11-mavzu: Moliyaviy hisobotni tuzish va tahlil qilish. Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:
barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;
yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;
korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha:
ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo’yiladi;
5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o’tkaziladi;
7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig’indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks ettiriladi;
jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.
Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2- qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi.
Moliyaviy hisobot auditining maqsadi moJiyaviy hisobot ma'lumotlarining to'liqligi va ishonchliligini, ular amaldagi qonunchilikka muvofiqligini tekshirishdan iborat. Auditorlik tekshiruvi o'tkazishning asosiy manbalari bo'Jib quyidagilar hisoblanadi: