Ta`lim oluvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari mundarija


Globallashuv jarayonining inson va jamiyat axloqiy madaniyatiga ta’siri



Download 84,93 Kb.
bet3/8
Sana11.07.2022
Hajmi84,93 Kb.
#777376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TA`LIM OLUVCHILARNING AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

1.2. Globallashuv jarayonining inson va jamiyat axloqiy madaniyatiga ta’siri.
Globallashuv – bu eng avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvidir.8 Chindan ham so`nngi vaqtlarda hayotimizda sodir bo`lyaotgan yangilik va ixtirolar butun insoniyatning “shoshib” qolishiga olib kelmoqda. Bu holat tabiiyki, axloqiy madaniyatga o`z ta’sirini ko`rsatmay qolmaydi.
Globallashuv lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, “dumaloqlashuv” ma’nosini bildiradi. “Global” tushunchasi fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma’noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘z ichiga oladi.
Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan ishlatilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985-yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Roberson “globallashuv” atamasiga ta’rif bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981-yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim Charlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983-yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan9.
Bundan tashqari, globallashuvni turli sohalarda sodir bo‘layotgan integratsiyalashuvning natijasi sifatida qarashlar ustuvorlik qiladi. Bunday qarash mazmunini dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustahkamlanib borishi va ularning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, subyektiv omillar ta’siri, ya’ni katta iqtisodiy saloqiyatga ega bo‘lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslarini turli yo‘l va vositalar bilan qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi qaqidagi qarashlar tur-li-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo‘lish xususiyatlari turlicha bo‘lib dunyoning o‘zgarishiga o‘tkazayotgan ta’sirida qam yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo‘lmoqda.
Umuman olganda, globallashuv murakkab va serqirra jarayon bo`lib, uni turli jamiyatlar hayotiga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo jamiyatlarining iqtisodiy, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq.
Bugungi globalashuv davrida ijtimoiy hayotda ko‘plab yangicha masalalar va munosabatlar vujudga kelmoqdaki, bu jarayonlar yangi kashfiyot va ixtirolar, asosan internet va ko‘plab ijtimoiy tramoqlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Ayni vatgacha butun dunyoda yuz bergan olamshumul ijtimoiy o‘zgarishlar Uyg‘onish davrida vujudga kelgan sivilizatsiya tipidan insonning kundalik hayotidan eng yangi texnologiyalar, shu jumladan axborot texnologiyalari keng o‘rin egallashi bilan bog‘liq bo‘lgan yangicha tipdagi sivilizatsiyaga o‘tish bilan tavsiflanadi (bu yerda muhimi shundaki, axborot postindustrial jamiyat kodi bo‘lib xizmat qiladi). Mavjud qadriyatlar tizimlari ko‘z o‘ngimizda vayron bo‘lmoqda, texnika taraqqiyotiga asoslangan yangi jamiyat shakllanmoqda. Bu inson dunyoqarashiga, uning irodasi va e’tiqodi kuchiga qarab o‘z ta’sirini turlicha ko‘rsatmoqda.
Globallashuvning salbiy oqibatlari asosan, quyidagi sohalarda namoyon bo`lmoqda: ekologiya, sog`liqni saqlash, demografik, resurslar, axloq, oila, ta`lim-tarbiya, ma`naviy, dunyoqarash va boshqalar shular jumlasidandir. Ayni shu ma`noda bugungi kunda eng yangi fani sinergetika ham shu krizis holatini ifodalash uchun “global bifurkatsiya nuqtasi” degan maxsus yangi tushunchani kiritgani, “katastrofalar nazariyasi”ni ishlab chiqqani bejiz emas. Chunki S.P.Kapitsa, S.P.Kurdyumov, G.G.Malinetskiy ta`kidlaganlaridek, “Olimlar siyosatchilarning qo`liga butun Planetadagi hayotni bir emas, birnecha necha bor yo`q qilish quvvatiga ega bo`la oladigan qurollarni tutqazdilar, vaholanki, kelajakda ularni qanday yo`qotish va nima qilish mumkinligini aniqlashga harakat qilmadilar..., ular energiyaning yangi manba`larini kashf etdilar va emoqdalar, shuning bilan birga radioaktiv chiqindilar va yadroviy terrorizmdan qutulishday juda jiddiy muammolarini ham vujudga keltirdilar..., ular odamlarga antibiotiklarni sovg`a qildilar, ayni paytda, zararli mikroorganizmlarning tabiiy tanlanish jarayonini kuchaytirdilar.”
“Ommaviy madaniyat” hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi. Ulardan birinchisi - imonsizlik, o‘z insoniy burchi va mas’uliyatini tan olishni istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab o‘tilgan qusurlarni oqlashga xizmat qiluvchi “dunyoni manfaat boshqaradi” (demak, bu dunyoda har kim o‘z foydasi uchun qo‘lidan kelgan harakatini qilsa, bo‘laveradi, degan) dahriyona (aniqrog‘i, xudbinona) tezis (“qoida”) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bo‘lgan. Uchinchisi – oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya’nidunyodaazaliy va abadiy qat’iy axloqiy meyorlar mavjud emas, ko‘pchilik o‘zini qanday tutayotgan bo‘lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan o‘ysizlik, fikriy dangasalik tamoyili. Va nihoyat to‘rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta’rifiga muvofiq, befarqlik va o‘ysizlik botqog‘iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib, o‘zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq namoyon qilishni “umuminsoniy axloqiy meyorlar” darajasiga ko‘tarishga urinishlaridir. Bunday holatlar Yevropa mintaqasi tarixida ilgari ham bo‘lgan, ammo hech qachon bu daraja jahon miqyosida keng ko‘lam kasb etmagan va bu darajada kuchli targ‘ibot imkoniyatlariga ega bo‘lmagan edi. Prezident kitobida bu haqda shunday deyiladi: “Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin.”
Axloq, bu – ezgulik va yomonlikni ajrata oluvchi mezon hisoblanadi. Inson qalbining asosiy vazifalaridan biri hayot va umumbashariy axloqiy qarashlarni shakllantiruvchi bvrometrdir. Chunki alohida inson axloqi umuminsoniy ong va uning aksiomalari asosida shakllanadi. Shuning uchun inson axloqi axloqiy tartib va butun dunyodagi axloq o`rtasidagi ko`prik hisoblanadi. Barcha axloqiy harakatlarning yagona maqsadi – insonga ezgulik yo`lini ko`rsatishdir. Agar axloqiy tubanlashsa, inson erkinlikdan yiroqlashadi. Bizning nazarimizda, axloqqa rostlik, sotilmaslik, to`g`rilik va qalbning axloqiy darajasidagi aniqlik xosdir. Ammo inson tabiati gumrohlikka moyil bo`lib, bu sifatlarni to`laligicha qabul qila olmaydi. Ishonch bilan tasdiqlanib turadigan, muhabbat bilan oziqlantiriladigan axloq sof, ezgulikka, poklikka evrila boradi.
Global jarayonlar bugungi kunda jamiyatning barcha jabhasiga o`z ta’sirini o`tkazmoqda. Bu o`rinda jamiyat a’zolarida yuksak ahloqni saqlab qola olishlik - bu jamiyat va uning kelajagini asrab qolishlik darajasiga teng omil bo`lmoqda. Negaki, globallashuv ta’siri ostida dunyoda inson ongi uchun kurash har qachongidanda ko`proq usul va vositalarga ega bo`lib bormoqda. Shu borada axloq va uni shakllantirish borasida mutaffakkirlarning qarashlari, asarlari biz uchun dasturi amal bo`lishi kerak, ularni o`rganishni va o`rgatishni ommalashtirishimiz muhimdir.
Inson xatti-harakatlarining sifati axloqiy darajasini ko`rsatadi. Axloq qo`rquv orqali bilinadi. Axloqni saqlashning o`zi katta qadriyatdir, vijdonni, soflikni ziyoniz, manfaatsizlikdir. Inson ongli ravishda tanlagan yo`li orqali boradi, ichki niyatlarni baholash qobiliyatini o`zlashtirib, chunki aynan u qaror qabul qilish asosida yotadi. Axloqsizlik, g`azab, boylikka o`chlik, hasad, shuhratparastlik, g`urur bilan bir qatorda baholanadi. Va buning teskarisi bo`lgan axloq esa insonning shohona kuchi va qobiliyatidir. O`z davrida Epikur “Yoqimli yashash aqlli yashashsiz bo`lmaydi, axloqiy va adolatli hayot, va teskarisi, aqlli yashash mumkin emas, axloqiy va adolatli, yoqimli yashashsiz” degan edi.
O`zining “Axloqi Kabir” ya`ni “Katta axloq kitobi” asarida Arastu axloqning mazmun-mohiyati haqida quyidagilarni yozadi: “Gapning lo`ndasini aytsak, axloq siyosatning tarkibiy qismidir. Chindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo`lmagan, ya`ni munosib bo`lmagan odam (taniqli jamoat arbobi sifatida) faoliyat ko`rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo`lmoq – fazilatlar egasi – fozil bo`lmoq, demakdir”. Bu fikrlardan ma`lum bo`ladiki, axloq o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, tarixiy xotira, ma`naviy barkamollik kabi tuyg`u va tushunchalar bilan uzviy bog`liq holda shakllanadi. Chunki, axloq aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo`lagiga aylanadi. Ayni shu ma`noda, Arastu “Axloqiy fazilat lazzatlanish va azoblarda aks etadi: zero lazzatlanish uchun yomonlik qilsak, unda azoblanmaslik uchun go`zal ishlardan bosh tortamiz”, - deb yozadi.
Arastudan keyin Sharqda Forobiychalik ulkan zot may­donga chiqmagan. Forobiy o`z bilimi, ma`naviyati, fikr doirasining keng­ligi bilan Sharqda katta shuhrat qozongan va unga Arastudan keyingi yirik mutafakkir – “muallim as-soniy” – “ikkinchi muallim” degan unvon berilgan. Forobiy “Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al-madaniya” (“Sрaharlar ustidan siyosat yurgizish”) va boshqa asarlarida axloqiy fazilatlar haqida o`z fikr-mulohazalarini bayon qilgan. Jumladan, baxt-saodat tushunchasi haqida fikr yuritib, u “faol aqlga eng yaqin turgan narsadir”, va: “uning ma`no-mohiyati faol aql bilan qo`shiluvida yashiringandir” - deb ta`kidlaydi. Shuning barobarida Forobiy baxt-saodat fazilatga tashqaridan yopishtirilgan yoki yuklangan amal bo`lmasdan, balki uning o`z jinsidan va zotning umumiyligidan chiqqan sifatiy holati ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Zero, baxt – insonning o`z ichki borligidan qoniqish hissi, hayotdan zavqlanishi va insoniyligidan mamnun bo`lishdir. Bundan ko`rinadiki, inson o`zini qanchalik o`rgansa, idrok qilsa, shunchalik axloqan poklanib boradi. Darhaqiqat, axloqiylik bilan uzviy bo`lmagan bilim qancha kuchli bo`lsa, shuncha zararlidir. Chunki axloqsiz inson o`z bilimidan boshqalar va jamiyat zarariga foydalanishi mumkin va bu zarar bilimsiz kishinikidan ko`p marta ortiq bo`ladi. Buni eng kamida oddiy kissavur o`g`ri bilan komp`yuterni yaxshi bilish orqali bankni o`maradigan odamning jinoyatlari darajalari orasidagi farq misolida ko`rish mumkin. Mashhur yunon donishmandi Arastu aytganiday, “Kimki bilimda ilgarilab, axloqda oqsaydigan bo`lsa, bilingki u oldinga emas katta tezlik bilan tubanlik sari ketipti”. Bu fikr yuqorida tilga olganimiz qomusiy alloma al-Xorazmiyning “axloq formulasi” mazmunini ochib beradi. Bu fikrlar bugungi kun, ayniqsa bugunning ta’lim jarayoni subyektlari uchun juda muhimdir. Turli manipulyatsion omillar avj olayotgan hozirgi kunda o`zga xalq boyliklarini egallash va jahonda gegemon bo`lishga intilish harakatlari turli yo`nalishlarda – ayniqsa ta’lim oluvchilarga manipulyativ(chalg`ituvchi) ta’sir etish yo`nalishida ham sodir bo`lmoqda. Bu Qadimgi Xitoyda tilga olingan “Strategema” – “hiyla” tamoyilining bir ko`rinishidir.
Global imkoniyatlar agar ularga oz bo`lsa-da befarqlik munosabatida bo`linsa, jamiyat va inson ongi uchun aksi ta’sirini ko`rsatishi barchaga ayondir. Misol qilib, hozirgi OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli media dasturlarini, chet el seriallarining insonlar ongiga va faoliyatiga ta’sirini olsak bo’ladi.
Birgina turk seriali orqali ular o`z “madaniyatini”, dizayn liboslarini “targ`ib qolish” bilan birga ayni vaqtda bizning qadriyatlarimizga tahdid ham solmoqdalar. Bu o`rinda jamiyat ziyoli qatlamining befarqligi oqibatida kishilarda o`ziga, o`z mohiyatiga va o`z kelajagi(yoshlar ta’limi)ga be’etiborlik kuchaymoqda…


Download 84,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish