Ta’kidlash joizki qoraxoniylar davlati tarixshunosligi u qadar boy emas


Mustafo Cho’qayning “Istiqilol jallodlari” asari tarixiy manba sifatida



Download 278 Kb.
bet6/6
Sana28.06.2022
Hajmi278 Kb.
#717060
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Manbashunoslik

2.3 Mustafo Cho’qayning “Istiqilol jallodlari” asari tarixiy manba sifatida.
Avvalambor, maqola ijodiy tarixi diqqatga sazovor. 1927-yilda Oktyabr inqilobining 10-yilligi munosabati bilan Moskvaga fransuz ishchilari delegatsiyasi keladi. Uning bir qismi O‘zbekistonga safar qilib, bir necha kun respublika hayoti bilan tanishadi. Bu yerda fransiyalik vakillar «Turkiston milliy jumhuriyatlaridagi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan» o‘zgarishlardan hayratlanib hayajonga tushadilar. Ularning nazarida Turkistonda hamma yoqda erkinlik saltanati barpo etilgan, milliy masala uzil-kesil hal etilgan, xalq farovon va baxtiyor hayot kechiradi, har qanday siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar tegishli yechimini topgan. Delegatsiya a’zola-ri «Pravda Vostoka» gazetasining 1927-yil 30-noyabr va 2-dekabr sonlarida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar. Masalan, janob Shelino shunday deydi. «Biz shunga ishondikki, yosh sovet O‘zbekistonini mahalliy xalqning o‘zi boshqaradi. Bizga berilgan ma’lumotnomalarda davlat organlarining rahbar qismi asosan mahalliy aholi vakillari ekanini ko‘rdik…11»
Delegatsiya rahbari janob Gashe deydi: «Bizni buyoqqa jo‘natgan fransuz ishchilariga sovet davlatida millatlar tengligi qaror topgan hayotni ko‘rdik deb yetkazamiz. Mening o‘zim bunga sirayam shubha qilmayman». Fransuz delegatsiyasi O‘zbekistondan jo‘nab ketish oldidan deklaratsiya tayyorlaydi. «Pravda Vostoka» gazetasining 1928-yil 20-yanvaridagi sonida e’lon qilingan bu deklaratsiyada «mahalliy o‘rtoqlarning milliy sohadagi yutuqlari» birma-bir sanab o‘tilgan.
Delegatsiya a’zolari Parijga qaytgach, bu taassurotlarini jamoatchilikka izhor etganmi-yo‘qmi — ma’lum emas. Lekin muhojirlikda yashasa ham Turkiston hayotini sinchkovlik bilan kuzatib borgan Mustafo Cho‘qayev mazkur fikr-mulohazalardagi bir tomonlamalikka sira toqat qilolmagan. Natijada u «Turkiston Sho‘rolar hokimiyati davrida» degan kattagina maqola yozadi va uni 1928-yilda e’lon qiladi. Maqolaning Parijda fransuz tilida chop etilgan nusxasiga taniqli jamoat arbobi Pyer Renodel so‘zboshi yozgan. Pyer Renodel Mustafo Cho‘qayev bilan 1920-yilda Tiflisda tanishgan ekan. O‘shandayoq Mustafo bey fransuz arbobining nazarida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun kurashuvchi izchil demokrat sifatida taassurot qoldirgan.
Pyer Ryonodel maqolani qisqacha tahlil qilib, lo‘nda-lo‘nda jumlalarda fazilatlarini sanab, yuqori baho beradi va uni Turkistondagi haqiqiy ahvolni ochib beruvchi qimmatli hujjat deb hisoblaydi. Maqolaning ahamiyati haqida Pyer Renodel yozadi: «Bu risola ming-minglab turkistonliklar mustabid to‘zum qurboni bo‘lganligi to‘g‘risida guvohlik beradi; bu risola butun mamlakatni jaholat boshqarayotgani, shu ma’noda, ayrim bolsheviklarning o‘zlari ham e’tirof etganlari kabi, marksizm-leninizm deb atalmish ta’limog, faqat sarob-nayrang ekanligi to‘g‘risida guvohlik beradi, bu risola agrar revolyutsiya niqobi ostida qishloq xo‘jaligini yoppasiga jamoa-jamoa qilib, yoppasiga majburiy ekspluatatsiyaga tayyorlayotgani, butun iqtisodiyot faqat aldovga va tashib ketishga mo‘ljallanayotgani to‘g‘risida guvohlik beradi. «Bu so‘zlar bugun emas, kecha emas, 63-yil avval — 1928-yilda yozilgan. Bugun esa biz bu gaplarning mutlaqo haqiqat ekani tarix tomonidan to‘la tasdiqlanganyga guvoh bo‘lib turibmiz.
Mustafo Cho‘qayev maqola boshida vakillarning «safarimizda to‘la erkin bo‘ldik, qayerni istasak, shu yerni borib ko‘rdik, kim bilan istasak, shu odam bilan suhbatlashdik» degan gaplari aoossiz ekanini isbotlaydi. U delegatsiya a’zolarining birontasi mahalliy tillarni bilmasligini, hamma joyda tilmochlar orqali ish yuritishganini aytadi. Shunday ekan, tilmochlar maxsus tayyorlangani, har xil tashkilotlardan mufassal yo‘riqlar olib ishlagani aniq. Yoxud ular o‘sha tashkilotlarning maxfiy xodimlari bo‘lishlari ham mumkin. Mafkura muassasalari bu tashkilotlar, bilan birga har qanday hollarda ham yo‘qni bor, oqni qora, qorani oq qilib ko‘rsatish havosini olgan. Aslida hayotga chuqur nazar tashlansa, o‘sha yillarda Turkiston hayotida na milliy erkinlik, na inqilobiy farovonlik yo‘qligi yaqqol ko‘rinadi-qoladi.
Shunisi muhimki, Mustafo Cho‘qayev bu fikrlarini dalillar ekan, faqat partiya hujjatlariga, syezdlar, plenumlar konferensiyalarning qarorlariga, sovet hokimiyatining ishonchli odamlari aytgan va sovet partiyaviy matbuotida e’lon qilingan materiallarga tayanadi. Masalan, «Turkiston sovetlar davrida chinakam erkinlikka erishdi, bu yerda milliy masala uzil-kesil hal qilindi» degan fikrni rad etar ekan, unga qarshi «Toshkentlik bolsheviklarning o‘ziga xos hokimligi ostida Turkistonda mustamlaka rejimning davomi o‘laroq yangi davr boshlandi…» degan fikrni olg‘a suradi. Bu da’vo partiyaviy hujjatlardan va sovet matbuotidan olingan dalillar bilan chuqur isbotlanadi. Ma’lumki, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda dahshatli ochlik yuz bergan, oqibatda, sovet matbuotining xabar berishicha, 1 114 000 odam o‘lgan edi. Mustafo Cho‘qayev bu ochlikni bolsheviklar ongli suratda uyushtirganini va «dunyoning hech bir burchagida bunday mudhish tarzda sinab ko‘rilmagan «ochlik siyosati» orqali milliy ozodlik harakatiga zarba bermoqchi bo‘lganini isbot qiladi.
Buning uchun u o‘sha paytda katta mansablarda xizmat qilgan Turor Risqulov kitobidan parcha keltiradi: «Turkistondagi Oktyabr to‘ntarishining rahbarlaridan biri Tobolin Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi majlislaridan birida to‘g‘ridan-to‘g‘ri «qirg‘izlar iqtisodiy qoloq bo‘lganlari uchun ham, ular baribir, qirilib ketishga mahkumdir. Shuning uchun inqilob butun kuchini ochlikka qarshi kurashga emas, yaxshisi frontni mustahkamlashga qarshi qaratish kerak» degandi. Millionlab odamlarning qirilayotganini, butun o‘lka alamli faryodlardan bo‘g‘ilib yotganini ko‘ra-bila turib shunday demoq uchun odam mutlaqo vijdonsiz, o‘ta behayo bo‘lmog‘i kerak. Faqat o‘ziga bino qo‘ygan, o‘zini dunyoning ustuni deb bilgan, boshqa xalqlarni mensimaydigan ashaddiy shovinistgina shunday qilishi mumkin. Bunday sharmandali qarashlar sovet yoki partiya tashkilotlari tomonidan va o‘sha kezlarda, na undan keyin qoralandi. Aksincha, Tobolin o‘lgandan keyin uning nomi abadiylashtirildi. Tarix kinoyasini qarangki, Toshkentning shundoqqina biqinida, Chimkent viloyatining Sariog‘och rayonidagi kattagina qishloq hozir ham Tobolin nomida atalib kelinmoqda.
Turkistonda inqilobning dastlabki -yillaridanoq mudhish mustamlakachilik siyosati olib borilganidan Lenin ham, partiya Markaziy Qo‘mitasi ham yaxshi xabardor bo‘lgan, biroq ular bunga chek qo‘yish borasida qo‘lini sovuq suvga urgan emas. Aksincha, bu hodisani e’tirof etish bilan cheklanishgan. Mustafo Cho‘qayev buni RKP Markaziy Qo‘mitasining 1920-yil 29-iyunida qabul qilgan qaroridan olingan parcha bilan isbot qiladi: «Mustamlaka psixologiyasi bilan zaharlangan, rus ishchilari qo‘lida bo‘lgan Turkistondagi Sovet hokimiyati davrida kelgindi yevropalik aholi bilan mahalliy xalq o‘rtasidagi munosabat yaxshi tomonga o‘zgardi emas, balki yana ham keskinlashdi. Chor hukumati davrida amaldorlar mahalliy xalqni asoratga solish uchun qanday yo‘l tanlashgan bo‘lsa, bugungi «kommunistlar» ham xuddi shunday yo‘l tanlashmoqda»12.
Mustafo Cho‘qayev maqola davomida sovet hokimiyati Turkistondagi mustamlakachilik siyosatini inqilobning dastlabki yillaridan keyin ham izchillik bilan davom ettirganini ta’kidlaydi. Muallif keyingi -yillardagi ayrim tadbirlarni tahlil qilar ekan, ular go‘yo «yaxshi niyat bilan», kambag‘al va qashshoq dehqonlarga qayishganday tuyulsa-da, aslida mehnatkash xalqni yanada asoratga solajagini bashorat etadi. Masalan, maqolada yer islohotining mohiyati ochib berilgan — hukumat asbob-uskunasiz; ot-ulovsiz dehqonlarga majburan yer berib, ularni yanada qaram qiladi. Ular yoppasiga paxta ekishga majbur bo‘ladilar, bu esa g‘alla ekinlarining kamayi chorvachilikning qisqarishiga olib keladi. Oziq-ovqat ta’minotida dehqon to‘laligicha chetdan keladigan mahsulotga qarab qoladi, uning turmush darajasi benihoya tushib ketadi. 1928-yilda aytilgan bu gapni O‘zbekistonning keyingi 60 yillik tarixi to‘la isbotladi.
VSSPS O‘rta Osiyo byurosining 1927-yil sentyabrida bo‘lgan plenumida so‘zlagan notiq «Ilich» nomli zavod ma’muriyati «shtat qisqarganini e’lon qilib, ayni paytda Rossiyaning ichki muzofotidan yangi ishchi kuchlari chaqirib kelishganini» aytadi. Holbuki, xuddi shu paytda O‘rta Osiyo bo‘yicha 28 625 ta ishsiz bor edi. Biz bu Siyosat ham faqat 20-yillarda amalga oshirilgan o‘tkinchi tadbir emasligini yaxshi bilamiz. Bugungi kunda shu siyosat tufayli butun O‘rta Osiyo iqtisodiyoti juda nochor ahvolga tushib qoldi, O‘zbekistonda esa millionlab odamlar juda faqir va qashshoq hayot kechirmoqdalar.
Mustamlaka siyosatining yana bir jihati kadrlar masalasi bilan bog‘liq. Mustafo Cho‘qayev fransuz delegatsiyasining «O‘zbekistonda hamma muhim lavozimlarni milliy kadrlar egallab turipti» degan gapini ham juda asosli rad etadi. U buning uchun partiya XVI syezdi materiallariga murojaat qiladi. Unda Orjonikidze boshqa masalalar qatori O‘zbekistonda boshqaruv apparatining milliy tarkibi haqida gapirgan ekan. Uning hisobiga ko‘ra apparatda ruslar 61,9 foizni, yerli millat vakillari esa 24,7 foizni tashkil qiladi. Biroq yerli millat vakillarining malakasi va sifati masalasi juda nochor ahvolda bo‘lgan. Mustafo Cho‘qayev buni ham «Za partiyu» jurnalida bosilgan (1927-yil 3-son) Xonsuvorovning maqolasidan olingan quyidagi parcha yurqali dalillaydi: «Okrug ijroiya komitetlari prezidiumi a’zolari va raislari , arifmetikaning oddiy to‘rt amalini ham bilishmaydi, hatto o‘z tillarida ham qiynalib yozadilar, Parij va London shaharlari qaysi mamlakatning poytaxtlari ekanini ham bilishmaydi, partiya tarixidan mutlaqo bexabar, partiya dasturini o‘qib ham ko‘rishmagan. Savol tug‘iladi: nahotki, 20-yillarning o‘rtalari yoxud oxirlarida, shuningdek, keyingi yillar mobaynida butun jumhuriyat hududida saviyasi baland, yuksak madaniyatli, rahbarlik ishlariga iqtidori zo‘r odamlar topilmasa? Nahotki, xalq ichidan chiqadigan iste’dodlar bulog‘ining suvi tortilib qolgan bo‘lsa? Yo‘q, unday emas, albatta. Biroq mustamlakachilik saltanatining o‘z qonun-qoidalari, o‘z mantiqi bor. Unga ko‘ra kadr tanlashda bilimning ko‘pdan ahamiyati yo‘q, yuqori mansabni egal-laydigan, nomenklaturaga kirishga da’vogar odam yuqoriga sadoqatli bo‘lsa, buyruqni lom-mim demay bajarsa, bo‘lar-bo‘lmas savollar berib, masalalar qo‘yib, boshni qotirmasa bo‘ldi.
Bolsheviklarning ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biri Georgiy Safarov 1921-yildayoq mustamlakachilarning kadr tanlash mezonini juda aniq tasvirlab bergan. U:, «Mustamlaka inqilobi. Turkiston saboqlari» degan kitobida yozadi: «Mustamlakachilarga yerli aholidan chiqqan rahbar, o‘zlari bilan bir safda turadigan teng huquqli o‘rtoq kerak emas edi. Ularga tilmochlar va ijrochi mirshablar zarur edi».
Bu parcha ham Mustafo Cho‘qay tadqiqotidan olindi. Bunday misollarni yana keltiraverishga hojat yo‘q. Yuqoridagilarning o‘ziyoq mazkur maqola naqadar kuchli mantiqqa egaligini ko‘rsatib turipti. U sho‘rpeshona Turkiston Sho‘ro hukumati qo‘li ostida yanada mudhish asoratga tushib qolganini, o‘lka boshidagi bulutlar yanada quyuqlashganini, xalq tobora qashshoqlashib, huquqlari poymol etilib, tarixiy merosidan, yozuvidan, tilidan mosuvo bo‘layotgnini puxta dalillar asosida isbotlab berdi. Shu birgina maqolaga qarab olimning qalami nechog‘liq o‘tkirligi, tafakkuri qanchalar teranli gisa amin bo‘lish mumkin. Eng muhimi, Mustafo Cho‘qayev bu va boshqa asarlari bilan jahon xalqlarini Sovet Ittifoqidagi mustabidlik saltanatida sodir bo‘layotgan jinoyatlardan, o‘zboshimchaliklardan ogoh qilib turdi. Ehtimolki, xuddi shu xizmati bilan Mustafo Cho‘qayev bugungi istiqlol kunlarining yaqinlashishiga hissa qo‘shgandir.
Qadimiy Berlin shahrining ozoda va osuda ko‘chalaridan birida qabriston joylashgan. Uni Turk-islom qabristoni deyishadi. Unga sevimli vatani —Turkiston mustaqilligi yo‘lida kurashmoqdan tolmagan, o‘z vatandoshlariga qo‘lidan kelgan yaxshiligini ayamagan bir muborak zot — Mustafo bey Cho‘qayevning jasadi ham qo‘yilgan. Hatto uning vafoti ham yurtiga, vatandoshlariga muhabbatidan nishona bo‘ldi. 1941-yilda fashistlar Sovet Ittifoqiga hujum boshladi. Urushning boshlaridayoq yuz minglab sovet kishilari fashistlar tomonidan asir olindi. Bu kezlarda Mustafo Cho‘qay Parijda yashardi. Fashistlar uni zudlik bilan Berlinga olib kelishadi va asir tushgan turkistonliklardan harbiy qismlar tuzishni talab qilishadi. Mustafo Cho‘qay bu taklifni qat’iyan rad etadi, biroq asirlikdagi yurtdoshlari bilan ko‘rishib, qandaydir yo‘llar bilan ularning qismatini yengillatishga yordam beradi. Shu uchrashuvlarda u sil kasalini , yuqtirib oladi. Kasal zo‘rayib, 1941-yilning 27-dekabrida Mustafo Cho‘qayev olamdan ko‘z yumadi.

XULOSA
Bugungi kunimizda ham o’z qadryatlarini saqlab kelayotgan xalqimiz uchun har bir tarixiy manba qiymatga ega hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni bilmay turib tariximizni aslida qanday ekaniga to’liq iqror bo’la olmaymiz. Bu borada amir qadimgi ajdodlarimiz davlatiga sayyoh sifatida tashrif buyurgan, ko’rgan bilganlarini yo’zib qoldirgan. Bu asarlar ichida bugun biz o’rganib chiqqan asari ham beqiyos ahamiyatga ega hisoblanadi. Asarda muallif ko’rgan kechirganlarini yo’zib qoldirgan.


Biz uchun bu asarlarning ahamiyati shundaki, bu asarlar mualiff tomonidan holis guvoh bolingan va o’sha davrda yo’zilgan asarligidir. Biz bu asarni o’rganar ekanmiz buyuk bobolarimiz tarixini asl manbalar asosida organib tahlil qilish imkoniga ega bo’lamiz. Asarda uning davlati hususida gap ketarkan bevosita haqqoniy malumotlar ekani ko’z oldimzdan o’tadi. Mustafo Cho’qay siymosi eslanar ekan , ushbu asarni ham albatta eslashadi .


Jumladan , mustaqilligimiz sharofati bilan uni o’z ona tilida bosh-oyoqlik to’liq nashr sifatida o’qishga muyassar bo’layotgan xalqimizning ho’zirgi alohida minnatdor bo’lishi shak – shubhasizdir. Ushbu kitob tarixiy qarashimizni chuqurlashtiradi .


Mustafo Cho’qay va uning asarida hukm surgan betakror ijtimoiy – siyosiy hayot hamda bobokalonimizning o’z shaxsiyati to’g’risidagi tasavvurlarimizga nodir aniqliklarni kiritadi.


Foydalailgan adabiyotlar





1 I.Karimov “yuksak ma’naviyat yengilmas kuch’ –T,; “Manaviyat” 2008-y. B-98.

2 Milliy Ensiklopediya 3-t. 233-bet

3 (Cho‘lpon. Yana oldim sozimni. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent—1991, 144-bet.)



4 Mustafo Cho‘qay. «1917 -yil xotira parchalari». Anqara. yosh Turkiston nashriyoti — 1988, 16-bet.

5 Alekseyenkov. Kokandskaya avtonomiya. T.—1931, 14, 15, 16-betlar

6 «Sharq yulduzi» oynomasi, 1991, 3-son, 168-bet.



7 O‘sha joyda 154-bet.

8 O‘sha joyda 51-52-bet.



9 (Sh. Shama’diyev. Ocherki istorii grajdanskoy voynы v Ferganskoy doline. T., 1961. 54—60 s.)

10 O’sha asar 265-bet.

11 Sh. Shama’diyev. Ocherki istorii grajdanskoy voynы v Ferganskoy doline. T., 1961. 54—60 bet

12 Mustafo Cho’qay “Istiqlol jallodlari” -T.; 1991-yil. 18-bet.


Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish