Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Yo‘riqnomalar vaqtida shaxsiy tarkibga



Download 15,2 Mb.
bet131/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Yo‘riqnomalar vaqtida shaxsiy tarkibga:

- qurol-aslaha va harbiy texnikani jangovar harakatlarga tayyorlash bo‘yicha ishlarning hajmi, tartibi, muddatlari va qoidalari, texnik xizmat ko‘rsatish turlari, qo‘shimcha ishlar hajmi va ularni jang davomida o‘tkazish joylari (rayonlari);

- bo‘linmalar hujum qilayotgan polosada ularning harakat yo‘nalishidagi joyning va chiqish marshrutlarining xususiyatlari;

- hujumga o‘tishda, jangovar va jangoldi tartiblariga yoyilishda va hujum davomida mashinalarni haydashning alohida xususiyatlari;

- suvli to‘siqlar va joyning o‘tish qiyin uchastkalari, hamda zaharlangan, vayrona, yong‘inlar va suv bosgan hududlardan o‘tish qoidalari;

- qurol-aslaha va harbiy texnika ishdan chiqqanda ekipajlar, raschetlar va texnik ta’minot bo‘linmalari shaxsiy tarkibining harakat tartibi, ta’mirlash-evakuatsiya vositalarini yoyish joylari, evakuatsiya yo‘llarining yo‘nalishlari;

- texnik ta’minot radiotarmog‘idagi chastotalar, boshqaruv signallari va mansabdor shaxslarning pozivnoylari etkaziladi.

SHaxsiy tarkibning tayyorgarligi qurol-aslaha va harbiy texnikani foydalanish uchun tayyorlash bilan bir vaqtda olib boriladi. SHaxsiy tarkibni tayyorlashda faqat hujumning bir kunlik vazifalaridan kelib chiqmaslik, balki batalonni keyinchalik jangovar qo‘llanishi ehtimolini oldindan ko‘ra bilish kerak.

ZTQAT tayyorgarligi ularga hujum harakatlari davomida raqamli texnik xizmat ko‘rsatishni va boshqa hajmi katta bo‘lgan ishlarni o‘tkazmasdan, jangovar vaziyatning, joy relefining turli sharoitlarida, yilning va sutkaning turli vaqtida keskin va uzoq ekspluatatsiya qilish davomida mashinalarni ishonchli ishlashini ta’minlashi kerak.

Bu talabni bajarish uchun mashinalarning texnik holatini chuqur tekshirish va ularga to‘liq hajmda texnik xizmat ko‘rsatish, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish kerak.

Qurol-aslaha va harbiy texnikani tayyorlash ishlarining hajmi, mashinalarga kompleks texnik xizmat ko‘rsatish turi harbiy qism komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining farmoyishi bilan belgilab beriladi. Batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari ushbu ko‘rsatmalarni o‘rganadi va aniqlashtiradi (konkretizirovat), batalonning mashinalarini texnik holatidan kelib chiqib va batalon komandirining ko‘rsatmalari asosida har bir bo‘linmada qurol-aslaha va harbiy texnikani tayyorlash tartibini o‘rnatadi.

Dushman bilan bevosita to‘qnash kelgan sharoitda hujumga o‘tishga tayyorlanishda, batalondagi mashinalarning ko‘proq qismini doimiy jangovar shayligini saqlash zarur.

Bunga har bir bo‘linma uchun ishlarni boshlash va yakunlash muddatlarini, batalonning texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasidan (TXU) va harbiy qismning ta’mirlash vzvodidan bo‘linmalarga yordamga ajratilgan maxsus ustaxonalardan foydalanish vaqti va navbatini (ketma-ketligini) belgilab berish bilan erishiladi.

Bo‘linmalarni hujumga tayyorgarligi davomida qurol-aslaha va harbiy texnikaning texnik holatini to‘laroq tekshirish va ularni keskin va uzoq ishlatishga puxta tayyorlash imkonini beruvchi texnik xizmat turi o‘tkaziladi.

Agar vaziyat taqozosi bilan qurol-aslaha va harbiy texnikaga to‘liq hajmda xizmat ko‘rsatishning iloji bo‘lmasa, unda hujum boshlangunigacha ularga KTX va navbatdagi raqamli texnik xizmat ko‘rsatishning eng muhim operatsiyalari majburiy ravishda o‘tkaziladi. qolgan ishlar bo‘linmalar jangovar vazifalarni bajarayotgan vaqtda birinchi imkoniyat tug‘ilganda bajariladi.

Resurs zahirasini ko‘paytirish (cho‘zish) maqsadida o‘tkaziladigan ishlar qismning vositalari bilan va ayrim hollardagina ulardan eng oddiylari batalonning kuchlari bilan bajariladi. Bu holda katta boshliq qaysi ishlar va qay muddatda batalonning kuch va vositalari bilan bajarilishi kerakligini, bu batalonlarga qaysi ta’mirlash bo‘linmalari va qanday ehtiyot qismlar ajratilishini aniq (konkret) ko‘rsatadi.

Qurol-aslaha va harbiy texnikaning tayyorgarligi batalon hujum qilishi ko‘zda tutilayotgan sharoitlarga va joyning o‘ziga xos xususiyatlariga (spetsifikasi) mos kelishi kerak.

Bo‘linmalarning kuchlari bilan tiklab bo‘lmaydigan mashinalar katta boshliqning ta’mirlash-tiklash organlariga uning farmoyishida ko‘rsatilgan joylarda va vaqtda topshiriladi. Mudofaalanayotgan dushman ustiga harakat-lanish mobaynida hujum qilishga tayyorlanishda harakat davomida safdan chiqqan qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklashni yakunlash batalonlarning yurish kolonnalarining tamomlovchilari tarkibida haraktlanuvchi kuch va vositalar bilan amalga oshiriladi. Harakat marshrutlarida ishlash davomiyligi ularni ko‘rsatilgan marraga (rubej, rayon) o‘z batalonlari izidan etib kelishini hisobga olgan holda belgilanadi.

Dushman bilan bevosita to‘qnash kelgan sharoitdan hujumga o‘tishni tayyorlashda oldingi rayonlarda safdan chiqqan qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklashni yakunlash, mudofaa jangi davomida harakatlanishga mo‘ljallangan TEGlarning (Ta’mirG) kuch va vositalar bilan amalga oshiriladi. TEGlarning (Ta’mirG) ishlash davomiyligi ularni yangi rayonlarga o‘z batalonlari bilan birga harakatlanishi zarurati bilan belgilanadi. Bo‘linmalarning kuch va vositalari bilan qamrab olinmagan qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklashni oldingi rayonlarda qoldirilgan qismlarning ta’mirlash-evakuatsiya bo‘linmalari yakunlaydilar.

Hujumni tayyorlash uchun bevosita dastlabki rayonlarda qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklashni yakunlash qismlarning ta’mirlash bo‘linmalaring kuch va vositalari bilan TEGga (Ta’mirG) ajratilgan vositalarsiz amalga oshiriladi. Bu ishlarni bajarish uchun ekipajlar, raschetlar, haydovchilarga qurol-aslaha va harbiy texnikani hujumga tayyorlash bo‘yicha yordam ko‘rsatish ishlaridan bo‘shashiga qarab batalonlarning texnik xizmat ko‘rsatish seksiyalari (TXS) jalb etilishi mumkin.

Qurol-aslaha va harbiy texnikani ta’mirlash ular safdan chiqqan joylarda yoki bo‘linmalar joylashgan rayonlarda bajariladi. qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklash bo‘yicha ishlarning davomiyligi bo‘linmalarni jangga tayyor bo‘lish vaqti bilan cheklab qo‘yiladi. Texnik ta’minot kuch va vositalarining tayyorgarligi ularning qurol-aslaha va harbiy texnikani tiklash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish hamda hujum jangida vazifalarni echish (bajarish) maqsadida o‘tkaziladi.

U shbu maqsadlarda yurish kolonnasini orti (YUKO), TKP, TEG (Ta’mirG) lar tashkil qilinadi va texnik ta’minot vazifalarini bajarishga tayyorlanadi.




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish