4.1. Aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, turmush sifatini oshirish sohasida:
odamlarning turmush tarzi, birinchi navbatda, qishloq aholisi obodligi va farovonligini ta’minlash, ularning turmush madaniyatini oshirish; rivojlanishning ustuvor sohasi sifatida uyjoy qurilishi va infratuzilmani qo‘llabquvvatlash, yosh oilalarga qulay, uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratilishi, ular uchun uyjoy qurilishiga doir davlat dasturi bajarilishining bundan keyin ham tizimli ravishda davom ettirilishiga ko‘maklashish; qurilish va bezak ishlarida eng yaxshi xorijiy tajriba va milliy me’morchilik an’analarini uyg‘unlashtirish, tarixiy shaharlarni qayta ta’mirlashga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirish; yo‘lovchilarga, jumladan, mamlakatimizning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan joylari aholisiga transport xizmati tizimini yaxshilash; aholining elektorat qismi bandligi, birinchi navbatda, xotinqizlar va yoshlar o‘rtasida hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikni rivojlantirish evaziga ularni ish bilan ta’minlashni kengaytirishga qaratilgan tashkiliyhuquqiy shartsharoitlarni yaratish; xalq tabobatini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda uni zamonaviy tibbiyot darajasiga yetkazishga qaratilgan tashkiliyhuquqiy choralarni ko‘rish; doridarmon vositalari bilan savdo qilish tizimini tubdan isloh etish, sifatini oshirish va narxini kamaytirish, jumladan, davlat tibbiyot muassasalariga doridarmon vositalarini sotuvchi tomonidan har qanday tadbirkorlik subyekti emas, balki o‘sha mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining vakili bo‘lishi shartligini qonuniy mustahkamlash; tibbiyot hamda farmatsevtika sohasini tubdan isloh qilish, sog‘liqni saqlashda tibbiy profilaktikaning o‘rnini oshirib borish, shu jumladan, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish;
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHADAGI
USTUVOR YO‘NALISHLAR
Partiya milliy o‘zlikni anglash, vatandoshlarimizda milliy g‘urur va qadrqimmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishni muhim vazifa, deb biladi.
O‘zbekiston – buyuk alloma va mutafakkirlar Vatani, dunyo tamadduni beshiklaridan biri, jahon moddiy va nomoddiy merosining ajralmas bo‘lagi, ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i, yuksak aqliy salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatdir.
Partiya milliy o‘zlikni anglash va tiklash, jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni saqlash va rivojlantirish orqali siyosiyhuquqiy, ijtimoiyiqtisodiy va boshqa sohalarda oldimizda turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish mumkin, deb hisoblaydi.
Milliy o‘zlikni anglash vatanimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi, milliy ong insonda jonajon vatanimizga muhabbat histuyg‘usini oshirish, komil insonni tarbiyalashda bebaho ichki omildir.
Milliy o‘zlikni anglash, inson o‘zligini topishi tarixni o‘rganishdan boshlanadi. O‘zining milliy davlatchilik, milliy madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotining tarixiy tajribasini o‘zlashtirmagan xalq milliy tiklanishga qodir emas.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vatanimiz yanada shiddatli rivojlanishi uchun raqobat bardosh va barqaror iqtisodiyotga, yuksak ruhiyma’naviy asosga, milliy o‘zligiga ega bo‘lishi shart, deb hisoblaydi.
Partiya milliyma’naviy tiklanish va yuksalish, milliy g‘oyamiz tamoyilining ustuvorligini ta’minlash, jamiyatimizning axloqiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishi, deb biladi.
Milliy o‘zlikni xalqimizning asrlar davomida shakllangan muqaddas urfodatlari, an’analari va qadriyatlari asosida saqlash muhim vazifa sanaladi. Bizning qarashimiz, maqsad va vazifalarimiz har qanday millatchilik g‘oyalaridan holidir.
Milliy ma’naviyatni ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi negizida yuksaltirish va jahon miqyosida tanitish partiyamizning ustuvor g‘oyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |