‘zlaricha kashf etadilar≫. Agar zarur boisa, o‘qituvchi bolalar chiqargan xulosalami to‘ldiradi:
— o‘rganilgan bilimlarni qo‘llab, topshiriqlarni bajarish;
— mavzu yuzasidan yakunlovchi xulosa chiqarish.
Muammoli darslarni ≪Son≫ (3-sinf) mavzusi misolida ko‘zdan kechiraylik: 3-sinfda son bo‘yicha ushbu bilimlar o‘rganiladi: son narsaning sanog‘ini va tartibini bildiradi: narsaning sanog‘ini bildirgan sonlar qancha? nechta? so‘roqlari, narsaning tartibini bildirgan sonlar nechanchi? so‘rog‘ini oladi. Shu bilimlarga ko‘ra muammolar qo‘yiladi.
Muammoli darslarda sinf o‘quvchilarining barchasi faol ishtirok etadi. Mavzu bo‘yicha dalil to‘plash, dalillarni tahlil qilish, tahlil qilingan dalillar asosida xulosa chiqarish, nazariy bilimlarni o‘rganish va ularning amaliy qo‘llanishini egallash parallel olib boriladi. Bunday darslarda bolalar ijodiy fikr yuritadi. Ammo muammoli darslarning salbiy tomonlari ham bor: ona tili predmetiga oid mavzularning hammasini muammolar qo‘yish yo‘li bilan o‘rgatib bo‘lmaydi: muammoli darslarda o‘quv materialini o‘rgatish va mustahkamlash uchun ko‘p vaqt ketadi. Masalan, yuqoridagi darsda yangi o‘quv materialini o‘rgatish va mustahkamlash uchun 35 daqiqa yaqin vaqt ketdi. Bolalarning o‘quv-biluv faoliyatini boshqarishning yana bir shakli har bir dars tipiga mos keladigan topshiriqlarni tanlash yo‘li bilan o‘quv materialini o‘rganish va o‘rganilgan bilimlarning amaliy qo‘llanishini egallashni ketma-ket olib borishdir. Quyida 3-sinfda ≪Son≫ mavzusini topshiriqlar vositasida o‘qitish namunasini keltirib, muammoli o‘qitish bilan topshiriqlar vositasida o‘qitishni o‘zaro chog‘ishtiramiz.
Ma’lumki, yangi o‘quv materiali ustida ishlash jarayonida uch narsaga alohida e’tibor beriladi: bolalarni yangi o‘quv materialini o‘rganishga tayyorlash; yangi o‘quv materialini o‘rgatish; o‘rganilgan o‘quv materialini dastlabki mustahkamlash. o‘qituvchi ana shu bosqichlar o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash uchun ko‘chmadoskaga yozilgan matn ustida quyidagi topshiriqlami tashkil etdi.
Muammoli darsda o‘qituvchi tomonidan q o‘yilgan muammolarni yechish, natijalarini induktiv yo‘l bilan umumlashtirish bolalarning o‘quv-biluv faoliyatining negizini tashkil etadi. Qo‘lga kiritilgan natija, y a ’ni o‘rganilgan bilimlar bola shaxsiy faoliyatining mahsuli sanaladi. o‘quvchi empirik yo‘l bilan mavzuni o‘rganadi. Ikkinchi dars namunasida bolalar o‘quv materialini avval empirik yo‘l bilan, keyin esa nazariy yo‘l bilan o‘rganadi. Topshiriqni bajarish paytida bolalar o‘quv materialining tarkibi bilan tanishadi, bolalar ongida ≪Son≫ tushunchasining umumiy asoslari hosil b o‘ladi. Mavzuni tushuntirish paytida o‘qituvchi bolalar ongida hosil bo‘lgan umumiy bog‘lanishlarni grammatik istilohlar vositasida aniqlashtiradi. Bu paytda empirik yo‘l bilan o‘rganilgan bilimlar ≪narsaning sanog‘i≫, ≪narsaning tartibi≫, ≪sanoq son≫, ≪tartib son≫ tushunchalari ostida to‘planadi. Bunday o‘rganiladi. Til hodisalarini tushunchalar vositasida o‘rganishda deduksiya asosiy rol o‘ynaydi. Tushunchalar vositasida o‘qitishga nazariy o‘qitish deyiladi. Nazariy o‘qitishda vaqt kamroq sarf etiladi. Har bir dars tipiga mos keladigan topshiriqlarni tanlash yo‘li bilan ta ’lim amalga oshirilganda empirik va nazariy o‘qitish o‘zaro qo‘shiladi.
Ta’lim — o‘rganilayotgan narsa-hodisalar mohiyatiga o‘quvchilarni rejali, ongli olib kirish yo‘lidir. o‘rganilayotgan narsalar o‘quvchining ongidan, tajribasidan qancha ko‘p o‘tsa, u shu narsaning mohiyatiga shunchalik chuqur kirib boradi. Ta’limning obyektiv borishi va uning mantiqi o‘quvchilar oldiga yangi-yangi vazifalar qo‘yadi.Ta’lim jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan topshiriq va uni bajarish uchun o‘quvchilar ko‘rsatadigan aqliy hamda jismoniy faoliyat o‘rtasidagi ziddiyatlardir.
Ta’lim jarayonidagi ziddiyatlar turli paytda, turli shakllarda namoyon bo‘ladi. o‘quvchi ba’zan o‘qituvchi tomonidan tatbiq etilgan topshiriqlarni bajarish uchun, ba’zan esa o‘rganilgan nazariy bilimlar doirasida dalil to‘plash va ularni tahlil qilish uchun, yana bir holda o‘rganilgan bilimlarning amaliy qo‘llanilishini egallash uchun faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida Grammatik topshiriqlarni to‘g‘ri tashkil etish, ularni ma’lum izchillikda murakkablashtirib borish orqali bu jarayonning dialektik mohiyatiga, binobarin, bolalarning o‘quv-biluv faoliyatlarini taraqqiy ettirishga rioya qilinadi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilaming bilish yo‘li bilan katta kishilarning bilishi o‘rtasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Olim bilan o‘quvchining bilish faoliyati o‘rtasidagi farq faoliyat turida emas, balki faoliyatning taraqqiyot darajasidadir. 0 ‘quvchida aqliy faoliyat usullari bilan o‘quv-biluv faoliyati usullari to‘g‘risida bilim, malakalar hosil qilinsa, ularni qo‘llay olish y o 'lla ri o‘rgatilsa, u fan asoslarini ongli, atroflicha egallaydi. Ta’lim bolalarning o‘quv-biluv faoliyatiga mo‘ljallab tashkil etilganda, o‘quvchilarga o‘quv materialini o‘rganish yoilari o‘rgatilganda, katta kishilarning ish metodlari bolalarning o‘z ish metodlariga aylanadi. Bu bolalarnnig o‘quv-biluv faoliyatlarini boshqarish uchun imkoniyatlar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |