" O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali yo'llari"
Bugungi kunda O’zbekistoning ravnaqi, gullab-yashnashi va qudratining oshishida ta’lim—tarbiya jarayonida har jihatdan barkamol insonlarning shakllantirilib tarbiyalanishi muhimdir. Hozirgi iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi ilg’orlanishlar ta’limning sifat jihatdan ilg’or pog’onga ko’tarilishini talab etmoqda. Bu o’rinda ta’lim- tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va qo’llanilishi davr talabi bilan bevosita bog’liqdir.
Ilg’or pedagogik texnologiya ta’limining ma’lum maqsadga yo’naltirilgan shakli, usuli va vositalarining mahsulidir. Kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, pedogog maktablarda o’qituvchi dars jarayonida faqat o’zi ishlaydi, o’quvchilar esa kuzatuvchi bo’lib qolaveradilar. Ta’limning bunday ko’rinishi o’quvchilarni aqliy tafakkurini o’stirmaydi, faolligini oshirmaydi , ta’lim jarayonidagi ijodiy faoliyatini so’ndiradi
Ilg’or pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadi o’qitish tizimida o’qituvchi o’rniga o’quvchini dars jarayonining markaziga olib chiqishdir. Biz o’quvchilarni o’quv materiallarni shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan uzoqlashtirib, ularni mustaqil fikrlab. ijodiy faoliyatini rivojlantirishimiz, hamda o’quvchilarni darsnnng faol ishtirokchisiga aylantirishimiz kerak.
Ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida berilgan darslar o’quvchilarni muhim hayotiy yutuq va muammolarga o’z munosabatlarini bildira oladigan, o’z fikriga ega bo’lishga va o’z nuqtaiy-nazarini asoslab berishga o’rgatadi.
O’qituvchi interfaol metoddan foydalanar ekan, qaysi mavzuda qaysi metoddan foydalanishni tanlashi muhimdir. O’qituvchi interfaol metodlardan avvalo oddiydan murakkabiga o’tish -nazariyasiga amal qilgan holda foydalanmogi lozim. Ushbu nazariyaga asosan dars jarayonida qo’llanilayotgan oddiy metodlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: kichik guruhlarda ishlash, juftliklarda ishlash, jamoa bilan ishlash, masalan, aqliy hujum, klaster usullarini qo’llaganda maqsadga erishish mumkin.
Murakkab metodlar qatoriga: BBB, matnni tahlil qilish, esse, zigzag, intervyu, Ven diagrammasi, rezyume kabilarni kiritishimiz mumkin.
Ilg’or pedagogik texnologiya asosida o’qitayotgan o’qituvchiga turli rollarda chiqishiga va turli vazifalarni bajarishga to’gri keladi. Ular: ishlab chiquvchi, tashkilotchi, konsultant (maslahatchi), fasiligator, kommunikator va psixolog.
Amaliyotda, rahbar va mutaxassislarni o’qitishda tayyor ishlab chiqilgan o’yinlardan hamma vaqt ham foydalanib bo’lmaydi. Buning sabablari juda ko’p:
nazariy ma’lumotlar va amaliy masalalarga ega bo’lgan adabiyotlarning yo’qligi, odatga ko’ra adabiyotlarda nazariy masalalarga oid, yoki nazariyasi bo’lmasa tushunish qiyin bo’lgan rasmlar to’plamidan iborat, yoki qaysidir texnologiyani tasvirlashadi; -ko’pchilik mualliflar amaliy ishlab chiqarshi| o’zlarining blok strukturalari yoki tasvirlangan o’yin sahnalarini ta’kid etishadi, ammo ilg’or ish boshlangan o’qituvchilar foydalanishlari uchun qulay bo’lishini o’zlariga maqsad qo’ymaydilar;
yaxshi tasvirlangan o’yinlar odatda kichik adadda (tirajda) bosib va
keng ommaga mo’ljallanmaydi;
ayrim bir sinf o’quvchilari uchun mo’ljallanmaganligi; masalan, sahna qo’ngirog’i o’quvchilarning mavjud bo’lishi yoki yana qandaydir sabablarga binoan;
sinf xonasining o’yin shartiga mos emasligi.
Yuqorida ta’kidlaganlarga ko’ra, kuchi, vaqtini. sharoitni va o’xshash qidirgandan ko’ra, o’qituvchiga o’zi ko’zlagan va kutgan natijani beruvchi shaxs texnologiyasini ishlab chiqish osonroq. Texnologiya tanlovi, o’qituvchi o’quvchilarga etkazishi kerak bo’lgan materialiga va qo’ygan maqsadiga bosh bo’ladi.
Tinglovchilar, ularni nimaga «tortishayotganlarini» tushunib etishlari u o’qituvchi o’yinning ma’nosi va maqsadigagina emas, balki uning qonun qoidalarini, rollar bo’yicha ko’rsatmalarini berishi, qadamlarning ket- ketligini tasvirlab berish kerak. Bunda, qanday jalb qilishga, shuningdek uning me’yoriga, berilayotgan axborotning soniga, uning kema-ketligiga ahamiyat berishi zarur.
O’yin boshlanishidan oldin belgilangan vazifa va boshqaruv amalga oshiriladi va o’qituvchi «o’yin» bosqichlarida faol va sust o’quvchilarni ajratib oladi va shu axborotga ko’ra rollarga taqsimlaydi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, o’yindagi rollarni ko’rsatish imkonini berish uchun, bilimi sust o’quvchilarga faol bo’lgan rollarni berish natijalari yuqori bo’ladi
Maslahatchining asosiy vazifalaridan biri— bu tinglovchining amaliyot faoliyatida olgan bilimlarini mustahkamlashi va ko’nikmalarni qo’llashda maslahatlari bilan yordam berishi. O’qituvchi— maslahatchi quyidagi tamoyillarga amal kilishi kerak:
savolli yoki muammoli bo’lgan o’quvchiga e’tibor berish, unga javob berish uchun vaqt ajratish;
o’rnida har doim o’quvchini maqtash;
qatnashchining bilim va ko’nikmalaridan samarali foydalanishi kerak;
o’quvchidagi ishonchsizlik, o’zini yo’qotib qo’yish va boshqa salbiy holatlarning oldini olish;
o’qishning alternativ usulini qo’llashga tayyor bo’lish.
O’qituvchi-o’yin tashkilotshchi
Bu funksiya o’yinning barcha bosqichlarida: o’yingacha, o’yin vaqtida va o’yindan keyin o’zini namoyon qiladi. O’qituvchi tashkilotchi rolida chiqar ekan, o’yinning barcha bosqichlarida: maqsad qo’yishda, qaror qabul qilishda, rejalashtirishda o’yin jarayonini tashkil qilishda va uning roli va natijasini nazorat qilishda, zarur bo’lganda, o’yin mazmunini o’zgartirishda ishtirok etadi.
O’yin jarayoni o’qituvchidan faoliyatning turli ko’rinishlarini barcha o’yin guruhining koordinatsiya ishlarini, guruhlararo bahs va munozaralarga, boshqarishni, tahlil qilishni, bajarayotgan ishning qoida va me’yorlarini nazorat qilishni talab qiladi
Bundan tashqari tashkilotchi o’yin o’tkazadigan va dam oladigan xonalar: o’yin o’tkazish uchun anjomlar, «o’yin maydonida» kerakli miqdordagi ish o’yinlari haqida ham shartlashishi kerak.
Hamma belgilangan usullarni amalga oshirib bo’lganidan so’ng, avvalgi holatiga
qaytishi, ya’ni, tinglovchilarning o’yindan qoniqishi va natijalardan olingan ta’surotlar darajasini belgilash maqsadida anketa tarqatishi kerak.
O’qituvchining tashkilotchilik rolini tavsiflagan holda, o’quv mashg’ulotlarini, ayniqsa ishbilarmonlik o’yinlarini boshqarish,- o’qituvchi faoliyatida, boshqa o’tkaziladigan mashg’ulotlardan tubdan farq qilishini aytib o’tishi joiz.
Boshqaruvchi (tashkilotchi), ishbilarmonlik, innovatsiyali o’yinlarida nafaqat rejalashtirilayotgan o’yin faoliyati haqida, balki, o’yin o’tkazishni bilishi, o’yin tartibini nazorat qilishi, kutilmagan holat va adashishlarni tezda sezishi va muammoli holatlarni boshqarishi, o’yin davomida tuzatishlar kiritishi kerak. SHu bilan birga, o’yindagi barcha rollarni va sahnani yaxshi bilishi, ya’ni yoddan olib borishi kerak.
Barcha bu jarayonlarii boshqarish, o’qituvchi tomonidan tashkilotchilik qobiliyatini, faollik va topshiriqni, qa’tiylikni, harakat tezligini, kommunikativligini va kishilarga o’z ta’sirini o’tkaza olishni talab qiladi.
O’qituvchining kommmunikativlik (lotinda «communico»-barchani aloqaga bog’lamoq muloqat ma’nolarini bildiradi) vazifalariga asosiy tarkibdagi o’qituvchilar faoliyati kiradi. Bunda, hamma turdagi sherik bilan aloqa " o’rnatibgina qolmay, balki o’z fikrini mazmunli bera olishi va boshqalarni tinglay olishi, o’zaro bog’langan savollar bera olishi va o’qituvchilarning savollariga savodli javob bera olishi, o’zaro aloqa o’rnata olishi, munozara olib bora olishi, ish munosabatlarining barcha janrlarini egallagan bo’lishi, faqat turli interfaol texnologiyalar uchun emas, balki turli darajadagi o’quvchilar uchun ham sahnalari ishlab chiqa olishi, interfaol faoliyat uchun qulay va ijodiy atmosfera hosil qiluvchi, kommunikativli xatti-harakatlarni tashkil qila bilishi kerak.
Maqsadga ko’ra u nafaqat guruh ichidagi va guruhlararo muloqotni, balki har bir qatnashchi o’z fikrini ayta olishni, faolligini boshqaradi, aytilgan fikrlarni sharhlaydi, natijalaydi va yakunlaydi.
Quyida o’quvchilarning erkin kommunikatsiyasini ta’minlovchi va baxs- munozaralarini boshqarishda asosiy bir nechta qoidalari berilgan:
Umumiy munozara vaqtida «sen», «biz», «odamlar», so’zini emas, balki «men» olmoshini ishlating. Masalan: «Bu guruhdagi odamlar bir o’z asabiylashgan» emas «men bir oz asabiylashganman» deb aytishi kerak;
Boshqa kishi haqida uchinchi shaxsda emas, birinchi shaxsda, to’gridan-to’gri o’ziga murojaat qilish kerak. Masalan, «Menimcha, Alisher, bunday... demoqchi edi»ni o’rniga, «Alisher, menimcha sen bunday...demoqchi eding» deb almashtirish kerak;
Guruhda sodir bo’layotgan hodisalar haqida turli nazariyalar tuzish va saqlanish kerak.
Ayni paytdagi davra doirasida qolishga harakat qiling: faqat xozir o’ylayotgani va his qilayotgan narsangiz haqida muhokama qiling, shu yerda va hozir.
Fasilitator - (ingliz tilidan olingan bulib «fasiliitate»-yengillashtirmoq yengillatmoq ma’nolarini anglagadi) bu interfaol jarayonni nazorat qiluvchi,o’yin qonun-qoidalariga rioya qilinishini ta’minlovchi, bu bilan barcha qolgan qatnashchilarni jarayonga nisbatan diqqatini jalb qilishlariga va o’zaro ta’sir
mazmuni va mohiyatiga o’rganuvchi kishidir.
O’quvchilar o’qitilayotganda mashg’ulotlarda ular o’zlarini (jismonan va ma’nan) qulay his qiladigan muhit yaratish juda muhim, bu ularning o’qishi va tashkiliy rivojlantirishlariga katta yordam beradi.
Ishonchlilik muhitini hosil qilish quyidagi ko’pgina sabablarga bog’liq bo’lishi mumkin:
«jarayon maydoni», ya’ni qulay atrof - muhit (havo, yorug’lik, mebel, videotexnika, chatlar va hokazo);
O’qituvchininig ishonchliligi va yoqimliligi orqali birinchi taassurot beruvchi taqdimoti;
guruh bilan tashkiliy ishlar haqida: ish tartibi, tanaffuslar va uyining asosiy muolajalari muhokamasi; «ixtiyoriylik» prinsipini qabul qilish: agar kimda kim guruhda ishlashini xohlamasa majburlash va o’zini oqlashga majbur qilish kerak emas;
guruhda bor bo’lgan bilim va amaliy tajribaini ko’rsata bilish;
«jalb etuvchi», «asabiylashishni yo’qotuvchi», «qizdiruvchi» mashq va treninglarni tashkil etish; natijalarni hissiyot, taassurot va tanqid qilmasdan «hamma hammaga» asosda muhokama o’tkazish.
Ish o’rinlari natijalarini muhokama qilganda, ko’proq uning faoliyati natijasiga, qabul qilingan qaror, ishlab chiqilgan programma va loyihalar taxliliga, kommunikativ mashqlarda o’zaro ta’sir jarayoniga ahamiyat berish kerak.
Refleksli tahlil, o’zi va sherigining xatti—harakati haqida fikr yuritishi bu yetarlicha vaqt talab qiluvchi, o’ylash muolajasidir. Tinglovchilar faqat o’ylabgina qolmay, balki mustaqil fikrlashlari va qarorlarga ham kelishlari mumkin.
O’qituvchi-fasilitator guruhda hamkorlikka o’rnatgan holda, komandadagi har bir qatnashchining faolligini oshirishga yordam beradi va quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: ochiq savollar berishi;
guruhdan keluvchi turli signallarga o’rinli javob qaytarishi;
guruhning xulosa qilishiga yordam berishi;
zarur axborot berishga tayyor bo’lishi;
guruhning qaror qabul qilishiga imkon berishi.
O’qituvchi - fasilitator, masalan bunday savollar beradi: «Siz nimani sezdingiz?», «Kim mashq, topshiriq va hokazolarni bajarish vaqtidagi o’zining holatlari haqida gapirmoqchi?» yoki «sizningcha yana nima sodir bo’ldi?» va har bir o’yin ohirida «vaziyatdan chiqara olishni»ni amalga o’rgatadi.
Psixolog (yunoncha «psyche» ruh-«log»—o’rganuvchi) ya’ni, insonlar qalbiga yo’l topuvchi ma’nosini bildiradi. Interfaol o’yinlarni o’tkazish uchun o’qituvchiga shaxslararo va ishbilarmonlik muloqotida «insoniy omil» bilan bog’liq bo’lgan qimmatli yo’l-yo’riqlar kerak bo’ladi. Tinglovchilarga insoniyli va e’tiborni, muomalada iliqlik va ochiqlilikni namoyon qilgan holda, ayniqsa kommunikativ kompetentlik bilan bog’lik yangi bilimlarni o’zlashtishda o’qituvchi, yanayam yaxshi shart- sharoitlarni yaratadi. Dilkash odamning kishilar bilan chiqishishi, «sovuq», indifferent odamga (lotincha — e’tiborsiz, beparvo) nisbatan osonroq.
Interfaol o’zaro ta’sir haqida gap ketganda, «muloqotdagi iliqlik»
tushunchasi quyidagilardan tashkil topgan:
kommunikatsiya bo’yicha sheriklarning teng huquqliligi;
ayblovning yo’qligi;
«Himoyalanish pozitsiyasining» yo’qligi;
yaqinlik va ishonch;
samimiylik.
O’qituvchi-o’qitiluvchi o’rtasidagi munosabatning iliqligi - bu ham uslub, ham fikrlashning xususiyati, ham kasbiy mahorat. Interfaol mashg’ulot o’tkazayotgan o’qituvchi har bir qatnashchiga nisbatan e’tibor va iliqlikni namoyon qilishiga majbur. Bu uning his-tuyg’ularida, pedagogik odobida va o’zini tuta bilishida, shuningdek hamma vakq boshqa odamlar bilan o’zini tutishda va munosabatni nazorat qilishda namoyon bo’ladi.
Boshqa odamlarni vujudi bilan tushunishga qodirligi, boshqa odamni «ich-ichidan his qilishi», boshqa odamning ko’zi bilan olamni qabul qilishi ham uning his tuyg’ularini taxlil qila bilish qobiliyati, boshqa odamning dunyoqarashini qabul qilishiga va uning ko’zi bilan dunyoni ko’rishiga qqodirligi bilan bogliq. Ayniqsa bu, suhbatdoshni tinglash vaqtida, unga nirsbatan qizikish hosil bo’lganda, barcha zamonaviy psixolik yordamga muhtojlarga yordam ko’rsatganda yaqqol namoyon bo’ladi.
Bundan tashqari o’qituvchi, so’zsiz, barcha o’qituvchilarga bir xil munosabatda bo’lishi kerak. Aynan shu tavsifga ko’ra har bir odamning qiymati va uning shaxsiy xususiyatlari namoyon bo’ladiyu ,hatto «dag’al» odamlarga nisbatan samimiy va ochiq bo’lish, bu juda qiyin va bu ukituvchidan fakat uz-uzini anglashning rivojlaiishini emas, balki uz shaxsiy muammolarni hal qilishi asosida o’zini tuzagashini talab qiladi.
Psixologik madad berish, boshqalarning tajribalariga hurmat bilan qarash, tinglovchshgarning qa’bul qiluvchi qaror va xarakatlarga do’stona munosabat- bularning barchasi o’qishga qiziqish va uyushgan holda rivojlanishiga olib keladi.
SHunday qilib, o’quvchichi-o’yin texnigi, bir vaqtning o’zida barcha ko’rinishida savodli va malakali chiqara bilish degani, Albatta, aniq amaliyotda bu vazifalarni bir nechta tashkilotchii bajarshi mumkin. Bunday tajriba tashkiliy-faoliyatli va innovatsion o’yinlarda tarqalgan. Bunday har tomonlama rivojlangan o’qituvchini, rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirish va boshqarish tayyorlashga topish juda qiyin, chunki ularning ko’pchiligida ayni bu hislatlarning ba’zilarigina rivojlangan, lekin baribir aytilgan hislatlarni rivojlantirishga intilish zarur, chunki bunga interfaol o’yinining yutug’iga va mohirligi bog’liq.
Innovaitsiya (inglizcha «innoation»—yangilik kiritish, yangiliklar) tushunchasi bugungi kunda keng qo’llanilgan iboralarlan biri. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kirib va uni amalga oshirishda interaktiv metodlardan foidalanishdir.
Interaktiv metodlar-jamoa bo’lib fikrlash demakdir. Bu yangi pedagogik ta’sir etish usullari
Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikda bo’lganda amalgam oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
o’quvchini dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga udashi;
o’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlari doimiy ravishda
har masalaga ijobiy yondashgan holda kuchaytirish;
pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish, quyidagicha bugungi kunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan innovatsion texnologiyalarga ko’p
Do'stlaringiz bilan baham: |