Hozirgi zamon sudralib yuruvchilarining sistematik obzori. Hozirgi paytda er yuzida 7000 ga yaqinroq sudralib yuruvchilarni turi yashaydi. Mezazoy erasiga qadar ularni 17 ta turkumi bo’lgan shundan progressivroq tuzilishga ega bo’lgan 4 ta turkum saqlanib bugunga qadar etib kelgan. Qolgan hammasi qirilib ketgan.
Er yuzida mavjud bo’lgan sudralib yuruvchilar quyidagi sistematik guruhlarga bo’linadi. (gruppaga)
I. Xartumboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi
II. Tangachalilar (Sguamata) turkumi
III. Timsohlar (Crocodilia) turkumi
IV. Toshbaqalar (Chelonia) turkumi
I. Xartumboshlilar (Rhynchocephalia) – xartum boshlilarni birdan-bir vakili gatteriya bo’yi 75 smgacha boradi. Xartum boshlilar asosan shox tumshui borligi va tishlari suyakka yopishgan bo’lishi bilan xarakterlanadi. Kopulyativ organi yo’q. Gatteriya er ostidagi uyalarda yashaydi va kam harakat qilib hashoratlar hamda chuvalchanlar bilan oziqlanadi. Qattiq po’stli 8-10 ta tuxum qo’yadi. Embrioni 12-14 oy rivojlanadi er yuzida Yangi Zellandiyada saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |