1. Ona tili didaktikasining tadqiqot predmeti
2. Ona tili didaktikasining maqsad hamda vazifalari
3. Maktabda ona tili o‘qitishning umumiy asoslari
4. Boshlang‘ich sinflardagi ona tili ta’limi mazmuni
5. Ona tili ta’limini ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari
Ona tili didaktikasi metodik izlanishlarni umumlashtiruvchi pedagogik fandir. U tilshunoslik, umumiy didaktika, bolalar psixologiyasi, metodika kabi qator fanlarning yutuqlariga tayanib, o‘z tadqiqot predmeti, vazifalari, tushunchalar tizimini belgilaydi. Ona tili didaktikasi boshqa fanlarga nisbatan amaliy fanmi? Agar ona tili didaktikasi amaliy fan bo‘lsa, uning nazariy asoslari mavjudmi? Maktabda ona tili o‘qitish amaliyotini ona tili metodikasi ham o‘rganadi. Ona tili didaktikasi til o‘qitish tajribasini qaysi jihatlariga ko‘ra, tadqiq qiladi? Bu savollarga ona tili didaktikasi tadqiqot predmeti, uning vazifalarini aniq chegaralash yo‘li bilan javob izlash mumkin.
Ona tili didaktikasi esa yoshlarda ijtimoiy tajribaning alohida xususiyati fikrni til vositasida shakllantirish va uni ro‘yobga chiqarish tajribasini rivojlantirishdan iborat. Til yashagan, yashayotgan va bundan keyin ham yashaydigan avlodlar o‘rtasidagi vorislikni ta’minlaydigan asosiy vosita bo‘lib, uni maktabda o‘quv predmeti sifatida o‘qitish tilning ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yana-da oshiradi. Ona tili metodikasi va uning qobig‘ida shakllanayotgan ona tili didaktikasi didaktika o‘rganadigan hodisalarni xususiy holatlarda – ona tili o‘qitish nuqtai nazaridan o‘rganadi. Binobarin, ona tili didaktikasi umumiy didaktikaga o‘xshab, ta’lim jarayoni, ona tilidan ma’lumot va ta’lim mazmuni, ta’lim turlari, metodlari, tashkiliy shakllari, vositalari kabi muammolarning barchasi bilan aloqadordir.
Barcha o‘quv predmetlariga o‘xshab ona tili ham maktabda ta’lim jarayonida o‘rganiladi. Ta’lim jarayoni esa bola uchun tilni o‘zlashtirishning yangi shart-sharoiti boiib, u makon va zamonda yuz beradi. Til ta’limining ma’lum sharoitda – ta’lim jarayonida amal qilishi, uni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishga oid hodisalarni ma’lum darajada osonlashtiradi, o‘quv-tarbiya jarayonida kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan, muqarrar va tasodifiy hodisalar mavjudligini chegaralash imkoniyatini beradi. Ona tilidan qanday mashg‘ulot bo‘lmasin, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri ma’lum o‘quv materialiga yo‘nalgan. O‘qituvchi faoliyati (o‘qitish), o‘quvchilar faoliyati (o‘qish), bolalarning real o‘quv imkoniyatlariga mos o‘quv materiali tilni ta ‘lim sharoitida o‘zlashtirishning barqaror.
Do'stlaringiz bilan baham: |