Ta’lim sohasi: 110000 – Pеdagogika Magistratura mutaxassisligi


-ma’ruza Mavzu: Ona tili darslarida mustaqil ishlarning o‘rni



Download 198,04 Kb.
bet12/17
Sana02.05.2022
Hajmi198,04 Kb.
#601745
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5454087774149808205

10-ma’ruza
Mavzu: Ona tili darslarida mustaqil ishlarning o‘rni


Reja:



  1. Ona tili darslarida mustaqil ishlarning o‘rni

  2. Didaktika va xususiy metodikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlar muammosi uch tomondan talqin qilinishi

  3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatishda mustaqil ishlarning o‘rni .

Maktabda fan asoslarini egallash, ko‘p jihatdan, ona tili ta’limining qo‘yilishiga bog‘liq. O‘quvchilar tilga oid bilimlarni, asosan, dars jarayonida o‘rganadilar. Ularga tildan beriladigan bilimlarni mustaqil ishlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Pedagogikada mustaqil ishlar muammosi juda uzoq tarixga ega. O‘quvchilarda mustaqillikni shakllantirish K.D.Ushinskiy pedagogik tizimining asosiy muammolaridan biri edi. U tarbiyachi o‘z shogirdlarining mustaqil ishlashiga ko‘proq imkoniyat yaratib bermog‘i, o‘quvchini tayyor xulosalar bilan qurollantirishga ko‘ra, uning o‘ziga xulosalar izlashni o‘rgatmog‘i kerak, — deb ta’kidlagan edi: ≪Grammatik qonun-qoidani o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘zi kuzatishini va xulosalashini istardik, o‘quvchining umumiy taraqqiyotida grammatikaning asosiy ahamiyati ana shundan iborat≫. Ta’limda faollik va mustaqillik muammosi bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro uzviy bog‘langan pedagogic kategoriyalar hisoblanadi. Har qanday aktiv faoliyat asosida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Mustaqil ishlarsiz hech qanday faol faoliyat bo‘lmaydi. Ammo bu faollik va mustaqillik bir xil tushuncha ekan, degan fikrga olib kelmasligi kerak. Faollik mustaqillik tushunchasiga nisbatan ancha kengroq sohani o‘z icliiga oladi. Faollik to‘g‘risida gapirganda, o‘qituvchi tushuntirishi, ma’ruzani diqqat bilan tinglash, turli xil vositalar: ko‘rgazma qurol, mustaqil ish yordamida o‘quvchilaming faolligini oshirish, ijtimoiy va ma’naviy hayotda faollik bilan ishtirok etish, moddiy ne’matlami ishlab chiqarishda ijodkorlik, tashabbuskorlik ko‘rsatish kabilar tushuniladi. Demak, faollik tushunchasi xoh o‘quv-tarbiya, xoh ijtimoiy va ma’naviy hayot sohasida bo‘lmasin, kishining ongli, aqliy faoliyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Darslarda o‘tkaziladigan mustaqil ishlar o‘quvchilarning faolligini oshirishning asosiy vositalaridan biri sanaladi. Kishi mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil o‘rganish orqaligina fan asoslarini puxta egallaydi. Kitob ustida mustaqil ishlay olish m a lak ala ri, dastavval, boshlang‘ich sinflarda hosil qilinadi, bu malakalar yuqori sinflarda yanada takomillashtiriladi. Darslarda tashkil etiladigan mustaqil ishlar o‘quvchilarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirishning yetakchi omilidir.


Didaktika va xususiy metodikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlar muammosi uch tomondan talqin qilinadi:
fan asoslarini egallashdagi mustaqillik — didaktik prinsip;
mustaqil ishlash — o‘qitish metodi;
mustaqil ishlar — darsda tashkil etiladigan topshiriq — o‘quvchi shaxsini shakllantirish vositasi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi usullardan yana biri - mustaqil ish metodidir. Nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki umuman ta’lim sohasida keng qo‘llaniladigan o‘quvchilarning mustaqil ishlari ta’lim samaradorligini oshiruvchi vosita sifatida doimiy ravishda tadqiqotchilar diqqat markazida bo‘lib kelgan. Metodist olimlar mustaqil ishlardan dars jarayonida keng foydalanishni doimo yoqlab chiqqanlar. Chunki o‘quvchilarning bilimlarni egallash va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, avvalambor, mustaqil ishlarni bajarish, oldida turgan muammo va masalalarning yechimini topish jarayonida shakllanadi. Shunday ekan, o‘quvchilarning mustaqil ishlari nima degan savolga to‘xtalib o‘tmoq joiz. Unga turlicha javob berganlar. Jumladan, ba’zi olimlar mustaqil ishlar deganda o‘qituvchining bevosita yordamisiz, ammo uning nazorati ostida bajariladigan vazifalarni tushunishsa, boshqalari o‘quvchilardan faol aqliy faoliyatni, tashabbuskorlikni, avval olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni talab qiladigan ishlar deb bilishadi. Masalan, pedagogika fanlari doktori, professor A.G‘ulomov mustaqil ishlarga shunday ta’rif beradi: «Mustaqil ishlar deganda biz, avvalo, o‘qituvchining bevosita rahbarligida uyushtiriladigan hamda o‘quvchilarning ona tilidan egallaydigan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikmalarni takomillashtirishga xizmat qiladigan, ma’lum maqsadga qaratilgan faol ongli faoliyatni tushunamiz». O.Roziqov esa ona tili darslarida qo‘llaniladigan mustaqil ishlarni «o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari va rahbarligida bajariladigan, nazariy-amaliy materiallar ustida uyushtiriladigan, o‘quvchilarning ongli ravishda faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlaydigan grammatik, orfografik vazifalar» sifatida tushunadi. Jumladan, S. Matchonov: «... mustaqil ishlar ta’lim-tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati o‘quv topshiriqlarining o‘qituvchi ishtirokisiz, bevosita o‘quvchi tomonidan bajarilishi bilan belgilanadi va asosan matn ustida ishlash orqali amalga oshiriladi, qo‘shimcha adabiyotlardan samarali foydalanishni nazarda tutadi» deb yozadi. Bizningcha, mustaqil ishlar o‘quvchilarning aqliy imkoniyatlarini namoyon qilishga imkon beradigan, o‘qituvchining bilvosita va bevosita ishtirokida, ammo bevosita yordamisiz nazariy-amaliy materiallar ustida bajariladigan vazifalar bo‘lib, o‘quvchilarning nafaqat bilim darajalarini, balki ularning o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishlarini, mustaqil va mantiqiy fikrlash darajalarini aniqlash va shakllantirish imkoniyatini beradigan ongli amaliy faoliyatdir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy bilimlarini oshirish, tahsil oluvchilarning ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, madaniyatli va o‘z e’tiqodiga sodiq yoshlarni tarbiyalashga bo‘lgan e’tiborni har qachongidan ham kuchaytirish zarurligiga alohida urg‘u berilgan. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolligi ularning ilmiy salohiyati hamda ilmiy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Hozirgi davrda taraqqiy etgan davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy ravnaqi fan taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy jihatdan ta’minlash infrastrukturasini vujudga keltirish, mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasini tashkil etish kabi vazifalar belgilab berilgan. Bunday dolzarb vazifalar tizimida yosh avlodni mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ta’lim sohasidagi islohotlar faqat malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilib qolmay, balki fuqarolik jamiyatining ilmiy salohiyatini rivojlantirishga ham qaratilgandir.
Umumiy ta ’lim predmetlaridan biri sanalgan ≪Ona tili≫ o‘quvchilarda mustaqillikni taraqqiy ettirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Ona tili materiallari ustida tashkil qilinadigan topshiriqlar o‘quvchilarni til hodisalarini kuzatish, tahlil va qayta qo‘shish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish kabi malakalarni o‘stiradi. O‘quvchilarning mustaqil ishlari ona tili darslarining barcha bosqichlarida o‘tko‘tkaziladigan , o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari va rahbarligida bajariladigan, o‘quvchilarning ongli ravishda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan Grammatik vazifalardir. Ilg‘or o‘qituvchilar darslarni ijodiy uyushtirishda o‘quvchilarning mustaqil ishlariga tayanadilar. Kuzatishlar shuni tasdiqlaydiki, aksariyat o‘qituvchilax mustaqil ishlarning o‘ziga xos xususiyatlariga yetarli ahamiyat bermay, uni nafasni rostlab olish uchungina o‘tkazadilar.Ba’zi maktablarda ona tilidan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar o‘quvchilarning bilimi, hayotiy tajribasi, individual xususiyatlariga to‘g‘ri kelmaydi.


Download 198,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish