Ta’lim jarayonida o’quv faoliyati motivlari
Zeboxon Mullajonovna Babanazarova
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, 11-maktab
Manzura Ergashevna Miralimova
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, 10-maktab
Annotatsiya:
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, har qanday faoliyat muayyan
motivlar ta’sirida vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina ro‘yobga
chiqadi. Shu bois ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish, malaka va ko‘nikmalarni
egallash, umuman, biror narsani o‘rganish uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari
mavjud bo‘lishi shart. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘quv faoliyati motivlari
haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
ta’lim, jarayon, psixologiya, shaxs, motiv.
Motives for learning in the learning process
Zeboxon Mullajonovna Babanazarova
Syrdarya region, Boyovut district, School №11
Manzura Ergashevna Miralimova
Syrdarya region, Boyovut district, School №10
Abstract:
According to psychological data, any activity occurs under the
influence of certain motives and occurs only when adequate conditions are created.
Therefore, in order to acquire knowledge, acquire skills and abilities in the educational
process, in general, students must have the motivation to learn something. This article
discusses the motivations for learning in the learning process.
Keywords:
education, process, psychology, personality, motive.
Asosiy qism
Bilish motivlari shaxsning gnoseologik maqsad, ya’ni bilish maqsadini qaror
toptirish bilim va ko‘nikmalarni egallash sari yo‘naltiriladi. Odatda, bunday turdosh va
jinsdosh motivlar nazariy ma’iumotlarning ko‘rsatishicha,
tashqi
va
ichki,
degan
atamalarni yuzaga keltiradi.
Tashqi
motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq,
ezgu niyat, orzu-istak kabi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida vujudga keladi. Bularning
barchasi bevosita o‘quv maqsadiga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur holatda bilim va malakalar o‘ta muhimroq bo‘lgan yetakchi maqsadlarni
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
715
arnalga oshirishni ta’minlash vazifasini bajaradi (yoqimsiz holat va kechinmalar yoki
noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ijtimoiy yoki shaxsiy muvaflaqiyatga erishish)
va hokazo. Bu turdagi tashqi motivlar ta’siri bilan ta’lim jarayonida bilim va
ko‘nikmaiarni egallashda qiyinchiliklar kelib chiqib, ular asosiy maqsadni amalga
oshirishga to‘sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni o‘qish
emas, balki o‘yin faoliyati ko‘proq qiziqtiradi. Mazkur vaziyatda o‘qituvchining ularni
o‘qishga jalb qilish niyati o‘quvchilarning o‘yin maqsadi ushalishiga xalaqit berishi
mumkin, lekin bunda izohtalab dalillar yetishmaydi.
Motivlarning navbatdagi, ya’ni ichki motivlar turkumiga individual xususiyatli
motivlar kiradiki, ular o‘quvchi shaxsida o‘qishga nisbatan individual maqsadni
ro‘yobga chiqaruvchi qo‘zg‘alish negizida paydo boladi. Chunonchi, bilishga
qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy darajasini oshirish uchun undagi
intilishlarning yetilishidir. Bunga o‘xshash motivlarning ta’sirida o‘quv jarayonida
nizoli, ziddiyatli holatlar yuzaga kelmaydi. Albatta, bunday toifaga taalluqli motivlar
paydo bo‘lishiga qaramay, ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki
bilimlarni o‘zlashtirish uchun irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Bunday xossalarga
ega irodaviy zo‘r berishlar tashqi xalaqit beruvchi qo‘zg‘atuvchilarning kuchi va
imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Ushbu jarayonga pedagogik
psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilganda bunday to‘laqonli vaziyatni oqilona
deyish mumkin.
Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o‘qituvchining muhim vazifasi
hisoblanib, lining faoliyati ichki anglangan motivlar, ya’ni o‘quvchilar xulq-atvorini
shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini shakllantirishga, ularga
maqsad qo‘ya olishga, qiziqish uyg‘otishga qaratilgan bo‘!adi.
Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar insonning faolligi muayyan manbalar
bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘Isa va uyg‘unlashib borsa, faoliyat motivlari
darajasiga o‘sib o‘tadi. Psixologiyada manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra, turkumlarga
ajratib talqin qilinadi.
A)
Inson ehtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar.
Bunda organizmning
tabiiy ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tug‘ma xususiyatlar va jamoada shakllanuvchi
ijtimoiy ehtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma ehtiyojlar orasida o‘qishga aloqador bo‘lgan faollikka intilish ehtiyoji va
axborot, ma’lumot, xabarlar olishga bo‘lgan ehtiyoji muhim o‘rin tutadi.
Motivga genetik yondashilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bolada
tug‘ilgandan bevosita faollik ko‘rsatishga moyillik hukm suradi: u kuladi (noverbal -
muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o‘rin almashish), qo‘l va oyoqlarini
harakatlantiradi (moslashish), o‘ynaydi (muhit - bola munosabati), gaplashadi
(shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va boshqalar).
Bunga o‘xshash xatti-harakatlarning o‘zi ularni qoniqtiradi. Voqelikni, insonning
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
716
axborotlarga nisbatan ehtiyojini tajribalar orqali ko‘rsatish mumkin. Masalan, agar
tekshiriluvchini ma’lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qo‘yilsa, natijada lining
irodasida, hissiyotida, intellcktida buzilish sodir bo‘lishi, zerikishi, irodaviy akt tizimi
yo‘qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi, illuzion, gallutsional holatlar uchrashi
mumkin.
Ijtimoiy turmush sharoitida faollik va informatsion taqchillik odamlarni salbiy
his-tuyg‘u va kechinmalarga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga putur
yetkazadi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi ehtiyojlar orasida o‘quv faoliyatida
muhim o‘rin tutuvchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sotsial va gnostik
ehtiyojlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shaxsni kamol toptirish jarayonida bu ehtiyojlar
alohida o‘rin tutadi. Bu turkumga bilimlarga ehtiyoj, jamiyatga foyda keltirishga
intilish, umumbashariy yutuqlarga erishishga intilish kabilar kiritiladi.
B)
Inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanuvchi tashqi
manbalar.
Bunday manbalarni talabchanlik, orzu (kutish) va imkoniyatlar tashkil
qiladi. Jumladan, talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini
hamda shaklini taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar yordamida izohlash
mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda to‘g‘ri o‘tirishni, “rahmat”
deyishni talab qilsa, maktab o‘quvchidan nia’lum belgilangan vaqtda darsga yetib
kelishni, o‘qituvchilarga quloq solishni, berilgan vazifalarni bajarishni qat’iy
belgilaydi. Jamiyat o‘z fuqarolariga xulq, fe’l-atvor orqali ma’lum axloqiy norma va
qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish shakllarini egallashni
hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishni o‘rgatadi.
Psixologiya fani atamalarining mohiyatida orzu yoki kutish jamiyatning shaxsga
munosabatining ifodalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik stereotiplarda
uyg‘unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakllari o‘ziga xoslikka ega.
Odatda, odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak deb hisoblaydilar va ular buni boladan
kutganligi tufayli unga alohida munosabatda bo‘ladilar. Psixologiyada kutish talab
tushunchasidan farqli o‘laroq, faoliyat yuzaga kelishi uchun umumiy muhit yaratadi.
Imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak, imkoniyat ma’lum faoliyatning
kishilar irodasi bilan bog‘liq (iroda akti, sifati, prinsipi) obyektiv shart-sharoitlarni
o‘zida aks ettiradi. Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo‘lsa, ularning
o‘qish imkoniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Kishilarning xulq-atvori psixologik
nuqtayi nazardan tahlil qilinganda, unga ko‘pincha ularning obyektiv imkoniyatlaridan
kelib chiqib yondashiladi. Agarda bolaning qo‘liga tasodifan biologiya kitobi tushib
qolsa, uning shu fanga qiziqishi ortishi kuzatiladi.
C)
Shaxsiy manbalar -
odamlarning qiziqishlarini, intilishlarini, ustanovkalari va
dunyoqarashlarini, jamiyat bilan munosabatini aks ettiradi. Inson faolligining manbayi
- qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusida egallana boradi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
717
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S. To‘ychiyeva. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya (o‘quv-metodik
qo‘llanma). TDPU, – T.: – 2004.
2. E. G‘oziyev. Psixologiya. Darslik. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Toshkent. – 2008.
3. P.I. Ivanov, M.E. Zufarova. Umumiy psixologiya. Darslik. T – 2008.
4. Z. Nishanova. Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti. Toshkent – 1998.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
718
Do'stlaringiz bilan baham: |