8-mavzu: Majburiyatlar hisobi va auditi. Majburiyat iqtisodiy munosabatlarda korxonalarni ishtiroki nuqtai nazaridan olib qaraganda, korxonani boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi pul mablag‘lari va boshqa ko‘rinishdagi qarzdorlik bo‘lib hisoblanadi. Korxona buxgalteriya balansida aktivlarni chetdan jalb qilingan mablag‘lar hisobiga shakllangan manbaini aks ettiradi.
“Tour Salon” MCHJda majburiyatlarini muntazam nazorat qilib borish va ularni oqilona boshqarish inqirozga qarshi boshqaruv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki, pul mablag‘lari kirim-chiqimini, korxona to‘lov qobiliyatini muntazam kuzatib borish majburiyatlarni boshqarish asnosida sodir bo‘ladi.
Korxonalarni inqirozga yuz tutishi va iqtisodiy nochorlikni boshdan kechirishining oxirgi sababi ham mana shu majburiyaitlarni keskin darajada ko‘payib ketishi natijasida, to‘lov qobiliyatini tushib ketishi bilan ifodalanadi. Shu sababli, majburiyatlarni turli klassifikatsiyasi bo‘yicha to‘g‘ri boshqarib borish, kreditorlar bilan doimiy iliq munosabatni shakllantirish inqiroz riskini kamaytiradi.
Debitorlik qarzlari korxona balansi, ya’ni har chorakda tuziladigan korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlari holati to’g’risidagi hisobotda ham aks ettiriladi. Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida har bir xo’jalik sub’ekti o’z faoliyatini olib borish jarayonida albatta ma’lum darajadagi debitorlik yoki kreditorlik qarzdorlikka yo’l qo’yadi. Chunki, ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotni yetkazib berish bilan uning to’lovi o’rtasida doimo ma’lum bir farqlanishlar bo’lishi tabiiydir. Shu sababli ham, debitorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishini va ularning vujudga kelish muddatlarini o’rganib, tahlil qilib chiqish muhim hisoblanadi.
Debitorlik majburiyatlari tarkibi deganda uning yuzaga chiqish qatorlari yoki o’rni tushiniladi. Korxona balansi bo’yicha uning quyidagi qatorlarini tarkiblab o’tganmiz. Xaridor va buyurtmachilarga bo’lgan debitorlik majburiyatlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debitorlik majburiyatlar, ish haqidan ajratmalar yuzasidan debitorlik majburiyatlari, soliqlar va turli boshqa to’lovlar bo’yicha debitorlik majburiyatlari va h.k.
Shuningdek, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibida muddati o’tgan, to’lov muddati kelgan va to’lov muddati o’tmagan majburiyatlarni a’lohida tarkiblash mumkin.
Muddati o’tgan va to’lash muddati kelgan majburiyatlar alohida-alohida hisobga olinadi va boshqariladi. Muddati o’tgan debitorlik majburiyatlar debitorlik va kreditorlik majburiyatlari to’g’risidagi ma’lumotnomada alohida qatorlanadi. Ularning Respublika ichkarisidagi korxonalar va respublikadan tashqaridagi korxonalar o’rtasida muddati o’tgan majburiyatlarga ajratish mumkin. Muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar korxona moliyaviy holatini og’irlashtiruvchi asosiy sabab faktori sifatida olinadi va muhim e’tibor beriladi.
Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi deganda qarz majburiyatlarining undirib olish muddati va ularning aylanish koeffitsenti tushuniladi. Bu bevosita bugungi yuzaga kelgan majburiyatning necha kundan keyin naqd pulga aylanish darajasini xarakterlaydi. Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi sotishdan olingan tushumni debitorlik majburiyatlarining mavjud summasiga bo’lish asosida aniqlanadi.
Debitorlik majburiyatlarining mavjud summasini tahlil etish davrining kalendar kuniga ko’paytirish va sotishdan olingan sof tushum summasiga bo’lish asosida debitorlik qarzlarining aylanishlar kuni aniqlanadi.
Тurli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga keladi: korxonaning o’zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan pul undiriladigan bo’lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo’lmagan xonalarni ijara haqlari bo’yicha; mehnat jamoasi a’zolarining buyrug’i bilan Хalq banki va boshqa joylarga pul o’tkazish bo’yicha. Da’volar va korxonaga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish bo’yicha hisob-kitoblar 4860 «Da’volar bo’yicha oliga doir schyotlar», 4730 «Хodimlarning moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi.
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar bo’yicha olinadigan to’lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo’yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Тurli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 4830, 4840,4850,4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi.
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar bo’yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo’yicha ham shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomai bo’yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7‑qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo’yicha 8 – jurnal-orderga yozib qo’yiladi.
4100, 4700 schyotlar bo’yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko’rsatiladi, 4800, 6900 – schyotlar bo’yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob birga ko’rsatiladi.
Хodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo’shayotgan hollarida, ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga chiqish, ishdan bo’shash, pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to’lovlar hisoblashish davri orasidagi to’lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq xodimlar bo’lsa) to’lov qaydnomalariga asosan beriladi.
Buxgalteriya hisobida olinadigan schyotlarni asosan muddati belgisi harakteri bo‘yicha aks ettirish tartibi keng qo‘llaniladi.
Muddat belgisi olinadigan schyotlarni turli jihatlari bo‘yicha guruhlashga imkon beradi, jumladan hisobot davrlari, to‘lov va da’vo muddatlari, shuningdek kelib tushish ehtimoliga ko‘ra.
Hisobot davrlariga ko‘ra olinadigan schyotlar qisqa muddatli ( bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq) bo‘lishi mumkin.
To‘lov muddatiga ko‘ra olinadigan schyotlar to‘lov muddati o‘tmagan va to‘lov muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan tartibga asosan 90 kungacha olinmagan schyotlar muddati o‘tmagan, 90 kundan ortiq muddatda to‘lanmagan schyotlar to‘lov muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlari bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz qonunlariga muvofiq 90 kundan to‘lov muddati oshib ketgan debitorlik qarzlariga yo‘l qo‘yganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari va bosh hisobchilari ma’muriy va moliyaviy ja’zoga tortiladi.
Harakteriga ko‘ra olinadigan schyotlar tovar harakteridagi va notovar harakteridagi debitorlik qarzlarga bo‘linadi. Tovar harakteridagi olinadigan schyotlarga bevosita tovar operatsiyalariga dahldor bo‘lgan debitorlik qarzlari, masalan haridor va buyurtmachilarning qarzlari, ta’minotchilarning olgan avanslar bo‘yicha qarzlari kiradi. Bevosita tovar operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lmagan olinadigan schyotlar notovar harakteridagi debitorlik qarzlari hisoblanadi. Ularga, masalan, xodimlarning qarzlari, ta’sischilarning qarzlari, byudjet va ijtimoiy sug‘urta organlarining qarzlari va boshqalar kiradi.
Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishining asosiy sababi hisob kitoblarda to’lovlar muddatining yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunda debitorlik kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishiga har qanday holda ham yo’l qo’yiladi. Agarda mahsulotlar ortib jo’natish orqali sotiladigan bo’lsa bunda to’lovlar amalga oshish sanasiga qadar, agarda tovarlar pulini oldindan to’lash asosida sotiladigan bo’lsa bunda ham tovarlarni jo’natish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida hisobda aks etttiriladi.
Davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlariga Pensiya fondi, Yo‘l fondi va Ish bilan bandlik fondi kiradi. Ushbu byudjetdan tashqari davlatning maqsadli fondlariga korxonalar tomonidan majburiy ajratmalar va ushlanmalarning miqdorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ta’sischilar ta’sis etgan korxonalariga o‘z ulushlarini bir yilgacha bo‘lgan muddatda kiritishlari lozim. Ushbu davrda mavjud bo‘lgan debitorlik qarzlari 21- son BHMS ga muvofiq 4610 “ Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi” schyotining debetida va 8330 “Pay va badallar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Ta’sischi tomonidan badalni kiritilishi bilan ushbu schyotda aks ettirilgan debitorlik qarzi kamayadi, to‘liq kiritilgandan so‘ng esa yopiladi.