Muskul sistemasi – baqalarnikiga qaraganda nihoyatda differenstiyalashgan bo’lib segmentli muskullari batamom mustaqil muskullarga aylanib ketgan. Buning uchun xarakterli bo’lgan qovuralararo muskullar yuzaga kelgan va bular nafas olishda aktiv ishtirok etadi.
Nerv sistemasi – bosh miyasi tubandagi belgilar bilan baqalarning miyasidan farq qiladi: - XII juft nerv ham bosh miya qutisi ichidan chiqadi; - Orqa miyadan segmental orqa miya nervlari chiqadi; - tipik elka va chanoq chigillarini hosil qiladi;
Eshituv organi – ichki quloq va noora pardasi, eshituv suyakchasi uzangi suyakchadan hamda Evstaxiev naychasi joylashgan o’rta quloqdan iborat. Eshituv organi umuman baqanikiga o’xshaydi lekin ancha murakkab tuzilgan. Bu murakkablik quloq chianoqning kattaroq bo’lishi xarakterlidir.
Ko’ruv organlari – ko’zida xuddi baqalarnikidek pastki va ustki qovoqlar bo’lib yumgich parda ham bor, lekin ko’z soqqasi baqanikidek ichiga botib ketmaydi-yu kuz kosasi ichida aylana oladi, buni maxsus muskullar amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |