12-mavzu: Auditorlik tekshiruvini yakunlanishi. Auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish. Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dastllrining barcha bo'limlari bo'yicha o'tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Auditorlik tekshiruvi o'tkazish chog' ida asosan tekshirilayotgan “Tour Salon” MCHJning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar.
Auditorlik tekshiruvi o'tkazish chog' ida asosan tekshirilayotgan “Tour Salon” MCHJning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar.
Ta'kidlash joizki, tekshiruv natijalari va “Tour Salon” MCHJ mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma'ium darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko'rsatuvchi holatlami obyektiv baholashi zarur:
-xo'jalik yurituvchi subyekt xodimlariga ma'lum bo'lgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolami aniqlash faktlari;
-tekshiruv uchun zarur bo'igan, auditorga o'z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma'iumotlarga doir xo'jalik muomalalari;
-mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
-inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash qaydnomalari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;
-katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so'rovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi;
-tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli
-ruxsat etuvchi ko'rsatmalar taqdim qilinmagan xo'jalyk muomalalari.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlami eng ishonchli deb tan olish qabul qilingan. Yozma tasdiqlaming ishonchliligi ulaming to'g'ri rasmiylashtirilishiga bog'liq.
Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan summalaming katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlaming ishonchliligi to'g'risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalillar etarliligi baholanadi:
-debitor va kreditor qarzlar analitik hisobi ma'lumotlarining tengligini tekshirish. Dastlabki hujjatlami tekshirib chiqish yoki debitor va kreditor qarzlar tasdig'ini olish munosabati bilan auditorlar hisob-kitoblami hisobga oladigan analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ulami Bosh daftar ma'iumotlari bilan taqqoslashi lozim.
Hisob-kitob muomalalari hisobga olinadigan schyotlami tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:
-mol etkazib beruvchilar schyotIari bo'yicha debet qoldiqlar;
-mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, sho"ba va qaram korxonalarga va boshqa o'zaro bog'liq tomonlardan qarztar summalari;
-mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari katta tuzatishlar;
-da'vo muddati o'tib ketgan yoki o'tayotgan to'lanmay qolgan schyotfakturalar.
Auditorlik firma tomonidan qabul qilingan sifat nazorati siyosati masalalariga, odatda, quyidagilar kiradi:
(a) Malakaviy talablar: Firma xodimlari mustaqillik, halollik, xolislik, simi saqlash va kasbiy hulq-atvor tamoyillariga rioya qilishlari lozim.
(b) Malaka va malakaviy kasbdan xabardorlik: Firma texnik standartlardan foydalana oladigan va ular talabiga rioya qiladigan, o'zining majburiyatlarini tegishIi sinchkovlik bilan bajarish uchun imkoniyat yaratadigan o'z kasbi bo'yicha malakaviy ko'nikmalarga ega bo'lgan xodimlar bilan ta'minlanishi lozim.
(v) Vazifalami topshirish: Auditorlik ishi ushbu vaziyatlarda talab qilinadigan tegishli texnikaviy tayyorgarlik darajasi va kasbiy biIimlarga ega bo'lgan xodimlarga topshirilishi kerak.
(g) Vakolatni yuklash: Bajarilgan ish tegishli sifat standartlari talablariga javob berishligi yuzasidan oqilona ishonchlilikni ta'minlash uchun kerakli darajada ishni yo'naltirish, uni boshqarishni am alga oshirish va barcha bosqichlarda sharhlash kerak.
(d) Maslahatlashish: Lozim bo'lsa, tegishli bilimlarga ega bo'lgan shaxslar bilan firmaning o'zida va uning tashqarisida maslahatlashishdan foydalanish lozim.
(e) Mijozlami qabul qilish va saqlash: Doimiy ravishda bo'lg'usi mijozlarga baho berish va mavjud mijozlami sharhlab borish lozim. Mijozni qabul qilish masalasi ko'rilganda yoki uning bilan hamkorlikni davom ettirishda, firma mustaqil, tegishli ravishda xizmatlar taqdim etish qobiliyati va mijoz rahbariyatining halolligi degan mulohazadan keIib chiqish kerak;
j) Monitoring: Sifat nazorati siyosati va muolajalarining mosligi va samaradorligi yuzasidan izchillik bilan monitoring o'tkazish lozim.
Audit dasturi audit yo'nalishini auditor yordamchilarining ma'ium uchun etkazishning muhim quroli hisoblanadi. Yo'nalish berishda, shuningdek, auditor yordamchilarining ma'lumoti uchun auditning umumiy rejasi va vaqt byudjetini etkazish foydalidir. Ishga rahbarlik qilish ishni yo'naltirish va uni sharhlash bilan yaqindan bog'likdir va o'z ichiga uni ham buni ham elementlarini kiritishi mumkin.
Auditorga muhim ta'sir ko'rsatadigan hodisalar to'g'risida ma'lum bo'lsa, auditor ushbu hodisalar tegishli ravishda hisobga olinganligi va moliyaviy hisobotda mos ravishda aks etilganligini ko'rib chiqishi lozim. Auditor auditorlik hisoboti sanasidan keyingi moIiyaviy hisobot yuzasidan bajarilgan muolajalar yoki amalga oshirilgan har qanday so'rovnomalar bo'yicha hech qanday mas'uliyatga ega emas.
Auditor hisoboti sanasidan to moIiyaviy hisobot chop etilgunga qadar bo'igan davr mobaynida, moliyaviy hisobotga ta'sir etishi mumkin bo'Igan holatlar to'g'risida auditorga xabar berish yuzasidan mas'uliyat subyekt rahbariyati zimmasida bo'ladi.
Auditorlik hisoboti sanasidan key in, lekin moliyaviy hisobot chop etilgunga qadar auditorga moliyaviy hisobotga muhim ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan holat to'g'risida ma'ium bo' lsa, auditor moliyaviy hisobot tuzatish talab qilishini ko'rib chiqishi hamda ushbu masalani subyekt rahbariyati bilan muhokama hilishi va ushbu vaziyatda o'rinli bo' lgan harakatni amalga oshirishi lozim.
Rahbariyat moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritgan taqdirda, auditor ushbu vaziyatlar talab qiladigan muolajalami bajarishi va subyekt rahbariyatiga tuzatilgan moliyaviy hisobot bo'yicha yangi auditorlik hisobtini taqdim etishi lozim. Yangi auditorlik hisobotiga tuzatilgan moliyaviy hisobot imzolangan yoki tuzatilgan sanadan oldinroq bo'lgan sana qo'yiImaydi va muolajalaming ijro muddatini yangi auditorlik hisoboti sanasigacha uzaytirish lozim.
Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, auditorlik tekshiruviga ajratilgan vaqt juda ham cheklanganligi munosabati bilan, auditor barcha operatsiyalar va hujjatlami tekshirishga qodir emas. Odatda, eng muhim bo`lgan bo‘limlarda tekshiruv yoppasiga, operatsiyalaming asosiy qismi ustidan nazorat esa - tanlab olish usuli bilan amalga oshiriladi, natijada audit tezlashadi va arzonlashadi. Bundan tashqari, bar bir auditorlik tashkiloti ish sifati ustidan nazorat qilish tamoyillari va qoidalarini, shuningdek, ulardan foydalanish jarayonlarini ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim.
Yuqoridagilami ijobiy hal etish o‘z navbatida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit oldiga ham bir qancha masalalarni dolzarb qilib qo‘yadi, jumladan: xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan xo'jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining miliiy va xalqaro standartlar talablari asosida hisobda aks ettirish, moliyaviy- xo'jalik faoliyatini va iqtisodiy barqarorligini tahlil qilish, moliyaviy hisobotini va boshqa moliyaviy axborot to'g'riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida auditorlik tckshiruvini o'tkazish hamda boshqa malakali xizmatlar ko'rsatish va h.k.
“Tour Salon” MCHJning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa berishda auditorlar o ‘zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo‘yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar tomonidan xo‘ja!ik subyektining moliyaviy hisobotlari to‘g‘risida berilgan beg‘araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aksiyalami sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda foydalanadliar.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Agar biz o‘z vaqtida uzoqni ko‘zlab, ertaga hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizning chuqur bilim va kasb-hunar egallashi uchun zamin yaratmasak, ulami zamon talab qiladigan mutaxassis kadrlar etib tayyorlamasak, bugungi kunda butun dunyoni qamrab oigan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida yurtimizda tinchlikni saqlab, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga, ayni shunday og‘ir sharoitda xalqimiz hayotining tobora yuksalishiga erisha olarmidik? Yo‘q albatta.
Hammamizga teran bir haqiqat ayon bo‘lishi kerak - biz yurtimizning ertangi rivoji yo‘lida qanday chuqur o‘ylangan dasturlami tuzmaylik, bu rejalami bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha ko‘p sarmoya safarbar etmaylik, ulaming barchasini amalga oshiradigan, ro‘yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo‘isa yuqori maiakali ish kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz, desak, o‘ylaymanki hech qachon xato boimaydi.
Shuning uchun ham bu o‘ta muhim masalani doimo davlatimiz, jamiyatimizning asosiy vazifasi sifatida ko‘rishimiz darkor».