Ushbu kursning asosiy maqsadi tariximizning muhim voqealarini o'rganishda yozma manbalarni ahamiyatini ko'satish, jahon, jumladan O'rta Osiyo, shuningdek O'zbekiston hududida yashab o'tgan odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o'ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko'rsatib berishdir.
Biz oz taqdirimizni oz qolimizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib Kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yolda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz1.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.
” Istiqlol jallodlari” asarining yaratilishi
Uning asari haqida malumot berish.
Organish- tadqiqotlarni yoritib berish.
Asarni organgan olimlarning faoliyatini yoritish.
Kurs ishning obyekti: “Istiqlol jallodlari asari
Kurs ishining predmeti. “Istiqlol jallodlari asari
Kurs ishning tuzilishi va hajmi: Kurs ishi: Kirish, ikki bob, 5 ta paragraf, Xulosa va Foydalingan adabiyotlar royxatidan tashkil topgan bolib, umumiy hajmi 36 sahifadan iborat.
I Bob. Mustafo Choqay va uning Istiqlol jallodlari asari haqida
1.1 Mustafo Choqay va uning faoliyati haqida
Qozoq shoiri Oljas Sulaymonov «Aziya» kitobida akademik Grekovning «Kiyev Rusi» asaridan bir parcha keltiradi: «Ham yozma, ham boshqa manbalar xizmatimizga muntazir. Ammo manbalar qanday bolishidan qati nazar, faqat bir holdagina foydali bolishi mumkin tadqiqotchining ozi undan nima istashini yaxshi bilmogi kerak». Oljas Sulaymonov bu korsatmani keskin tanqid qiladi. Chindan ham, yuksak rutbalik rahbarlarning ogziga qarab ish yuritishni odat qilib olgan ancha-muncha «olimlar» taniqli akademikning bu gapini ozlari uchun muqaddas dasturil amal qilib oldilar. Ular turli-tuman asarlarida tarixni xolisona yoritish orniga undan oz maqsadlariga mos keladigan hodisalar va faktlarni tanlab yoritish, qolganlarini esa xas-poshlash yoxud bilib bilmaganga olish yolidan bordilar. Biroq gap faqat mashhur akademikning nazariy korsatmasida ham emas. Bu qorsatmaning ozi mamlakatimizda 20-yillardayoq qaror topgan muayyan ijtimoiy-siyosiy vaziyatning samarasi olaroq maydonga kelgandi.
Malumki, 1917-yildan keyin bolsheviklar barpo etgan yoqsullar hukmronligi saltanatida hukmron mafkura faqat bir maqsadga yangi tuzumni har jihatdan oqlash va uluglashga xizmat qildi. Bu yolda u har qanday vositalardan, hatto zoravonlikdan ham, oshkora yolgon, surbetlarcha soxtakorliklardan ham qaytgani yoq. Hukmron mafkura, ayniqsa, bolsheviklarning milliy siyosatini «uluglashda» zor jonbozlik korsatdi. «Oktyabr otmyshda ezilgan xalqlarni ozodlikka olib chiqdi, ular ulug ogamizning yordami bilan baxtiyor hayot qurdilar, ular otmishda xor va qashshoq edilar, faqat sovet davridagina madaniyatli, farovon turmush kechira boshla-dilar, buning uchun ular partiyadan har qancha minnatdor bolsalar arziydi. Kimda-kim bu gaplarga qoshilmasa yoxud qarshi bolsa, u goyaviy mahdud, murtad, xalqning ashaddiy dushmani, razil millatchi!» Onlab -yillar davomida ana shu «haqiqatlarini xalq ongiga singdirishga harakat qilindi. Afsuski, ijtimoiy ilmlar turli tazyiqlar va mamuriy jazolar tasirida mustaqilligini yoqotib, nobop tuzumning xizmatkoriga aylandi. Oqibatda olis otmish ham, yaqin tariximiz ham butunlay soxtalashtirilib, buzib, yolgon-yashiqqa, uydirmalarga qoryshtirib talqin etila boshladi. Ayniqsa, XX asrda yashab otgan, ilgor goyalarni olga surgan, bu yolda qolidan kelgan xizmatini ayamagan ziyolilar shafqatsiz tanqid ostiga olindi. Ularning olamdan otib ketganlariga «jadid» degan muhr bosilib, yomonotliqqa chiqarildi. Ming xil chigiriqlardan otib, 30-yillarga yetib kelganlari Stalin jallodlari tomonidan qatli om qilindi. Oz vaqtida vatanini tark etib ulgurgan, muhojirlikning ogir, minnatli nonini yeb, ota murakkab sharoitlarda jon asraganlarga esa «sovetlarning ashaddiy dushmani, vatangado xoinlar, aksilinqilobchilar, millatchilar» degan qora tamga yopishtirildi. Ularni qoralashga rasman fatvo berildi. Tarixchimi, adabiyotshunosmi, iqtisodchimi, faylasufmi, xullas, olim zoti borkihammasi ularning bironta asarini, biron maqolasiny oqimasa-da, hayot yolini bilmasa-da, siyosiy, adabiy, falsafiy qarashlaridan bexabar bolsa-da, qarshi chiqmogi, munozaraga kirishib, qarashlarini rad etmogi, behayo sozlar bilan sokib, loyga qorishtirmogi ham farz, ham qarz edi. Bunday olimlar ragbatlantirilar, «mafkuramizni mustahkamlash ishiga hissa qoshgan qahramonlar» deb baholanardi. Buni qarangki, muayyan -yillarda ana shunday «aksil targibotchilik», chet ellardagi ozbek muhojirlarini yoki boshqa millatlarga mansub sharqshunos olimlarni fosh qilish ayrim «olimlar» uchun tirikchilikning oson yol aylandi. Ancha-muncha odamlar bu yoldan borib, mansab pillapoyalaridan kotarildilar va soxta shuhrat egalariga anlandilar. Bugun bularning hammasi yolgon bolib chiqdi. Osha «fosh etilgan», urilgan, sokilgan sovetshunoslarning kop gaplari togri ekan ular chetdan turib, Turkistonning zavolli ahvoli, achchiq taqdiri togrisida bizga qaraganda togriroq va teranroq fikr yuritishgan ekan. Zamon ozgardi, katta qiyinchiliklar, talafotlar evaziga bolsa hamki, oshkoralikka erishdik, asta-sekin soz erkinligi kirib kelyapti. Bugun Vali Qayumxon, Boymirza Hayit, Buloqboshi, Temirxoja kabi ozbek muhojirlarining nomini bemalol tilga oladigan, asarlarini chop etadigan bolib qoldik. Hatto ozbek yozuvchilarining songgi qurultoyida Boymirza Hayit yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi. Ana shu muhojirlar safida Mustafo Choqay alohida orin tutadi.
Mustafo Choqay faqat turkistonlik muhojirlar ortasidagina emas, balki Garbdagi, ayniqsa, Olmoniya va Turkiyadagi sharqshunos olimlar dunyosida katta obro qozongan, yuksak nufuzga ega bolgan bir zotdir. Alloma bu etiborga bir vaqtlar Turkiston muxtoriyatining boshida turgani uchungina emas, ikkinchi jahon urushi choglarida turkistonlik yurtdoshlaridan ancha-muncha odamni olim changalidan tortib olib, asrab qolgani uchungina emas, balki Turkiston mustaqilligi yolidagi fidokorona faoliyati tufayli, kopgina teran va xolisona ilmiy asarlari tufayli erishgan. Chet ellarda uni «turklarning buyuk milliyotchisi va yurtsevarlaridan biri2» deb ezozlaydilar.
Afsuski, ana shunday inson haqida deyarli hech narsa bilmaymiz. Togrirogi, bilganimiz hukmron mafkuraning bu odam haqida miyamizga quygan yolgon-yashigidan ozga narsa emasdi. Mustafo Choqayning nomi 20-yillarda kop tilga olinardi. Ammo har xil qurultoy, mafkuraviy anjumanlarda, inqilobiy mavzularda yozilgan risola va kitoblarda u ashaddiy xalq dushmani, milliy burjua mafkurasining yetakchi namoyandasi, sovet hokimiyatiga qarshi kurashgan, bosmachilik harakatini uyushtirgan bir kimsa sifatida tariflanadi. 30-yillarning ortalarida ham turli munosabatlar bilan Mustafo Choqay tez-tez tilga tushib turdi. Jumladan, 1930-yilda Ozbekiston SSR Oliy sudining sobiq raisi Sadulla Qosimov ustidan bolgan sud jarayonida davlat qoralovchisi R. Katanyanning ayblov nutqida yoki Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Akmal Ikromov sozlagan maruzalar yoxud nutqlarda shunday bolgan. Biroq 1937-yildan keyin xuddi birov buyruq berganday, Mustafo Choqay nomi matbuot sahifasidan butunlay ochib ketadi, goyo bu odam, umuman, hech qachon yashab otmagandek, uning togrisida lom-mim de-yilmaydi. Faqat 1985-yildan keyingina olim haqidagi gaplar yana tiklandi, biroq bu gal yangi asosda, yangicha munosabat bilan tiklandi; bazi asarlari matbuotda elon qilina boshlandi.
1.2 Mustafo Choqay va uning Istiqlol jallodlari asarining ahamiyati.
Mazkur ish Mustafo Choqay haqidagi ilk maqola. Afsuski, qolimda uning chet ellarda bosilgan kopgina kitoblari va tadqiqotlari yoq. Shunday bolsa-da, Mustafo Choqayning Turkiyada bosilgan «1917-yil xotira parchalari» degan kitobi hamda unga bagishlangan albom asosida va gazetada chop etilgan «Turkiston Shorolar hokimiyati davrida» degan maqolaga suyanib, uning hayot yoli va ijtimoiy-siyosiy qarashlari togrisida fikr yuritmoqqa jazm qildim. Shoyadki, Turkiston mustaqilligining atoqli kurashchisi sifatida dong taratgan yurtdoshimiz haqida ilk tasavvur beruvchi bu maqola bugungi ozbek kitobxonlari uchun foydadan xoli bolmas.
Mustafo Choqay 1890-yilning 17-yanvarida (bu yerda tugilgan kun sanasi eski hisobda keltirilmoqda) Oqmachit shahrida tugilgan. Oqmachit hozir Qizil Orda viloyatining markazi. XIX asr ortalarida bu shahar Qoqon xonligiga qarar, uning chegarasida joylashgan ovloq bir qala hisoblanardi. Olmaotada istiqomat qiluvchi rus zabon yozuvchi Anov «Oqmachit» romanida bu shaharning rus qoshinlari tomonidan ishgol qilinishi voqealarini batafsil hikoya qilgan. Cholpon ham «Kecha va kunduz» romanida Oqmachitga doir latifanamo bir gapni keltiradi. Roman qahramonlaridan biri Noib tora Miryoqubga deydi: «
Senlarning Xudoyorxoningga «orislar Oqmachitni olib qoydi» deganlar. Xudoyorxon «u yurtim necha kunlik yolda?» deb soragan, «bir oylik yolda» deganlar. «Unday bolsa, menga unaqa olis yurtning keragi yoq. Olsa olabersin» degan
3»
Inqilobdan oldin Oqmachit yana bir jihati bilan mashhur bolgan ovloq joy bolishiga qaramay, Oqmachitdan juda kop tilmochlar chiqqan. Yaxshisi, bu xususda sozni Mustafo Choqayning oziga beraylik: «Eski Turkiston viloyati doirasidagi shaharlar orasida Oqmachitning bazi oziga xosliklari bor edi Ulardan biri, balki eng muhimi, bu doirada faoliyat korsatgan tilmochlarning kopchiligi Oqmachitdan chiqqani edi. Yolgiz Sirdaryo viloyati hududidagina emas, Samarqand va Fargona viloyati shaharlarida ham gubernator, politsiya mahkamalarida oqmachitlik qozoq tilmochlari xizmat qilardi Oqmachit shahri kotib va tilmachlar yetishtirib beruvchi bir makon bolib qolgandi4.» Mustafo ana shunday muhitda dunyoga kelgandi. Otasi Choqaybey Torgay Dodho ogli (18111918) oz davrining kozga koringan arboblaridan bolgan. U oglini ilmli, marifatli qilib tarbiyalash yolida qolidan kelgan ishni ayamagan. Mustafo boshlangich malumotni Oqmatchitda ona tilida eski maktabda oladi. Oglidagi iqtidorni va ilmga havasni payqagan ota eski maktab talimi bilan cheklanish mumkin emasligini yaxshi tushunadi va uni Toshkentga yuboradi. Bu yerda Mustafo gimnaziyada rus tilida tahsil koradi. Uni alo bahoda bitirgach, Peterburgga yol oladi. Mustafo Peterburg dorilfununining huquq kulliyotini ham zor muvaffaqiyat bilan tugatadi. Dorilfununda oqir ekan, Mustafo faqat huquqshunosliq ilmlariga qiziqish bilan kifoyalanmay, ayni choqda, til organish bobida ham favqulodda iqtidor egasi ekanini namoyish etadi. Mustafo Choqay ham bevosita siyosiy faoliyat maydoniga kirib qoladi. Tabiiyki, yosh Mustafoni hammadan avval ona yurt taqdiri qiziqtirar edi. U Turkistonni mustamlaka kishanlaridan xalos korishni istar, olka xalqlari oz taqdiriga ozi xojayin bolgan holda taraqqiyot yoliga chiqib, boshqa ilgor mamlakatlar qatoridan orin olishini xohlardi. U inqilob arafalarida yozgan maqolalarida Turkiston mustaqilligi uchun kurash goyalarini keng targib eta boshladi. Shunday qilib, Mustafo Choqay Turkiston manfaatlarini chuqur tushunadigan ilgor fikrli ziyolilarning oldingi qatoridan orin egallaydi. Fikri teran, qalami otkir bolgani uchun uni hatto Rossiya Dumasiga ishga olishadi.
«1917 -yil inqilobi boshlangan kezlarda, deb yozadi Mustafo Choqay «1917 -yil xotira parchalari» kitobida, men Peterburgda edim. U zamonda men Rossiya Dumasi (parlamenti) Musulmon fraksiyasi qoshidagi byuroda Turkiston vakili edim. Turkiston haqida materiallar toplar va davlat dumasidagi musulmon millat vakillariga Turkiston bilan bogliq masalalar haqida kerakli materiallarni hozirlab berardim». 191 -yil fevral inqilobi amalga oshib, podsho taxtdan voz kechishi haqidagi Manifestni elon qilgan kuni Mustafo Choqayni Toshkentga taklif etadilar. Biroq Toshkentdan kelgan telegrammada 1917-yilning aprelida Orenburgda Umumqozoq Kongressi bolishi malum qilingan va unda Mustafo Choqayning Turkiston vakili sifatida qatnashishi iltimos etilgandi. Mustafo Choqay Orenburgga yol oladi, biroq manzilga yetguncha yolda Penzada toxtab otishga togri keladi. Penzadagi voqea Mustafo Choqayning ona yurtga muhabbati mazhum narsa emas, balki vatanning xorlangan, qiynalgan, ezilgan farzandlariga chinakam gamxorlik tarzida namoyon bolganini korsatadi. Mustafoning ozi quyidagicha yozadi: «Yolda Penza shahrida turkistonliklarimizga duch keldim. Bu yerda Turkiston ishchilari tola onlarcha vagon bir chekkaga chiqarib qo-yilgandi Bu bechoralarning turmushi va oqibatidan xabar oladngan biron kimsa yoq edi. Shu tarzda unutilgan turkistonliklar nima qilishlarini bilmay nochor ahvolda qolgan edilar.» Mustafo Choqay Turkiston vakili sifatida bekat boshligiga murojaat qiladi, undan ish chiqmagach, viloyat komissari bilan gaplashadi. Bundan ham natija chiqmaydi. Ishga viloyat ishchi-askar deputatlari shorosi aralashadi va Mustafoning qiyin-qistovi bilan turkistonlik ishchilar tushgan vagonlar ona yurt tomon yol oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |