Nafas olish organlari – o’pkasi qopcha shaklida bo’lsa ham, lekin uni ichki devori asalari o’xshash mayda-mayda murakkab to’siqchalar bilan to’silgan. Tilining orqasida joylashgan hiqildoq teshigi hiqildoq kamerasiga tutashadi. Hiqildoqdan uzun nafas olish yo’li traxeya boshlanadi, orqaroqda traxeya ikkita nayga bo’linadi va bu nayning har qaysisi tegishli o’pkaga kiradi. Bu naylar bronx deb ataladi. Ko’krak qafasining kengayishi – torayishi bilan bular nafas oladi.
Qon aylanish sistemasi - yuragi uch kamerali lekin qo’yidagi farq bilan ajralib turadi, yurak qorinchasi to’lamas to’siq bilan ajralib turadi va ikkiga: o’ng, ya’ni venez qorincha va chap, ya’ni arterial qorinchaga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |