|
|
July 14
Buxoro Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti 1-1KIDT.21 talabasi
Talaba: Ibrohimov salmonjon
Tekshiruvchi:
|
Milliy tiklanishdan Milliy yuksalish sari
Milliy tiklanishdan Milliy yuksalish sari
Reja;
1.Kirish
1.1 Mustaqil ish maqsadi
1.2 Kirish
2.Asosiy qisim
2.1 O‘ZBEKISTON “MILLIY TIKLANISH” DEMOKRATIK PARTIYASI
2.2 DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVINI YANADA DEMOKRATLASHTIRISH, MA’NAVIY BARKAMOL FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING
2.3 IJTIMOIY SOHANI YANADA RIVOJLANTIRISH,
MAMLAKATDA TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI TUBDAN ISLOH ETISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
2.4 MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHADAGI
USTUVOR YO‘NALISHLAR
3.Xulosa
3.1 Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi va muhimligi: Bugungi globallashuv davrida yurtimizni rivojlangan davlatlar
sirasiga kiritish , ajdodlarga mos avlod bo’lib yetishish.
Mustaqil ishning maqsadi: Hozirgi kundagi milliylikni saqlashga va kelajak avlodni milliy go’ya milliy ma’naviyat ruxida tarbiyalash.
Mustaqil ishning vazifalari:
A)Milliy tiklanish demokratik partiyasi haqida o’quvchilarga tushuncha berish.
b)Milliy tiklanish va milliy yuksalishda davlat hizmatlarining o’rni haqida va ular amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berish.
c)Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivolantirishda milliy g’oyaning o’rni.
d)Ma’naviy-Marifiy sohadagi ustuvor yo’nalishlar haqida malumot berish.
O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylov shtablari partiya nomzodi dasturini tashviqot qilish bo’yicha faol ish olib bormoqda.
Saylov shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan, bugungi kunda Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov viloyatlarda, nomzodning ishonchli vakillari tuman va shaharlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda. Uchrashuvlarda Dasturda belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati saylovchilarga hamda keng jamoatchilikka bevosita yetkazilmoqda.
Bunday samarali sa’y-harakatlar natijasida elektorat va saylovchilarning vakillari o’rtasida nomzodning Saylovoldi dasturiga qiziqish kuchayib borayotir. Bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan besh tamoyil asosida islohotlar bardavomligini ta’minlash, boshlangan ulug’vor ishlarga jo’shqin sur’at baxsh etish uchun mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizga erishishda to’plangan tajribalar, ulkan tarixiy, madaniy, boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlash hamda ma’naviy yuksalishga erishish zarur, deb hisoblaydigan tarafdorlarimiz safi kengayib borayotgani fikrimizning yaqqol tasdig’idir.
Joylarda bo’lib o’tayotgan uchrashuvlarda saylovchilar Saylovoldi dasturida milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur va qadr-qimmat tuyg’usini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish bo’yicha Davlat dasturlari qabul qilish hamda Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi masalalar belgilanganligini alohida e’tirof etmoqdalar.
Dasturda ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga yo’naltirilmagan xarajatlarni qisqartirish, yangi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, istiqbolli ishlab chiqarish bilan shug’ullanayotgan korxonalarga soliq va majburiy to’lovlarda imtiyozlar berish yo’li bilan mahalliy sanoat samaradorligini yanada oshirish muhim masala sifatida belgilangan. Partiya Markaziy Kengashi shtabiga kelayotgan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqdaki, aynan shu masala ham saylovchilarda muayyan qiziqish uyg’otmoqda.
Shuningdek, Dasturda aks ettirilgan milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlardan muhofaza etish, qulay va jozibador sarmoya muhitini shakllantirishning huquqiy asoslarini kuchaytirish, davlat kompaniyalari va davlat ulushi ustunlik qiladigan korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyati shaffofligini ta’minlash orqali ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ichki xususiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga yo’naltirishni yanada kengaytirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash vazifalari mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz, deb ta’kidlashdi uchrashuvlarda so’zga chiqqanlar.
Prezidentlikka nomzod Saylovoldi dasturidagi bu kabi vazifalarning hayotiyligi va bugungi kun uchun o’ta dolzarbligi saylovoldi tashviqotini samarali olib borishga xizmat qilmoqda.
Dasturda ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy va axborot hamda tashqi siyosat sohalaridagi qator masalalarni hal qilish bo’yicha aniq mexanizm va vositalar ilgari surildi. Buni shu kunlarda saylovoldi tashviqoti doirasida keng jamoatchilik bilan uchrashuvlarda saylovchilar ham e’tirof etishmoqda.
Ma’lumki, saylovda muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biri — ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish. Yurtimizda so’z erkinligi, fikrlar xilmaxilligi, odamlar o’z qarashlarini ochiq-oshkora ifoda etishini amalda ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimizda 1472 ta ommaviy axborot vositasi erkin faoliyat yuritayotgani hamda izchil rivojlanib borayotgani buning yaqqol tasdig’idir.
Shundan kelib chiqib, O’zMTDP saylov shtabi ommaviy axborot vositalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning saylovoldi tashviqotini maxsus media-reja asosida samarali olib bormoqda. Xususan, nomzodning Saylovoldi dasturi, nomzod haqida film hamda roliklar tayyorlash, televideniye, radio, markaziy va hududiy bosma ommaviy axborot vositalari hamda internet jahon axborot tarmog’ida nomzodning saylovoldi tashviqotini olib borish bo’yicha guruhlar shakllantirildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu kabi ishchi guruhlar boshlang’ich partiya tashkilotlari, viloyat, tuman va shahar partiya kengashlarida tuzilgan saylov shtablarida ham o’z faoliyatini izchil olib bormoqda.
O’zMTDP Markaziy Kengashi va hududlardagi saylov shtablari saylovoldi tashviqotini amalga oshirish uchun berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, nomzod Dasturining asosiy yo’nalishlari va g’oyalarini tashviq qilish uchun astoydil harakat qilmoqdalar.
Nomzodga ovoz berishga undovchi videoroliklarda Dasturda belgilangan yurtimizda tug’ilib, chet ellarda vafot etgan buyuk alloma va mutafakkirlarimizning mangu qo’nim topgan maskanlarini obodonlashtirish, bugungi kungacha YUNESKO Butunjahon madaniy merosi ro’yxatiga kirmagan arxitektura yodgorliklarini mazkur ro’yxatga kiritish, moddiy-madaniy merosni qayta tiklash va kapital ta’mirlash jamg’armasini tashkil etish, xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan, xalqimiz tarixiga oid moddiy boyliklarni O’zbekistonga qaytarish, o’zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, o’zbek ziyolilari va qahramonlari hayoti, faoliyatiga bag’ishlangan asarlar va kinofilmlarni yaratishda tashabbus ko’rsatish, yoshlarni axborot xurujidan himoya qilish maqsadida kreativ axborot muhitini yaratish hamda O’zbekistonning ko’p asrlik tarixiy yodgorliklarini jahonda targ’ib qilish orqali turizmni keskin rivojlantirish vazifalari to’liq aks ettirildi. Xususan, dasturda turistik faoliyat manzillarida, xalqaro aeroportlarda, vokzallarda ko’rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yaxshilash, xorijiy va mahalliy turistlar uchun rasmiyatchilikni kamaytirish, xorijiy sayyohlarni ro’yxatdan o’tkazish, ular uchun avtomobil tashuv xizmatlari bilan bog’liq jarayonlarni soddalashtirish, alohida qo’riqlanadigan noyob tabiiy hududlarni kelib ko’rish tartibini ko’zda tutadigan turizmning faol turlarini, jumladan, ekoturizmni rivojlantirish masalalari muhim vazifa sifatida belgilangan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki yurtimizda to’liq ishga solinmagan turizm xizmatlarini rivojlantirish va respublikamizni jahon turistik markazlaridan biriga aylantirish qo’shimcha daromad manbai bo’lishi bilan birga, yangi ish o’rinlarini yaratishga ham xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlarda xalqimizning tarixiy-madaniy merosi va madaniy yodgorliklari umumjahon ahamiyatiga molik ekanligini e’tirof etib, shaharlarimizning milliy qiyofasini saqlab qolishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, qayta ta’mirlashga ko’maklashish Dasturdagi asosiy vazifalar ekanligiga urg’u bermoqdalar. Binobarin, Saylovoldi dasturida aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish — ijtimoiy sohadagi ustuvor strategik maqsad sifatida belgilanganligi ta’kidlanmoqda.
Saylovoldi uchrashuvlarida alohida e’tibor qaratilganidek, ertamiz egalarining barkamol avlod bo’lib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida Dasturda olis va yetib borish qiyin bo’lgan joylardagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o’quvchilari uchun imtiyozli transport qatnovini ta’minlash vazifasi ilgari surilgani ahamiyatga molik.
Mamlakatimiz azal-azaldan o’zining qo’ligul hunarmandlari bilan dovruq qozongan. Bugungi kunda respublikamizning barcha hududida milliy qadriyatlarimizni namoyon etuvchi hunarmandchilikning bir qator turlari rivojlangan. Bu kabi milliy hunarmandchilik “Ustoz — shogird” an’analari asosida shakllanib, avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz davomchilari bo’lgan hunarmandlarni qo’llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Shundan kelib chiqqan holda, Sarvar Otamuratov Dasturida o’zbek xalqining yuksak madaniyati va iste’dodini namoyish etadigan hamda estetik qimmatga ega bo’lgan milliy hunarmandchilik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish, milliy badiiy maktablarning an’analarini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Dasturda xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan moddiy boyliklarni O’zbekistonga qaytarish, oila, meros, uy-joy da’vosi va maishiy turmush manbaida tug’iladigan nizolarni sudgacha hal etish tizimini rivojlantirish, turistik faoliyat manzillari, xalqaro aeroportlar hamda vokzallarda ko’rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan Davlat dasturini qabul qilish, milliy axborot xavfsizligini ta’minlash kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.
Ma’lumki, shu yilning 4-dekabr kuni bo’lib o’tadigan Prezident saylovida ishtirok etadigan yurtdoshlarimizning katta qismi yoshlar, shu jumladan, 555 ming nafardan ortiq yigit-qizlarimiz birinchi marta ovoz berishadi. Nomzodning Dasturida ilgari surilgan g’oya va maqsadlarga ularning e’tiborini jalb qilishda internet imkoniyatlaridan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda “Uz” domenida 30 mingga yaqin veb-saytlar bo’lib, ularning 360 dan ortig’i internet ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Qolaversa, 13 million nafardan ortiq kishi internetning faol foydalanuvchilari hisoblanadi.
Shu sababli nomzodning saylovoldi tashviqotini olib borishda internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanilmoqda. Ta’bir joiz bo’lsa, bu partiyaning saylov kampaniyasini olib borish borasidagi tajribasida yangiliklardan biri bo’lib, katta qiziqish va munosabatlarga sabab bo’layapti.
Bugungi kunda bir qator internet nashrlari, avvalambor, partiyaning mt.uz, partiya matbuot nashrining milliytiklanish.uz hamda eng ko’p foydalanuvchilar auditoriyasiga ega bo’lgan bir qator ommabop yangiliklar saytlarida nomzodning Saylovoldi dasturi sodda va xalqchil, audio, video, foto lavhalar va infografikalar vositasida tashviqot qilinmoqda.
Bundan tashqari, partiya saylov shtabida Sarvar Otamuratov Dasturini aholi keng qatlamiga yetkazish, ular orasida tashviqot qilishda bugungi kunda internet va mobil ilovalarda eng ko’p qo’llanilayotgan ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan ham samarali foydalanilayotir. Jumladan, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Davra.uz” hamda “Telegram” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning maxsus sahifalari ochildi.
Partiya saylov shtabida saylovoldi tashviqotini ko’rgazmali materiallar yordamida olib borishga ham alohida e’tibor qaratildi. Ko’rgazmali tashviqot materiallarida Dasturdagi yo’nalishlarni o’zida aks ettirgan shiorlar bilan saylovchilarga murojaat etildi. “Milliy tiklanish, avvalambor, milliy o’zlikni anglash demakdir!”, “Milliy manfaatlar va milliy qadriyatlarimiz himoyasi — bosh vazifamiz!”, “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q!”, “Barkamol avlod — millat tayanchi!”, “Biz ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yanada rivojlantirish tarafdorimiz!”, “Xalqning ma’naviy-ruhiy tiklanishi — iqtisodiy islohotlarning negizidir!”, “Farzandlari sog’lom va barkamol yurt — qudratli bo’lur!”, “Milliy manfaatlar har narsadan ustun!” kabi shiorlar shular jumlasidandir.
. O‘ZBEKISTON “MILLIY TIKLANISH” DEMOKRATIK PARTIYASI
Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi (OʻzMTDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995 yilning 3 iyunida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida tashkil topgan. OʻzMTDP teran milliy ruh va dunyoqarashga ega boʻlgan, ruhan va qalban vatanparvarlik gʻoyalarini, siyosiy jihatdan oʻz taqdirini oʻzi belgilashga, oʻz-oʻzini boshqarishga intilayotgan, oʻzligini anglash, milliy birlik va milliy tiklanishni muhim hayotiy maqsadlari deb ifoda etayotgan fuqarolarning qarashlari va manfaatlarini birlashtiradi. OʻzMTDP ziyolilar, milliy taraqqiyot yoʻlidan borayotgan mulkdor va tadbirkorlar, ijodiy faoliyat bilan mashgʻul intellektual mehnat sohasi vakillari, istiqlol gʻoyasiga sadoqatli yoshlar, oʻz manfaatlarini umummilliy manfaatlar bilan uygʻunlikda koʻrayotgan fuqarolar hamda partiyaning dasturiy maqsadiga xayrixoh boshqa ijtimoiy tabaqalarga suyanadi va ularning manfaatlarini himoya qiladi. Partiyaning oliy organi Qurultoy boʻlib, partiya Markaziy kengashi tomonidan kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi. Qurultoylar oraligʻida partiyaning doimiy ishlaydigan rahbar organi — Markaziy kengash (hayʼat)dir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar partiya kengashlari partiyaning mintaqaviy tashkilotlari hisoblanadi. Shahar va tumanlarda Oʻz MTDPning shahar va tuman kengashlari faoliyat yuritadi. Partiya oʻz atrofiga 50 mingdan ortiq aʼzoni birlashtirgan (2005). OʻzMTDP 1999 yil 8 dek.da ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga boʻlib oʻtgan saylovlarda ishtirok etdi va parlamentda 12 deputatdan iborat oʻz fraksiyasini tuzdi. Fraksiya aʼzolari parlament qoʻmitalari va komissiyalari tarkibida qonunchilik faoliyatini olib bordi, Oliy Majlisning barcha ish yoʻnalishlarida, nazorattahlil jarayonida, mafkuraviyommaviy tadbirlarda ishtirok etdi. 2004 yil 26 dek.da ikki palatali parlamentga oʻtkazilgan saylovlarda 11 nafar partiya aʼzosi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasiga partiya Markaziy kengashi raisi rahbarlik qiladi. OʻzMTDPning nashri "Milliy tiklanish" gazetasidir.[1]
DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVINI YANADA DEMOKRATLASHTIRISH, MA’NAVIY BARKAMOL FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING
Biz O‘zbekistonni boy ma’naviy-ma’rifiy merosga ega, iqtisodiy rivojlangan, barqaror fuqarolik jamiyatiga tayangan, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlangan, siyosiy nufuzli mamlakat sifatida ko‘ramiz.
Partiya bu maqsadlarga erishishda asosiy manba bo‘lgan xalqimizning ma’naviy va moddiy kamolotini hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Davlat boshqaruvi sama ra dorligini oshirish, ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, dav lat organlari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish, davlat boshqaruviga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillash tirish tarafdori.
Hokimiyat bo‘g‘inlarining faoliyati “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida jamiyat bilan doimiy va tizimli muloqotni, davlatning fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yo‘lga qo‘yish, davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga asoslanadi.
Partiya “parlamentni – “xalq uyi”ga, deputatlarni – xalqimizning fidoyi xizmatchisiga aylantirish”ni amalda ta’minlashni asosiy vazifa, deb biladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlarining, eng avvalo, o‘z saylovchilari bilan doimiy va uzluksiz aloqasini yo‘lga qo‘yish orqali xalqimizning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish, ularga yechim topish choralarini ko‘radi.
1.1. Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning, shuningdek, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini kuchaytirish sohasida:
Oliy Majlis palatalari, ijro hokimiyati organlari va sud hokimiyati o‘rtasidagi aloqalarni yanada samarali yo‘lga qo‘yish;
Oliy Majlis palatalarining xalqaro hamkorligini, xususan, xorijiy davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan doimiy aloqalarini rivojlantirish;
“Xalq diplomatiyasi konsepsiyasi” va “Parlament diplomatiyasi konsepsiyasi”ni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Oliy Majlisning hukumat faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga oid vakolatlarini bosqichmabosqich kengaytirish, xususan, “elektron parlament”, “elektron parlament nazorati”, “parlament nazorati portali”ni joriy etish; jamiyat va davlat qurilishi jarayonida siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirokini ta’minlash; saylovlarni majoritar va proporsional saylov tizimlarini uyg‘unlashtirgan holda o‘tkazish, ya’ni vakillik organlariga deputatlarning yarmini bir mandatli saylov okruglari, qolgan yarmini partiyalar ro‘yxati asosida shakllantirishni taklif etish; davlat darajasidagi, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqishga fuqarolarni keng jalb etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
davlat va hududiy dasturlar loyihalarini barcha
darajadagi deputatlarga, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun majburiy
taqdim etish va ularning takliflarini olish tizimini joriy etish;
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan ishlab chiqilgan normativhuquqiy hujjatlar loyihalarini tegishliligiga qarab siyosiy partiyalarga ekspertiza uchun yuborish amaliyotini joriy etish; qabul qilingan qonunlarning samaradorligi, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy oqibatlarining sotsiologik jihatdan o‘rganilishini yo‘lga qo‘yish; davlat va jamiyat boshqaruviga oid xalqaro rey
tinglarda ishtirok etishni kengaytirish, xususan, davlat siyosatiga ishonch reytinglarida keng ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |