6.1. Milliy madaniyat hamda ma’naviyatni rivojlantirish, milliy urfodat, an’ana va qadriyatlarni saqlash va boyitish sohasida:
xalqimizning tarixiy, madaniy va ilmiyintellektual merosini asrabavaylash, boyitish va yanada ko‘paytirishga ko‘maklashish, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini o‘rganish, ularni kamol topib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida keng miqyosda targ‘ib etish, yoshlarda tarixiy meros va xalq an’analariga chuqur hurmat, ehtirom uyg‘otish; xalqimizga xos muruvvat, mehmondo‘stlik, mehr
oqibat, o‘zaro hurmatehtirom, bag‘rikenglik, yaxshilik va saxovatpeshalik kabi milliy xususiyatlarimiz targ‘ibotiga asoslangan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston tarixini chuqur, keng miqyosda va izchil o‘rganishni ta’minlash, bu borada tarixiylik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilish, tarixiy o‘tmish va o‘zbek xalqining hozirgi kundagi hayotiga baho berishda biryoqlama yondashuvlarga, noxolislikka yo‘l qo‘ymaslik, O‘zbekiston tarixini buzib, soxtalashtirib talqin etilishiga nisbatan qarshi kurash olib borish, xalqaro keng jamoatchilik diqqate’tiboriga O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishiga doir haqqoniy haqiqatlarni yetkazish;
O‘zbekiston xalqining madaniyati va san’ati yutuqlarini xalqaro maydonda keng miqyosda targ‘ib etish, hozirgi O‘zbekiston zaminida yashab ijod etgan va jahon tamadduni taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan ilmfan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, buyuk davlat arboblari, harbiy sarkardalar hayoti faoliyatiga bag‘ishlangan kino asarlari yaratish va ularni dunyo jamoatchiligi diqqate’tiboriga yetkazish; yuksak estetik qimmatga ega bo‘lib kelgan milliy hunarmandchilik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish, qadimgi badiiyhunarmandlik maktablari an’analarini saqlab qolish, hunarmandlar maqomini tadbirkorlikdan ajratish; milliy liboslar va kiyimlar tarixini chuqur o‘rganish, milliy liboslar va kiyimlarni targ‘ib qilish, ulardan amalda foydalanishni kengaytirish; gilamdo‘zlik maktabini rivojlantirish, “O‘zbek gilamdo‘zlari” Milliy assotsiatsiyasini tashkil etish, “O‘zbek gilamdo‘zlik muzeyi”ni yaratish, har bir tuman va shaharda tanlov asosida gilamchilik korxonalarini tashkil etish, “o‘zbekgilam.uz” internet katalogini yaratish;
O‘zbekiston xalqining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy tarixini o‘rganishga qaratilgan jamg‘armalar tashkil etilishiga erishish.
6.2. Yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan muhofaza qilish sohasida:
yoshlarni milliy tiklanish va yuksalish g‘oyasi, milliy
madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash; faol zamondoshlarimizning badiiy obrazlari ta’sirchanligini kuchaytirishga, milliyma’naviy tiklanish va yuksalishga qaratilgan ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni uyushtirish, ma’naviy-ma’rifiy markazlar tashkil etish va ularning faoliyatini rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona fondini ko‘paytirish, yoshlarni kutubxonalarga keng jalb etish; yosh avlodni, birinchi navbatda, kitobga muhabbat va hurmatehtirom ruhida tarbiyalash, ularda matbaachilik mahsulotlariga qiziqishni kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining tarixi, ma’naviymadaniy merosiga doir adabiyotlarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan mualliflar, bosmaxonalar, nashriyotlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish; ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarning mamla
katimizdagi mavjud madaniytarixiy maskanlarga ommaviy tashriflarini uyushtirish, teatr va kinozallarda ochiq eshiklar kunlarini tashkil etish, yoshlarning O‘zbekiston tarixi va madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlar beradigan ko‘rgazmalarga tashrifini ta’minlash;
Xulosa
Ko’riib turibdiki harbir millat o’z kelajagini milliy an’analari bilan barpo etmog’ darkor.Bizning kelajakni qurishimizda kerak bo’ladigan asosiy unsur bu milliy g’oyamizdir.Milliy an’analarimizni shakillantirish uchun esa barcha sharoitlar yetarli faqatgina ozimiz ustmimizda ishlashimiz va intilishimiz kerak. Mustaqil ishning asosiy maqsadi sizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1)“Milliy tiklanishdan milliyyuksalish sari”-Sh.Mirziyoyev.
2)Ziyon.net. 3)Aim.zu
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent: «O’zbekiston» 2010. 39-b.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» Qonuni. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, Sharq 1998. 20 – 29-b.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, Sharq 1998. 31 – 61-b.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. Tom 7- Toshkent: O’zbekiston, 1999. 410-b.
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. Tom 9-Toshkent: O’zbekiston, 2001. 430-b.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent , Ma’naviyat. 2008. 173-b.
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, O’zbekiston, 1999.
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishiga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruza-Toshkent;O’zbekiston, 2010.
Avloniy. A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: O’qituvchi, 1992
Abduraxmonov. A. Axloqiy tarbiya va milliy qadriyatlarimiz – Sharq yulduzi. 1990. №12-164-173-b.
O’zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi Qashqadaryo viloyati pedagog kadirlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. Z.Boqieva Etakchi-raxbar,do’st va tarbiyachi.2011-yil
Erkayev.A.Ma’naviyat-millat nishoni. Toshkent: Ma’naviyat. 1997.188-b.
Jalilov. A. O’zbekiston mustaqillik, ma’naviyat va mafkura – Toshkent: Ma’naviyat, 2004, 189-b.
Inomova M.Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi.Fan, 1999.
Munavvarov. A. Pedagogika – Pedagogika Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent: O’qituvchi, 1996-2008.
Mahkamov. U. Axloq odob saboqlari. Toshkent: Fan, 1994.
Ochilov. M. Muallim – qalb me’mori. Saylanma. Toshkent: O’qituvchi, 2001. 430-b.
Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. Toshkent: O’qituvchi, 1995. 207-b.
Tursunov.I.Y.Nishonaliyev.U.N. Pedagogika kursi. Toshkent: O’qituvchi, 1997. 232-b.
Tulenov.J.G’ofurov.Z.Mustaqillik va milliy tiklanish. Toshkent: O’qituvchi, 1996. 238-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |