Kub usuli- murakkab, ko’p tarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan usuldir. Uning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari buyicha bir yo’la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har bir jihati alohida muhokama etiladi. . Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzalligi, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.Biror predmet,hodisa yoki mavzuni turli tomondan tahlil qilishga mantiqiy fikrlashga yo’naltiriladi.
Bu interaktiv usul tanqidiy, tahliliy, aniq mantikiy firlashni yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish. himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashchisi, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
Har bir dars o’qituvchi va o’quvchi hamkorligida kechadigan jarayondir. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
O’quvchi talabani dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash. ijod etish va izlanishga undash;
O’quvchi talablarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlari doimiy ravishda har masalaga ijobiy yondashgan holda kuchaytirish; pedagog va o’quvchi talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish.
Fikrlarning shiddatli hujumi - destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu metod E. Aleksandrov tomonidan taklif qilingan. G. Bush tomonidan o’zgartirilib yo’lga qo’yilgan. Dialogning mohiyati shundaki, jamoa bo’lib g’oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilarni ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid g’oyalar qo’yiladi.
Fikrlar hujumi- bevosita jamoa bo’lib fikrlar hujumi olib borishi. Bu metoddan maqsad mumkin katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish talablarini ayni bir xil fikrlash intersiyasidan holi qilish .ijodiy vazifalarni yechimi jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikrlarni yengishdir. Bu metod A.Osborn tomonidan tavsiya etilgan. Metodning asosiy tamoyili va qoidasi barcha shakllarda bayon qilish ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod . tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, muomilalik, xushfellik, ko’nikuvchanlik, o’zgalar fikriga hurmat,faollik rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish, o’zini xolis baholash. Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar muomala, so’zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularda qisqa bir xilda javob berish mumkin emas.
Yopik savollar. Bu savollar oldindan «ha» yoki «yo’q» tipidagi to’g’ri, ochik javoblarni berishni kuzda tutadi.
Ko’ndalang so’roq bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib, bu o’ziga xos axborotni izlash hamda dalillarni.kopponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko’ndalang so’roq paytida munozaraga kirishi mumkin emas. Bu vaktda fakat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |