Ishlatish vaqti - bu namuna bajargan ishning davomiyligi yoki hajmi.
Qurol-aslaha va texnikaning resurs zahirasi - bu belgilangan yoki ta’mirlashlararo resursdan ishlatish vaqtining ayirmasidir.
Belgilangan resurs – bu namunani ishlatish uchun belgilangan vaqt, u tugagach namunadan foydalanish uning texnik holatidan qattiy nazar to‘xtatilishi kerak.
Ta’mirlashlararo resurs yoki hisobdan chiqarishgacha bo‘lgan resurs bu namunadan foydalanishni boshlanganidan to birinchi rejali ta’mirlashgacha, keyingi o‘rta yoki kapital ta’mirlashgacha yoki hisobdan chiqarishgacha bo‘lgan eng kam ishlatish vaqti.
Do'stlaringiz bilan baham: |