Ta`lim oluvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari mundarija


Axloqiy madaniyatni targ`ib etishda milliy g`oyaning o`rni



Download 84,93 Kb.
bet5/8
Sana11.07.2022
Hajmi84,93 Kb.
#777376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TA`LIM OLUVCHILARNING AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

2.2. Axloqiy madaniyatni targ`ib etishda milliy g`oyaning o`rni.
Har bir jamiyat o`zining yuksalishida milliy g`oya va milliy mafkurasiga ehtiyoj sezadi. Jamiyat a’zolariga lozim darajada singdirilgan milliy g`oya – ularning axloqiy madaniyati darajasini ham belgilab beradi. Axloqiy madaniyat va milliy g`oya tushunchalari - bu bir-birining to`liq shakllanishiga xizmat qiluvchi omillardir.
Milliy gʻoya - muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui12. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy gʻoya oʻz mo-hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Masalan, oʻz davrida (1941-1945) fashistlar bosib olgan Fransiyada “Qarshilik koʻrsatish” gʻoyasi milliy gʻoya darajasiga koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Biror gʻoyaning milliy gʻoya sifatida maydonga chiqishi millatning oʻtmishi, mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u millatning qisqa vaqt va uzoq vaqtga erishish lozim boʻlgan maqsad-muddaolari va moʻljallarini toʻgʻri ifodalay olishi mumkin. Har qanday milliy gʻoyada umuminsoniy moqiyat mavjud boʻladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahami-yatli boʻlgan gʻoyalar ham bor. Masalan, "Milliy qarash" gʻoyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega boʻlsa, “Manfaatli hamkorlik” gʻoyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq oʻz tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning oʻzagini tashkil etadigan, oʻziga xos oʻq, birlashtiruvchi yadro vazifasini oʻtaydigan ijtimoiy gʻoyani shakllantirish muammosini hal etadi. Bunga esa milliy gʻoya orqali erishiladi. Milliy gʻoya muayyan darajada insoniyat takdiriga taʼsir qiladi. Milliy gʻoyaning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda ahamiyati katta. Milliy gʻoya vositasida el-yurt birla-shadi, oʻz oldiga buyuk maqsadlar qoʻyadi va ularni ado etishga qodir boʻladi.
Milliy g‘oya o‘z qadriyatlari tizimi yordamida jamiyat a’zolarida axloqni, ijtimoiy normalarga yondashuvni, amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik tuyg‘ularini shakllantirib boradi. Axloqiy madaniyat qaror topishida qadriyatlardan vosita va usul tarzida foydalanish faoliyatning samaradorligini ta’minlaydi.
Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli sohalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksiologiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga XX asrning 2-yarmida nemis aksiologii E.Gertman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. G‘arbda bu atama grekcha “qadriyat” va “fan”, “ta‘limot” tushunchalariga asoslanadi. Qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, obyektiv asosi va subyektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.
Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir.Ma’naviy madaniyat yoxud “ma’naviyat”ning mаg’zini (ядросиni) qad-riyatlar tashkil etadi. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yoki bu obyektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma’nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, u yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddi шuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, obyektiv va subyektiv qadriyatlarga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’-zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratish mumkin. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin. Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, “milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turi-shi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy obyektdir” .
Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – hu-quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat tarixida “Inson va grajdanlar huquqlari dekloratsiyasi”, 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi tasdiqlagan “Inson huquqlarining eng umumiy dekloratsiyasi”- inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan atrixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy huquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Konstitusiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Ja-hon öivilizaöiyasining atlablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda.
Millatning rivojlanishida milliy g‘oya beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g’oya asosida yoshlarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga milliy g`oyani innovatsion texnologiyalar asosida singdirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni yanada shakllantirish – o`ta sharafli vazifaga aylanmog`i lozim. Shundagina biz istiqbolda ma’naviy barkamol insonni, sog`lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.
Shu o`rinda yoshlar tarbiyasi masalasida Birinchi Prezidentimizning quyidagi dolzarb fikrlarini ta’kidlab o’tish joizdir: “...biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishini istardim”13– deb ta’kidlagan edilar Birinchi Prezidentimiz I.Karimov.
Shu jihatdan, yoshlar mas’uliyatliligini shakllantirishda madaniy merosdan foydalanish omillarini atroflicha yoritish orqali ijtimoiy hayotda uchraydigan salbiy hodisalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etish yo‘llarini aniqlashda:
milliy g‘oya tushunchasi va tamoyillarini yoshlar ta’lim-tarbiyasining konkret vazifalarini hisobga olgan holda, hamda faoliyatida haqiqatda lozimligini targ‘ibot qilish va shu asosda ijtimoiy mas’ullik hissini shakllantirish;
milliy- ma’naviy merosimizni bugungi kun voqeligimiz nuqtai nazaridan baholash va ulardan keng va oqilona foydalanish;
OAV da bugungi kunda faol va tashabbuskor, o‘zining iqtidori va salohiyati bilan boshqalarga ibrat bo‘layotgan yoshlar faoliyatini tashviq va targ‘ib qilish;
o‘tmish madaniyatimizning, xususan milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish jarayonida yoshlarda mas’uliyatlilikni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini har tomonlama keng ko‘rsatish lozim bo‘ladi.
Yoshlar mas’uliyatliligining genezisi va shakllanishi jarayoni bevosita shaxs faoliyatining, uni harakatga keltiruvchi uning ruhiyatidagi ob’ektivlik va sub’ektivlik, ichki va tashqi, erkinlik va voqelik, tasodif va zaruriyat hodisalarini bir-biriga bog‘lovchi omillar bilan o‘zaro aloqada kechadi. Zero, faoliyat tamoyillarini asosiy xususiyatlari sub’ektivlik va moddiylikdan (predmetlikdan) iborat bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, har qanday inson faoliyati bevosita uning sub’ektiv maqsadlari individual e’tiqodi hamda ma’lum bir ijtimoiy zaruriyat, narsa va hodisalarning o‘zidagi ob’ektiv manbasi bilan belgilanadi. Holbuki, inson ko‘rgan bilgan, eshitgan voqea – hodisalarni birdaniga qabul qilib undan xulosa chiqara olmaydi. Birinchi marta inson ongiga ta’sir ko‘rsatgan har qanday yangilik uning ongi aql darajasi orqali o‘tadi. Bunda individning faoliyatidagi sub’ektiv jihatlar inson faoliyatini tashkil qiluvchi, boshqaruvchi, qolaversa uni yo‘naltiruvchi, e’tiqodlar, g‘oyalar, maqsad va motivlar, ko‘rinishlar, o‘tmish tajribalari orqali qo‘shilib yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. SHaxs faoliyatidagi sub’ektivlik uning o‘zini aniqlashi bilan bog‘liq, o‘zini aniqlash bevosita ob’ektiv borliq bilan to‘qnash kelishidagi holatga mos keladi. Bu maslak oxir-oqibatda ham subyektiv omilga va obyektiv jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bunda insonning faoliyati borliqqa nisbatan abstrakt bo‘lmasdan amaliy natijalar yig‘indisi bilan izohlanadi va shu orqali inson borlig‘ining ijtimoiy mohiyati ifodalanadi.
Mustaqillik munosabati bilan ko`zi berkitilgan buloqlarga qayta hayot baxsh etilganidek, o`tmishda yashab ijod etgan olimu fuzalo, muallimu muallimalar, qisqasi, xalq mutafakkirlarimiz ijodiga qiziqish; kuchaydi. Qimmatli asarlar yaratgan Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Alisher Navoiylardan tortib XIX asrning oxiri, XX asrning ma’rifatparvarlari Axmad Donish, shoir Zokirjon Xolmuhammad o`g’li Furkat, satirik shoir Muhammad Aminxoja Muqimiy, Abdulla Avloniy, Xamza Xakimzoda Niyoziy va boshqalar xalqimiz uchun tarbiya borasida ulkan va o`lmas asarlar yaratdilarkim, ularning mazmuni bilan to`la tanishish vaqti yetib keldi. Bu meroslarda madaniyatni shakllantirishning turli usullari yaratib berilgan.



Download 84,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish