O' zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to 'g'risida»gi Qonuni
2
O'zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi Qonuni
3
21-son «Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schetlar rejasi va uni qo'Hash haqida YO'riqnoma» nomli BHMS. 2002 yil 9 sentyabrda 103-son bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro' yxatga olingan
4
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo' yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi Nizom».
5
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish bo' yicha kontseptual asos.
6
I-son «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMS.
7
3-son «Moliyaviy natijalar to' g'risida hisobot» nomli BHMS.
8
3-son «Auditni rejalashtirish» nomli AFMS
9
lO-son «Moliyaviy hisobotdagi boshqa ma'lumotlar» nomli AFMS
10
70-son «Moliyaviy hisobot to' g'risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi» nomli AFMS.
11
«Moliyaviy hisobot shakllarini to'idirish qoidalari» O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan.
Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko`'rsatkichlar to'ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to'idirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo'yiladi.
Auditor moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to'idirilishiga e'tibor berishi kerak:
a) "Korxona, tashkilot" rekviziti - korxonaning to'liq nomi (belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan ta'sis hujjatJariga muvofiq) va KTUTga ko'ra uning kodi ko'rsatiladi;
b) "Tarmoq" rekviziti - korxona tarmog'i va XXTUTga ko'ra tarmoq kodi ko'rsatiladi;
v) "Tashkiliy-huquqiy shakli" rekviziti - korxonaning tashkiliyhuquqiy shakli va THTga ko'ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko'rsatiladi;
g) "Mulkchilik shakli" rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MShTga ko'ra mulkchilik shaklining kodi ko'rsatiladi;
d) "Vazirliklar, idoralar va boshqalar" rekviziti - ixtiyorida korxona turgan (agar u mavjud bo'lsa) va unga moliyaviy hisobot yo'naltiriladigan organning nomi hamda DBPBTga ko'ra ushbu organning kodi ko'rsatiladi;
e) "Soliq to'lovchining identifikatsiya raqami" rekviziti - STIR bo'yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko'rsatiladi;
j) "Hudud" rekviziti - MHOBT bo'yicha kod ko'rsatiladi;
z) "Manzil" rekviziti - korxonaning to'liq yuridik manzili ko'rsatiladi. Moliyaviy hisobotni tuzish chog'ida O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo'yicha boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim.
Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotda chiqarish va ustiga yozishlar bo'imasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ulami moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko'rsatadilar.
Joriy hamda o'tgan yil hisobot ma'iumotiaridagi (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma'lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma'lumotlarga kiritiladi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish chog'ida daromadlami yashirish yoki ular bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlami davr xarajatlariga (yoki muomala chiqimlariga) kiritish natijasida moliyaviy natijalami kamaytirib ko'rsatish aniqlangan holda buxgalteriya hisobi va o'tgan yil uchun moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy yilda hisobot davrida aniqlangan o'tgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi.
Korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatining auditorlik tekshiruvini o'tkazishda hisobot shakllaridagi ko'rsatkichlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlar auditning ma'lumot bazasi sifatida qo'llaniladi.
“Tour Salon” MCHJning faoliyatining ahvoli to'g'risida aksariyat ma'lumot hisobot davrida pul ifodasida korxona faoliyati natijalari va moliyaviy holatini tavsiflovchi moliyaviy hisobotda mavjuddir. Hisobot davrida audit o'tkazish uchun ma'lumot materiallari korxonaning hisob registrlari - Bosh kitob, jurnal-orderlar yoki memorial orderlar, sintetik va tahliliy hisobning aylanma qaydnomalari, hisob-kitobto'lov qaydnomalari, shaxsiy schetlar, tahliliy hisob varaqalari va boshqalardan olinadi. Bunda hisob registrlarida korxonaning moliyaviy va xo'jalik operatsiyalari bo'yicha barcha buxgalteriya yozuvlari ikki yoqlama yozish usuli bilan jamlanadi, ya'ni, har bir xo'jalik operatsiya tegishli schetIarning debeti va kreditida aks etiladi. Yoppasiga yoki tanlab olib tekshiruv o'tkazganda auditor hi sob registrlarida buxgalteriya schetIari, qayd etilgan registrlarda xo'jalik operatsiyalari iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, to'g'ri korrespondentsiyalanganligini baholashi va kelajakda to'g'rilash maqsadida, tasodifan sodir etilgan xatoliklarni va tasodifiy noto'g'ri buxgalteriya yozuvlarini (o'tkazmalarini) aniqlashi lozim. Shuning bilan bir qatorda, hisobot ma'lumotlari, ayniqsa, korxona moliyaviy faoliyati natijalarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni, uning asosiy aylanma aktivlar miqdorini, o'zining moliyaviy va mulkiy holatini yaxshi tomondan ko'rsatish uchun boshqa korxonalar va banklarga bo'lgan qarzlami yashirib ko'rsatish maqsadida ataylab sodir etilgan xatoliklar aniqlanadi va bular haqida korxona rahbariyatiga ma'iumot taqdim etiladi. Bunday tekshiruv hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi.
Buxgalteriya schetlaridagi yozuvlar, buxgalteriya schetlari korrespondentsiyalanishi hamda pul ifodasida to'g'ri asoslanganligini aniqlash uchun tekshirilayotgan buxgalteriya yozuvlariga taalluqli bo'igan va amalda sodir etilgan xo'jalik operatsiyalarini yozrna ravishda tasdiqlovchi, buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga huquqiy maqom beruvchi dastlabki hujjatlami diqqat bilan o'rganib chiqish lozim.