Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Foydalanish sabablariga ko‘ra sodir bo‘lgan buzilishlar sinish va avariyaga bo‘linadi



Download 15,2 Mb.
bet129/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Foydalanish sabablariga ko‘ra sodir bo‘lgan buzilishlar sinish va avariyaga bo‘linadi.

Sinish - bu namunaning shunday buzilishki, uni bartaraf etish uchun qurol-aslaha va texnikani ta’mirlash yoki O‘RMV ning tegishli bosh boshqarmalari boshliqlari belgilagan nomenklatura (ro‘yxat) va miqdordagi qismlarini, alohida butlash birliklarini almashtirish talab etiladi.

Avariya – bu shunday buzilishki, uni bartaraf etish uchun namunani ta’mirlash yoki sinish uchun belgilangandan ko‘ra ko‘proq butlash birliklarini almashtirish talab etiladi, yoki namuna tiklab bo‘lmas holatga keladi.

Insonlar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan buzilishlar halokatlar qatoriga kiradi.

Qurol-aslaha va texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ishlatish, evakuatsiya yoki ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan odamlarni, xayvonlarni, transport vositalarini, imoratlar va binolarni urib ketish, jumladan odamlarning, xayvonlarning o‘limi yoki og‘ir shikastlanishi (yaralanishi) yoki mol-mulkka zarar etkazilishiga olib kelgan, lekin namunalarni buzilishiga olib kelmagan baxtsiz voqealar sinish va avariyalarga kirmaydi.

Ular voqealar sifatida tasniflanadi, tekshiriladi va rasmiylashtiriladi.


9.2. SHaxsiy tarkibning texnik va maxsus tayyorgarligi.

Bo‘linmalar va qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovarlik qobiliyati shaxsiy tarkibning tayyorgarlik darajasiga, zamonaviy umumqo‘shin jangi va qo‘shinlarning maxsus harakatlarini o‘tkazish sharoitida qurol-aslaha va harbiy texnikadan to‘g‘ri foydalanish, qurol-aslaha va harbiy texnikaning tuzilishida ko‘zda tutilgan jangovar imkoniyatlaridan maksimal foydalanishiga jiddiy bog‘liqdir.

Mashinalarni tiklash bo‘yicha vazifalarni muvaffaqiyatli echimi esa – texnik ta’minot bo‘linmalari va qismlari shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir.

Hozirgi sharoitda shaxsiy tarkibni texnik va maxsus tayyorgarligini roli va ahamiyatini ortib borishiga sabab, bo‘linmalar va qo‘shinlarning yaratilish jarayonida ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning oxirgi yutuqlaridan foydalanilgan, samaradorligi yuqori va murakkab mashinalar bilan qurollanganligidir.

Qurol-aslaha va texnika jangning muvaffaqiyatini o‘zicha ta’minlay olmaydi. Ularni ishonib topshirilgan harbiy xizmatchilarning a’lo darajada bilishlari va jangovar vaziyatda mohirona ishlatishlari kerak.

Har bir namunaning tuzilishida ko‘zda tutilgan barcha jangovar va boshqa imkoniyatlaridan maksimal foydalana olishlari kerak.

Hozirgi qurol-aslaha va harbiy texnika texnik xizmat ko‘rsatishda yuqori intizom va aniqlikni talab etadi, bu esa ishlash asoslari va turli sharoitdagi vaziyatlarda ulardan foydalanishning alohida xususiyatlarini mukammal bilishni nazarda tutadi. Foydalanish va ta’mirlash texnologiyasi intizomini ozgina buzilishi ko‘p mashinalarni foydalanish sabablariga ko‘ra safdan chiqishiga, to‘xtalishlarga, ba’zida esa berilgan jangovar vazifani bajarishni barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Shaxsiy tarkibning texnik va maxsus tayyorgarligi uni qurol-aslaha va harbiy texnikadan foydalanish va tiklashga tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi; jangovar harakatlarga (marshga) tayyorlanish bo‘linma va qismlarning ikkinchi eshelonda (umumqo‘shin zahirasida) turgan vaqtida, front orti hududlarida tuzilmalar tuzish va qayta tuzish vaqtida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalari shaxsiy tarkibining texnik tayyorgarligi:

Shaxsiy tarkibning qurol-aslaha va harbiy texnika tuzilishi, ishlashi, foydalanish qoidalari bo‘yicha bilimlarini takomillashtirishni (o‘rganish), hamda namunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish jarayonida paydo bo‘lgan nosozliklarni joriy ta’mirlov vaqtida bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishni (takomillashtirishni) ko‘zda tutadi.

Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalari va qismlarini shaxsiy tarkiblarini shtatdagi qurol-aslaha va harbiy texnikani ishlata bilishga o‘rgatishni, jangovar va maxsus vositalarni doimiy foydalanishga shay holatda saqlash, texnika talablariga muvofiq foydalanish va jangda qurol-aslaha va texnikani mohirona ishlata bilish bo‘yicha puxta ko‘nikma va bilimlarini hosil qilishni o‘z ichiga oladi.

Qurol-aslaha va harbiy texnikaning tuzilishi, ishlashi va ulardan foydalanish qoidalarini o‘rganish, ekipajning (raschet, haydovchilarning) kuchi bilan texnik xizmat ko‘rsatish va nosozliklarni bartaraf etish texnologiyasini amaliy o‘zlashtirishni qamrab oladi.

Qurol-aslaha va harbiy texnikani ko‘zda tutilayotgan jangovar harakatlar (marsh) sharoitida qo‘llashning alohida xususiyatlari; texnik xizmat ko‘rsatish, resurslar zahirasini yaratish (tiklash), jangda (marshda) qurol-aslaha va harbiy texnikani ishonchli ishlash darajasini oshirishni ta’minlovchi qo‘shimcha ishlarni bajarishning hajmi va tartibi; bo‘linmalarning harakat yo‘nalishida (hududida, polosasida) bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv to‘siqlari, o‘tish qiyin bo‘lgan er uchastkalari, muhandislik to‘siqlari, zaharlangan, suv bosgan, vayrona va yonib ketgan hududlardan o‘tish uchun mashinalarni tayyorlash va ulardan o‘tish qoidalari o‘rganiladi.

Texnik tayyorgarlik bo‘yicha asosiy tadbirlarning, mashg‘ulotlarning mavzusi, hajmi va o‘tkazish vaqtini odatda qism komandiri belgilaydi. Mashg‘ulotlar shtab boshlig‘i, komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari, hamda qismning qo‘shin turlari va xizmat boshliqlari tomonidan rejalashtiriladi.

Texnik ta’minot bo‘linmalari shaxsiy tarkibining maxsus tayyorgarligi:

Qurol-aslaha va harbiy texnikaning tuzilishini; texnik holatini aniqlash bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalari va usullarini; qurol-aslaha va harbiy texnikani ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasini, evakuatsiya qilishni o‘rganishni; evakuatsiya va ta’mirlash ishlari, hamda qurol-aslaha va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va foydalanishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni bajarish ko‘nikmalarini takomillashtirishni ko‘zda tutadi.

Texnik ta’minot bo‘linmalari va qismlarining shaxsiy tarkibiga mashinalarni tiklash usul va uslublari va qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalarini o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.

Qurol-aslaha va harbiy texnikani, ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi, evakuatsiya qiluvchi va ta’mirlovchi, harakatlanuvchi vositalarning tuzilishini o‘rganishni; jangovar harakatlar olib borish jarayonida texnik razvedka olib borish, ZTQTni evakuatsiya qilish va ta’mirlash usul, uslublari va texnologiyasini o‘zlashtirishni, hamda harakatlanuvchi xizmat ko‘rsatish, evakuatsiya qilish va ta’mirlash vositalari yordamida qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va jangovar qo‘llashga tayyorlash bo‘yicha ishlarni amaliy bajarishni qamrab oladi.

Texnik razvedka o‘tkazish, evakuatsiya qilish, ta’mirlash va texnik mol-mulk bilan ta’minlashning alohida xususiyatlari; harakatlanuvchi xizmat ko‘rsatish, razvedka qilish, evakuatsiya qilish va ta’mirlash vositalaridan foydalanish qoidalari, shikastlangan mashinalarni yig‘ish punktini (SHMYP) tashkil etish tartibi; texnik razvedka, safar kolonnalarining oxirida boruvchi, ta’mirlash-evakuatsiya va qutqaruv-evakuatsiya guruhlari tarkibiga kiruvchi ta’mirlovchi-jangchilarning vazifalari va harakati tartibi; himoyalash, qo‘riqlash va mudofaa qilish bo‘yicha savollar; ta’mirlash-tiklash organlarining harakatlarini boshqarishni tashkil etish tartibi o‘rganiladi.

Maxsus tayyorgarlik bo‘yicha tadbirlar, mashg‘ulotlar mavzusi, hajmi va o‘tkazish vaqtini komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari, qismning qo‘shin turlari va xizmat boshliqlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi texnik ta’minot bo‘linmalari uchun, hamda bo‘linma komandirlarining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan rejalashtiriladi.

Texnik va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarning mavzusi va turi, hajmi va o‘tkazish vaqti qurol-aslaha va harbiy texnikani qo‘llash ko‘zda tutilayotgan jangovar harakatlarning (marsh) aniq sharoitlaridan, shaxsiy tarkibning tayyorgarlik darajasidan, texnik ta’minot bo‘linmalarining jangga (marshga) tayyorgarlik va uni olib borish vaqtida bajaradigan vazifalaridan va vaqtning mavjudligidan kelib chiqqan holda belgilanadi, hamda har bir toifa harbiy xizmatchilar uchun ularning shtat bo‘yicha ixtisosligi, amaliy va jangovar tajribasiga qarab belgilanadi.

Shaxsiy tarkibni jangovar vazifalarni bajarishga (marshga) tayyorlash sharoit va vaqtning mavjudligiga qarab turli usullar bilan o‘tkazilishi mumkin: amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar, yo‘riqnomalar, mutaxassisliklar bo‘yicha yig‘inlar, o‘zaro tajriba almashish va boshqalar. Ekipajlar (raschet, haydovchilar), mutaxasis-ta’mirlovchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va ko‘nikmalarini takomillashtirishda yuqori natijalarga amaliy mashg‘ulotlar davomida erishiladi.

Vaqt kam bo‘lgan vaqtlarda bo‘linmalar va qismlarning shaxsiy tarkibini jangga (marshga) tayyorlashning asosiy usuli bu jangovar topshiriqlar qo‘yilganidan so‘ng yoki qurol-aslaha va harbiy texnikani jangovar harakatlarga (marshga) tayyorlash bo‘yicha ishlarni bajarishdan oldin o‘tkaziladigan yo‘riqnomalardir.

Yo‘riqnomalar quyidagi asosiy savollarni o‘z ichiga olishi mumkin:

jang (marsh) davomida qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatishning vaqti, hajmi va tartibi;

joy, yil va sutkaning aniq sharoitlarida ulardan foydalanishning alohida xususiyatlari, ekipajlarning (raschet, haydovchilar) mashinalar safdan chiqqanda va ularga ta’mirlash-tiklash organlari shaxsiy tarkibi texnik yordam ko‘rsatayotganidagi harakatlar tartibi;

texnik ta’minot bo‘linmalarining (qismlari) va avtozirhlitank mol-mulki, raketa-artilleriya qurol-aslaha omborlarining vazifalari, yoyish joyi va vaqti, harakat yo‘nalishlari;

suvli to‘siqlardan va joyning o‘tish qiyin uchastkalaridan o‘tish tartibi va qo‘yilgan jangovar vazifalarni (marshni) bajarish sharoitlaridan kelib chiqadigan boshqa savollar.

Bo‘linmalar va qismlarni to‘ldirish uchun kelgan va jangovar harakatlar sharoitida qurol-aslaha va harbiy texnikadan foydalanishda kam tajribaga ega bo‘lgan mexanik-haydovchilarning (haydovchilar) texnik tayyorgarligi, bilim va ko‘nikmalarini sinashga alohida e’tibor qaratilishi kerak.

Bo‘linma komandirlarining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari mexanik-haydovchilarni (haydovchilar) ekipajlar o‘rtasida teng taqsimlanishini nazarda tutishlari kerak.

Bo‘linmalarni to‘ldirish uchun kelgan shaxsiy tarkib jangovar urf-odatlar hosil bo‘lib ulgurgan jamoalarga qo‘shilishi uchun har bir jangovar mashina ekipajining bitta-ikkita a’zosi mashinalarni turli jangovar harakatlar davrida ishlatish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Jangovar harakatlarda qatnashgan ekipaj a’zolari va to‘ldirish uchun kelgan shaxsiy tarkibning o‘zaro tajriba almashishi yuqori samarali o‘qitish usuli bo‘lib, u qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish, mashinalarni jangga yaroqli holatga keltirish, ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish va h.k.da ekipajlarni uyushtirish uchun kerak bo‘lgan vaqtni sezilarli miqdorda qisqartirish imkonini beradi.

Mashinalarni haydash ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun, iloji bo‘lsa bevosta bo‘linmalarning o‘zida haydash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish kerak.

Ushbu mashg‘ulotlarda ekipajlarni (raschet, haydovchilarni) joyning o‘tish qiyin uchastkalari, tankka qarshi va boshqa sun’iy to‘siqlar, zaharlangan, yong‘in bo‘layotgan, vayrona va suv bosgan hududlar, tor yo‘laklardan o‘tishga, tunda va boshqa ko‘rish cheklangan sharoitlarda tunggi asboblardan foydalangan holda harakatlanish, hamda jangovar mashinalarni trallar va boshqa osma jihozlari bilan haydashga o‘rgatish zarur.

Mashg‘ulotlarni jang olib borish ko‘zda tutilayotgan joyga o‘xshash va bo‘linmani (qismni) bo‘lajak jangovar harakatlari yo‘nalishida (hududi, polosasida) uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlari bor joyda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

9.3. Hujumga tayyorgarlik vaqtida texnik ta’minot


Mudofaalanayotgan dushman ustiga harakatlanish mobaynida hujum qilishda, texnik ta’minot masalalarini hal qilish uchun qulay sharoitlar vujudga keladi, chunki hujumga tayyorgarlik dastlabki rayonda amalga oshiriladi. Bo‘linma komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari jang davomidagi va unga tayyorgarlik davridagi texnik ta’minot bo‘yicha barcha tadbirlarni puxtalik bilan ishlab chiqish va bajarish imkoniga ega bo‘ladi.

Agar bo‘linma dushman bilan bevosita to‘qnash kelgan sharoitdan hujumga o‘tishga tayyorlanayotgan bo‘lsa texnik ta’minot masalalarini hal qilish uchun uncha qulay bo‘lmagan sharoitlar vujudga keladi. SHaxsiy tarkibni, qurol-aslaha va harbiy texnikani, texnik ta’minot kuch va vositalarini tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni tankchi (motoo‘qchi) batalon egallab turgan rayonlarda (pozitsiyalarda), mudofaa janglari o‘rtasidagi tanaffuslar davomida yoki ko‘rish cheklangan boshqa sharoitlarda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Jangovar tayyorgarlik amaliyoti, mahalliy urushlarda jangovar harakatlar olib borish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tankchi (motoo‘qchi) batalonlarning hujumdagi muvaffaqiyati hujumga tayyorgarlik davrida texnik ta’minot tadbirlarini o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishiga bog‘liq. Bo‘linmalar komandirlari va ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari (texniklari) hujum boshlangunigacha vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning qulay sharoitlaridan shaxsiy tarkibni, qurol-aslaha va harbiy texnikani, texnik ta’minot kuch va vositalarini tayyorlash uchun o‘ta yuqori samaradorlik bilan foydalanishlari kerak.

Tayyorgarlik davrida ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish haqida farmoyishni batalon komandiri va xizmat bo‘yicha katta boshliq beradi.




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish