So’nggi so’zni menga qoldiring usuli. Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materalini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli xarakterda (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarining to’g’ri va topqirlikda bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi roli bo’lishi, kerakli balni to’plashiga imkoniyat beradi.
Bu usulda foydalanishdagi yutuqlar.
-mantiqiy shakllantirishga imkoniyat yaratadi;
-xotirani, fikrlarni, g’oyalarni, dalillarni yozma va og’zaki ishtirokchilari ishlab chiqqan g’oyalar talqinini mutloq taqiqlash;
-har qanday luqma va hazil mutoyibani rag’batlantirishdir. Bu metoddan foydalanishning muvafaqqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi mashg’ulot rahbariga bog’liq. Fikrlar hujumi ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak. Mashg’ulotning davomiyligi bir soatgacha bo’lishi mumkin. Blits-o’yin metodi- xarakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan narsasi asosidan ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan.
Besh daqiqali insho usuli. Mazkur usul bir mashg’ulot davomida o’quv materalini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib etish, erkin yondashishga yo’naltirilgan. U turli xarakterga (muammoli, munozarali. turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi roli bo’lishi, kerakli balni to’plashiga imkoniyat beradi.O’quvchi qisqa vaqt davomida hayotida va hayolida aks etgan,dars jaraoyinida bo’lib o’tgan voqealarni ijodiy tarzda yoritadi.O’quvchi bu jarayonda tanqidiy fikrlashi, mantiqiy shakllantirishga imkoniyat yaratadi.Xotirani, fikrlarni, g’oyalarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, muomalalilik, xushf’ellilik ko’nikuvchailik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish, uzini holis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollarga muomala, so’zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularda qisqa, bir xilda javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar. Bu savollar oldindan «ha» yoki «yo’q» tipidagi to’g’ri, ochiq javoblarni berishni ko’zda tutadi.
Ko’ndalang so’roq bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib, bu o’ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, kopponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko’ndalang so’roq paytida munozaraga, kirishi mumkin emas. Bu vakqda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmavdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |