Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Xujumda tankchi batalonning texnik ta’minotini tashkillashtirish sxemasi (variant)



Download 15,2 Mb.
bet137/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Xujumda tankchi batalonning texnik ta’minotini tashkillashtirish sxemasi (variant).
Agar batalon atakaga o‘tish marrasiga (rubejiga) g‘ildirakli mashinalar o‘tishi qiyin marshrut bo‘yicha chiqadigan bo‘lsa, unda YUKT tarkibiga kiruvchi TXS shaxsiy tarkibining bir qismi zarur asboblar va ehtiyot qismlar bilan shatakda boradilar. Batalon YUKTning qolgan vositalari batalonning ichkarisi bilan birga avtotransport harakatlanishi uchun yaroqli yo‘llarda harakatlanadi.

BYUKTning atakaga o‘tish marrasiga (rubejiga) qarab harakatlanishdagi ishlash xarakteri va tartibi xuddi marshdagi xarakter va tartibning o‘zi. Ammo YUKTga vazifa qo‘yishda bo‘lajak hujumning xarakteridan kelib chiquvchi alohida xususiyatlarini hisobga olish kerak.

YUKTga harakatlanishga vazifa qo‘yishda ishlarning hajmini shunday cheklab qo‘yish kerakki, natijada batalonning ta’mirlash-tiklash vositalari atakaga o‘tish marrasiga (rubejiga) o‘z bo‘linmalari izidan etib kelsinlar. Ushbu talabni, batlonlarning kolonnalari orasidagi distansiyani va harakat vaqtidagi tezlikni hisobga olgan holda, YUKT to‘xtab qolgan mashina oldida 15-20 daqiqadan ortiq ushlanib qola olmaydi. Ko‘proq qolib ketish batalonning ta’mirlash-tiklash vositalarini o‘z bo‘linmalaridan ancha qolib ketishiga va jang davomida bo‘linmalarni texnik ta’minotini amalga oshirish bo‘yicha vazifani barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Agar bo‘linmalar oldinga harakatlanishda sezilarli talofat ko‘rsalar, unda qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklash uchun qism va qo‘shilmalarning zarur bo‘lgan kuch va vositalari ajratiladi.

Qurol-aslaha va harbiy texnikani hujum jangi davomida tiklash, vujudga kelgan aniq vaziyatni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Batalonning jangovarlik qobiliyatini ushlab turish uchun komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari iloji boricha maksimal miqdordagi qurol-aslaha va harbiy texnikani ta’mirlashni va qisqa muddatlarda safga qaytarishni va o‘z vaqtida batalonning kuchlari bilan tiklab bo‘lmaydigan mashinalarni katta boshliqning vositalariga topshirishni tashkil etadi. Ushbu maqsadda u o‘z ixtiyorida bo‘lgan ta’mirlash va evakuatsiya vositalarini o‘z vaqtida atakaga o‘tish marrasiga (rubejiga) chiqishini, eng ko‘p mashinalar safdan chiqqan rayonlarga ularni manyovr qilish yo‘li bilan yuborishni, batalonnning jangovar tarkibi ortidan ularni o‘z vaqtida joydan joyga ko‘chishini ta’minlashi kerak.

Bo‘linmalar hujumga o‘tishi bilan batalonda TEG (Ta’mirG) va TKP tashkil etiladi, ularning tarkibiga o‘sha YUKT tarkibiga kirgan vositalar kiritiladi. TEG (Ta’mirG) komandiri etib odatda TXSning komandiri tayinlanadi. Jangdan oldin TEG (Ta’mirG) eng ko‘p tanklar harakatlanuvchi asosiy zarba yo‘nalishida, batalon TKPdan ko‘rish uzoqligida joylashadi. Bunda TEGning to‘liq tarkibini bir joyga jamlash shart emas.

Tank shataklarini jang olib borayotgan bo‘linmalarga yaqinroqdagi pana joylarga joylashtirish kerak, bu shikastlangan mashinalarni dushman o‘ti ostidan evakuatsiya qilish vaqtini qisqartiradi.

TEG (Ta’mirG) tarkibiga kiruvchi avtomobillarni batalon qKP yaqinida, jangovar tartibga yaqinroq joylashgan TKP bilan ko‘rish aloqasini saqlagan holda, xavfsiz uzoqlikdagi pana joylarda joylashtirish kerak.

Jang maydonida TEG vositalarini alohida joylashishi ularni ba’zi ishlarining avtonomligi bilan belgilanadi. SHatak bevosita jangovar tartiblarda dushmanning o‘ti ta’siri ostida harakat qiladi. TEGning qolgan qismi, birinchi navbatda TXS shaxsiy tarkibi va zirhlitank mol-mulki ortilgan mashina, shikastlangan mashinaga u dushman o‘ti ostidan yaqin joydagi panaga shatak bilan evakuatsiya qilingach va uni ta’mirlashga qaror qilingach yaqinlashadilar.

Demak batalonlar TEGlarining hujum davomidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- shikastlangan mashinalarni dushman o‘ti ostidan yaqin joydagi panaga evakuatsiya qilish;

- shikastlangan (nosoz) mashinalarning ekipajlariga (raschet, haydovchilariga) texnik yordam ko‘rsatish;

- ularni safdan chiqqan joylarida yoki pana joylarda joriy ta’mirlash. Jang maydonida mashinalar tez-tez tiqilib qolishi mumkin, bu esa ularni dushman tomonidan tezroq safdan chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Tiqilib qolgan mashinalar batalon TEGi tomonidan birinchi navbatda evakuatsiya qilinadi va o‘z bo‘linmalariga yuboriladi.

Safdan chiqqan qurol-aslaha va harbiy texnikani ta’mirlash davomiy-ligini aniqlashda TEGning (Ta’mirG) bir joyda ishlash vaqti jangovar vaziyat sharoitlariga, ataka qilayotgan bo‘linmalarning harakatlanish suratiga, TEGning (Ta’mirG) o‘z bataloniga etib borishi vaqtiga bog‘liqligidan kelib chiqiladi. TEGning (Ta’mirG) vositalari batalon ikkinchi eshelonga (rezervga) olib chiqilganda ekipajlarga nosozliklarni bartaraf etishda va texnik xizmat ko‘rsatishda yordam berish uchun, chekinayotgan dushmanni ta’qib etishda esa batalon YUqTsi tarkibida ishlash uchun jalb etiladi.

Batalon TEGining (Ta’mirG) ishlash davomiyligi har bir aniq holatda vujudga kelgan jangovar vaziyatdan kelib chiqib aniqlashtiriladi. Jangning boshida joriy ta’mirlash uchun ko‘proq vaqt talab etiladigan mashinalarni ta’mirlash mumkin. Jangovar bo‘linmalar oldinga harakatlangani sari ta’mirlash uchun vaqt kamayib boradi. Agar ta’mirlashni yakunlash uchun ta’mirlanayotgan mashina yonida TEGning (Ta’mirG) vazifalarida ko‘rsatilganidan ko‘proq ushlanib qolish kerak bo‘lsa, unda ta’mirlashni tugallash uchun 1-2 ta’mirlovchi qoldiriladi, TEGning asosiy tarkibi o‘z bo‘linmalari izidan harakatlanishni davom ettiradi. TEGning (Ta’mirG) vositalari bitta mashinani ta’mirlab bo‘lgach boshqa mashinaga o‘tadilar va shu tarzda bo‘linmalarning safdan chiqqan qurol-aslaha va harbiy texnikasini tiklashni navbati bilan amalga oshiradilar. SHu maqsadda batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari TEG boshlig‘iga jang davomida harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.

Ta’mirlovchilarning ishlab chiqarish sur’atini oshirish va ta’mirdan chiqqan mashinalarning sonini ko‘paytirish uchun, TEGni ishini jamlangan ta’mirlov fondida tashkil etish maqsadga muvofiqdir, ya’ni shikastlangan mashinalar 2-3 tadan qilib guruhlarga yig‘iladi va joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ta’mirlovchi-mutaxassislar boshchiligida ekipajlar jalb etiladi. Ishlarni bunday tashkil etish mashinalarni ta’mirlash uchun vaqtni qisqartirish va batalon vositalari bilan tiklanayogan mashinalar sonini ko‘paytirish imkonini beradi.

Jangi davomida ZTMM bilan ta’minlash, hujumga tayyorgarlik vaqtida yaratilgan zahiralar hisobiga amalga oshiriladi. Etishmovchi yoki sarflab bo‘lingan ehtiyot qismlarni, uzellar va agregatlarni keltirish batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining talabnomasiga ko‘ra katta boshliqning vositalari yoki batalonlarning transporti bilan amalga oshiriladi. ZTMM bilan to‘ldirish jangovar harakatlar o‘rtasida, batalon ikkinchi eshelonga (rezervga) olib chiqilganda amalga oshiriladi. Tiklab bo‘lmaydigan mashinalarning detal va uzellaridan, ayniqsa qotirish detallari, normallar, quvurlardan foydalanish ZTMM bilan ta’minlashning muhim manbai hisoblanadi.

Batalonning texnik ta’minot kuch va vositalarini va ta’mirlanayotgan qurol-aslaha va harbiy texnikani jang davomida himoyalash, qo‘riqlash va mudofaa qilish, ta’mirlanayotgan mashinalarning soz qurol-aslahasidan foydalangan holda o‘z kuch va vositalari bilan amalga oshiriladi.




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish