Ta`lim oluvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari mundarija



Download 84,93 Kb.
bet2/8
Sana11.07.2022
Hajmi84,93 Kb.
#777376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TA`LIM OLUVCHILARNING AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

1 0 0 0 = Yetuk inson
0 0 0 = ?
Bu yerda 1 – insonning axloqi, birinchi nol – nasl-nasabi, ikkinchi nol – xush chiroyi, uchinchi nol esa boylik davlatidir. Ya’nikim, agar shaxsda barcha ne’matlar bo`lsayu, unda axloq ne’mati bo`lmasa biz unday shaxsni inson deb atay olmaymiz. Chindan ham juda qadrli “formula”.

I.BOB. AXLOQIY MADANIYATNI O`RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI.
1.1. Axloqiy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyati.
Madaniyat – bu inson ma’naviy olamining zohiriy namoyon bo`lishida ifodalanuvchi, insonlarning qadriyatlariga hamda o`zining va o`zgalarning, butun borliqning haq-huquqlariga ijobiy munosabatining darajasini ko`rsatuvchi faoliyat usuli hisoblanadi. Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir4. Madaniyat musiqaadabiyotbadiiy tasvirmeʼmorchilikteatrkinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼatfan va maʼnaviy tizimlarni oladi. Ma’naviyat lug`atida esa mazkur tushuncha quyidagicha bayon etilgan: “Madaniyat (arab. — madinalik, shaharlik, ta’lim-tarbiya ko‘rgan) — tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos usuli. Madaniyat alohida individning hayot faoliyati (shaxsiy madaniyat), ijtimoiy guruhning yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga maqsadga muvofiq ta’siri (yerni ishlash va h.k), hamda insonning o‘zini tarbiyalash va o‘qitish ma’nolarini ifodalagan. Keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog‘liq mazmun tushunila boshlandi. Uyg‘onish davrida madaniyat yetukligi deganda insonning gumanistik g‘oyalari, keyinroq, ma’rifatchilik g‘oyalariga muvofiqlikni tushuna boshladilar. Jamiyatdan tashqarida madaniyat mavjud emas. Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o‘zgarish madaniyatga ta’sir etadi va madaniyat bu munosabatlarning qanday natijalarga olib kelishidan xabar beradi. Shu boisdan madaniyat nafaqat o‘tmishga yoki bugunga, shu bilan birga kelajakka munosabatdir. Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichi. Insoniyat o‘zi ham pirovard natijada madaniyat mahsulidir. Madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq madaniyatida avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o‘zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi bo‘lib yetishish qiyin. Xuddi shuningdek, madaniyat rivojida professional ijodkorlar va san’atkorlar ham katta o‘rin tutadilar. Ular tufayli madaniyatda yangi oqimlar, ijod turlari, badiiy estetik qarashlar yuzaga keladi. Madaniyat o‘z mohiyatiga ko‘ra, moddiy va ma’naviyga bo‘linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi.
Maʼnaviy madaniyatga ong, maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlim-tarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar). Ma’naviy madaniyat ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllariga ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli shakllari, ya’ni tabiiy va ijtimoiy borlik to‘g‘risidagi har xil tasavvurlar va g‘oyalar, nazariyalar, ta’limotlar, ilmiy bilimlar, san’at asarlari, axloqiy va huquqiy normalar, falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya, din va hokazo ana shunday faoliyat natijasidir. Bundan kelib chiqib huquqiy, axloqiy, informatsion, iqtisodiy madaniyat va boshqa turlari farqlanadi. Madaniyat bu turlarining har biri o`z ahamiyatiga ko`ra bir-biridan ustun sanalmaydi, aksincha barchasi barkamol shaxs kamolotining u yoki bu bosqichida muhim bo`lib hisoblanadi.
Axloqiy madaniyat bu - jamiyat a’zolarining axloqiy ongi rivojlanishini, axloqiy jihatdan to'g'ri va mavjud bo'lgan birlik; xulq-atvor, muloqot va faollik tizimida yaxshilik, sharaf, vijdon, burch, qadr -qimmat, sevgi, o'zaro munosabat va boshqalar me'yorlarining namoyon bo'lishi; hayotni insonparvarlik, demokratiya, mehnatsevarlik, ijtimoiy tenglik, oqilona egoizm (qadr-qimmat) va altruizm, tinchlik tamoyillariga muvofiq amalga oshirish hisoblanadi.
Axloqiy madaniyat, shuningdek, odamlar hayotini axloqiy jihatdan tartibga solishning samaradorligi, “axloqning oltin qoidasi”, odob-axloq qoidalariga rioya qilishdir.
Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir - biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr - qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari aхloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Muomala odobining yana bir «ko’zgusi» bu – insoniy qarash, nigoh. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini ohirigacha eshitmay, qo’l siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishning o’zi so’zdan ham kuchliroq ta’sir ko’rsatadi.
Axloq ijtimoiy ong sifatida muayyan xalq, elat yoki uyushmaning asrlar shakllangan xulq-atvori, xatti-xarakatlari, his-tuyg‘u va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro real munosabatlarining tizimini ifodalaydi. Axloq muayyan xalqning atrof muhitga, kishilarga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari sifatida, bir jihatdan, mahalliy-milliy xususiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, millatning umumjamiyat talablariga uyg‘un muvofiqligini ta’minlovchi umuminsoniy xususiyatga ham egadir. Axloq va axloqiy madaniyat xususida ulug‘ donishmandlar ibratli fikr-qarashlarni ilgari surganlar. Hazrati Bahovuddin Naqshband(1318-1389-yy) shunday deganlar: “Har kim o‘zgalarni xohlasa, o‘zini xohlabdi, kimki o‘zgani xohlamabdi, bilsinki, o‘zini xohlamabdi”5. Abu Nasr Farobiy: “Mamlakat aholisi xushxulqqa ega bo‘lmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tug‘iladi”6.
Sharqda axloqiy madaniyat nechog`lik muhim hisoblanganligini tarixiy asarlardan, olimlarning asarlaridan ham bilsa bo`ladi. Xususan, qadimgi Sharq falsafasida uch mezon, uch tushuncha muqaddas sanalgan. Bular: axloq, oila va davlatdir. Axloq ilmi(axloqiy madaniyat) yahshilik va yomonlik tushunchasini qiyosiy o‘rganadi. Kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi nizo va muammolarni bartaraf etishda qanday g‘oyalarni ilgari surish kerakligini sharhlab, qilinishi lozim bo‘lgan ezgu ishlarning ahamiyatini yoritadi. Inson, millat, halq va davlat tushunchalarini to‘g‘ri idrok e’tishda ham asosiy o‘lchov axloq hisoblanadi. Shu bois olimu fozillar jamiyatning ravnaqi uchun axloq nihoyatda zarur degan yakdil xulosaga kelganlar.
Shu o‘rinda “xalqimiz orasida ko‘p qo‘llaniladigan”o‘zbekchilik”degan iboraga e’tibor qarataylik. Unda odamning nasl-nasabi, oilasi, mahallasi, bilim olgan dargohi, ishlaydigan jamoasiga e’tibor qaratiladi. Ya’ni, insonning xulq-atvori, yashash tarzi, odamlar bilan munosabati jamoatchilik nazari ostida bo‘ladi. Uning eng maqbul ko‘rinishi yaxshilik yo‘lidagi o‘zaro yordamdir. Bu vazifani mahalla ijtimoiy instituti ta’minlaydi. Bola tarbiyasi xaqida gap ketganda, mahalla bilan oilani bir-biridan ayricha tasavvur etib bo‘lmaydi”7.
Maishiy hayot doirasida axloq asosan quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘lgan: a) munosabatlar, v) faoliyat. Axloqiy sifatlar insonning xatti-harakatlarida namoyon bo‘lib, uning gnoseologik, iqtisodiy va ijtimoiy kelib chiqishi, hozirgi mavqei va axloqiy qarashlariga ishora va guvohlik berib turgan. Axloqiy sifatlar yoki xatti-xarakatlar ilk kishilik tarixi, ya’ni insoniyatning zaminga dastlabki qadamlar qo‘yilishidan shakllanish bosqichiga kirgan va shu boisdan har bir xalq, u o‘ziga xos va betakrordar. Xuddi shuningdek, millat va elatlar ijtimoiy ongining muayyan holati hisoblanmish jamoatchilik fikri ham o‘zining shakllanish manbalarining salmog‘i, real kuchga aylanish sur’ati, uyushqoqlik darajasi hamda mantiqiy-intelektual asoslariga ko‘ra milliy, iqlimiy, mahalliy hamda regional o‘ziga xosliklarga egadir. Jamoatchilik fikri jamiyat axloqining ifodasi tarzida namoyon bo‘lgani sababli, u axloqning o‘zi bo‘lib ham tuyuladi.
Sharq axloqiy qoidalari nafaqat shaxsni birdamlikka undaydi, balki uyushgan holda ham kishining shaxs sifatidagi bir butunligi barqaror turmog‘i, kollektiv integratsiya doirasida ham ruhiy-botiniy yaxlitlik saqlanmog‘i zarurligi, umumiy bir butunlik ko‘plab serjilo va mustaqil yaxlitliklar yig‘indisidan iboratligini yorqin ifodalaydi. Jamoada shaxs bir butunligi yemirilmaydi, umumlashtirishlar negiziga qurbon etilmaydi, balki mantiqiy muvofiqlik mezoni doirasida uyg‘un birlashuv jarayoni tabiiy ravishda amalga oshiriladi. Ayni chog‘da shuni e’tiborda saqlash kerakki, har qanday uyg‘unlashuv o‘lchovsiz, chegarasiz bo‘lmasligi, har bir harakatda mezon hissi va aqliy hushyolik bo‘lishi xalqimiz fe’l-atvoriga xos an’anaviy belgidir.
Axloq va uning ahamiyati haqida quyidagilarni umumlashtirib bayon qilsak:
1) axloq jamoatchilik fikrini uyg‘onish, shakllanish va amal qilishning uzviy manbalaridan sanalgan holda xalq axloqi yaxlitligining yuzaga kelishida jamoatchilik fikri ham muhim o‘rin tutadi, bu ikki ijtimoiy hodisa hamma holatlarda mustahkam aloqada boshlib turadi, bir-birini to‘ldirib, boyitib boradi;
2) jamoatchilik fikri o‘zining shakllanish manbalarining salmog‘i, kishilarning uyushqoqlik darajasi, aholining hissiy-emotsional potensiali, mantiqiy-intellektual imkoniyatlariga, shuningdek, milliy, iqlimiy, mahalliy va regional shart-sharoitlariga bog‘liqdir;
3) axloq va jamoatchilik fikrining o‘zaro aloqadorlik me’yormi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy formasiyasiga, yalpi taraqqiyot uchun tanlangan rivojlanish dasturiga, mantiqiy yo‘nalishlar o‘ziga xosligiga, xalq ma’naviyati va milliy o‘ziga xosliklar omillariga bog‘liqdir; Fransuz olimi Berj: “Jamoatchilik fikri axloqqa juda o‘xshab ketadi, chunki har ikkalasi ham jamoani hukm o‘tkazib boshqaradi”.
4) sovet tuzumi davrida “avval iqtisod, keyin siyosat” aqidasining amal qilishi, iqtisod, siyosat “avval materiya so‘ng ong” degan moddiyonchilik shiorlarining g‘oyaviy ta’sir-tazyiqi ostida shakllantirilganligini puxta hisobga olish zarurdir. Ma’naviyatning birlamchiligi, umuminsoniy tamoyillar ustivorligini e’lon qilib, ozod jamiyat qurishga kirishgan O‘zbekistonda nafaqat iqtisodiy, balki chuqur ma’naviy bo‘hronlar botqog‘idan muvaffaqiyat bilan chiqilmoqda;
5) jamoatchilik fikri xalq an’ana va urf-odatlariga mustahkam tayanadi va ularning jamiyat hayotida amal qilishiga imkoniyat yaratadi. Zero, an’analar qarashlarning progressiv jihatlarini avloddan avlodga yetkazuvchi muhim omili xalqningo‘ziga xos qiyofasini saqlab qolish vahimoyalash mezonidir;
6) axloq kategoriyasining muayyan urug‘, qabila, el-elat va xalq miqyoslaridan xalqaro miqyoslarga o‘sib o‘tishi, umuminsoniy tamoyillar negizidagi umumsayyoraviy axloqning tarkib topishida jamoatchilik fikri o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi.(Etosfera va noosfera) Ayni chog‘da jamoatchilik fikriva axloq jamiyatda umumiy murosa va madoraning turg‘un maromini ta’minlash yo‘lida o‘zaro munosabatlikda, tadrijiy takomil jarayonidagi muvofiqlikda rivoj topa boradi, bir-birini to‘ldiradi, bir-biriga uyg‘un tarzda mukammallashadi.


Download 84,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish