9 mm li Makarov pistoletining (PM) vazifasi va jangovar xususiyatlari



Download 1,41 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#220296
Bog'liq
9 mm li Makarov pistoleti


9 mm li Makarov pistoletining (PM) vazifasi va jangovar xususiyatlari
9 mm li Makarov pistoleti (PM) shaxsiy qurol hisoblanib, hujum va mudofaa mobaynida dushmanni qisqa masofalardan yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan (123-rasm).

Pistoletdan 50 metr masofagacha o‘t ochish samarali hisoblanadi. O‘qning zarar yetkazish kuchi – 350 metrgacha saqlanib qoladi.



123-rasm. 9 mm li Makarov pistoletining umumiy ko‘rinishi.

124-rasm. 9 mm li Makarov pistoletining asosiy qism va mexanizmlari:

1 – ramka stvol va tepki changagi bilan; 2 – zatvor, zarbdor-uloqtirgich va saqlagich bilan; 3 – qaytaruvchi prujina; 4 – zarbdor-tepki mexanizm klemlari; 5 – dasta vinti bilan; 6 – zatvor tutkichi; 7 – o‘qdon.


Pistoletdan yakka tarzda o‘t ochiladi.

Pistoletning jangovar o‘t ochish tezligi bir daqiqada – 30 dona o‘q.

Pistoletning to‘ldirilgan o‘qdon bilan birgalikdagi og‘irligi – 810 gm.

Pistoletdan o‘t ochish uchun 9 mm li patronlar qo‘llaniladi. O‘qning dastlabki uchish tezligi 315 m/s.

O‘t ochish mobaynida patronlar sig‘imi 8 dona patronga teng bo‘lgan o‘qdondan uzatiladi.

PM pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish

1. Dasta asosidan o‘qdonni chiqarish.

2. Zatvorni ramkadan ajratish.

3. Stvoldan qaytaruvchi prujinani yechish.



125-rasm. Dasta asosidan o‘qdonni chiqarish. 126-rasm. Tepki halqasini tortish.

127-rasm. Zatvorni ramkadan ajratish.
Qismlarga ajragan pistoletni yig‘ish tartibi:

1. Stvolga qaytaruvchi prujinani kiydirish.

2. Zatvorni ramkaga biriktirish.

3. O‘qdonni dasta asosining ichiga o‘rnatish.



128-rasm. Qaytaruvchi prujinaning erkin uchini zatvor kanaliga kiritish.

129-rasm. Zatvorni ramkaga biriktirish.

130-rasm. O‘qdonni dasta asosining ichiga o‘rnatish.
PM pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish uchun 12 – normativ o‘rnatilgan va unga ko‘ra:

“a’lo” – 7 soniya;

“yaxshi” – 8 soniya;

“qoniqarli” – 10 soniya.


Qisman qismlarga ajragan pistoletini yig‘ish uchun o‘rnatilgan 13 – normativga ko‘ra:

“a’lo” – 9 soniya;

“yaxshi” – 10 soniya;

“qoniqarli” – 12 soniya.


Qurol va o‘q-dorilar bilan ishlashda xavfsizlik choralari
Vaziyatning har qanday sharoitlarida qurol bilan ishlashda xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur!

Pistolet bilan ishlaganda quyidagilar taqiqlanadi:

qurolni uning o‘qlangan yoki o‘qlanmaganidan, qat’i nazar odamlarga, har tomonga va otish maydonining ort tomoniga yo‘naltirish;

komandir komanda berdunga qadar qurolni o‘qlash;

o‘qlangan qurolni qarovsiz qoldirish yoki uni o‘zga shaxslarga berish;

shaxsiy tarkibga qarata paxtavon patronlar bilan 100 metrdan yaqin masofalarda o‘t ochish;

xavfli yo‘nalishlar chegaralari tashqarisiga qarata yoki qizil bayroq ko‘tarilgan pana (blindaj)ga qarata o‘q uzish;

o‘t ochish marrasiga yetgunga qadar o‘t ochish;

“Jang tamom” signali berilgandan keyin, “O‘t ochish to‘xtatilsin!” komandasidan so‘ng va pana (blindaj)da, qo‘mondonlik punktida oq bayroq (fonus) ko‘tarilganida o‘t ochish;

nosoz quroldan o‘q uzish yoki nosoz o‘q-dorilarni qo‘llash.

Quyidagi hollarda o‘t ochish zudlik bilan to‘xtatiladi:

nishonlar maydonida odamlar, transport vositalari yoki hayvonlar ko‘ringanida, o‘t ochish hududi ustida past uchayotgan samolyot va vertolyotlar paydo bo‘lganida;

snaryad va granatalar xavfsiz hududlar chegaralarining tashqarisiga yoki odamlar bor blindajlar yaqiniga tushganida;

o‘t ochish maydonida yonish sodir bo‘lganida;

tungi otish vaqtida mo‘ljaldan adashganda.

O‘q-dorilar bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:

o‘q-dorilarni qumga, moyga va olovga tekizish;

belgilanmagan joylarda o‘q-dorilarni saqlash;

o‘q-dorilarni o‘zga shaxslarga berish, shuningdek, ularni otishni to‘xtatish marralarida va mashg‘ulotlar o‘tkazilgan joylarda qoldirish;

o‘q-dorilarni qismlarga ajratish, ulardan poroxni olib olovga tashlash;

o‘q-dorilarni o‘qdon qopchiqda va kiyim-kechak cho‘ntaklarida qoldirish.



O‘qdonni patronlar bilan to‘ldirish va qurolni o‘qlash
O‘t ochishga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida “O‘qla!” komandasiga ko‘ra otuvchi quyidagi amallarni bajarishi lozim:

pistoletni g‘ilofdan chiqarish, dasta ichidan o‘qdonni chiqarish, pistoletni g‘ilofga solish;

o‘qdonni patronlar bilan to‘ldirish, buning uchun o‘qdonni chap qo‘lda tutib, o‘ng qo‘l bilan patronlarni o‘qdonga ketma-ket bosib kiritish, ayni paytda bosh barmoq bilan patroni, o‘qdonning yon devoridagi bukilgan bo‘rtiqlar ostiga kapsulni ortki devorga taqalguncha kiritish lozim;

131-rasm. O‘qdonni patronlar bilan to‘ldirish.
pistoletni g‘ilofdan chiqarib, o‘qdonni dasta ichiga joylash;

patrondonga patron yuborish, buning uchun saqlagichni yechib (pastga tushirib), chap qo‘l bilan zatvorni oxirigacha ortga tortish va keskin qo‘yib yuborish;



saqlagichni qo‘yish, buning uchun uni o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i bilan qizil nuqta yopilgunga qadar ko‘tarish, shundan so‘ng pistoletni g‘ilofga joylashtirish.



134-rasm. Pana ortidan tizzada turib o‘t ochish.


133-rasm. Pana ortidan tik turgan holatda o‘t ochish.

132-rasm. Tik turgan holatda o‘t ochish.



135-rasm. Yotgan holatda o‘t ochish.
Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish