Ta’kidlash joizki qoraxoniylar davlati tarixshunosligi u qadar boy emas


II Bob. Mustafo Cho’qayning “Istiqlol jallodlari” asari tarixiy manba sifatida



Download 278 Kb.
bet4/6
Sana28.06.2022
Hajmi278 Kb.
#717060
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Manbashunoslik

II Bob. Mustafo Cho’qayning “Istiqlol jallodlari” asari tarixiy manba sifatida
2.1. Mustafo Cho’qayning “Istiqlol jallodlari” asaridan malumotlar. Mustafo Cho‘qay xotiralarida keltirilgan bu voqea uning tabiatini, g‘ayrati ichiga sig‘maydigan faoliyat kishisi ekanini, yurtdoshlarining taqdiriga hech qachon loqayd tomoshabin bo‘lib qaramaganini ko‘rsatadi.
Mustafo Cho‘qay Orenburgda bir necha kun bo‘ladi. U yuqorida zikr etilgan xotiralarida Birinchi umumqozoq qurultoyi g‘oyat baland ruhda o‘tganini yozadi. Qurultoy qozoqlarning milliy uyg‘onishida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, barcha turkiy xalqlarni Turkiston mustaqilligi g‘oyasi atrofida birlashishiga ham yordam bergan. Qurultoy ishida Fotih Karim, Munavvar qori Abdurashidov kabi taniqli ziyolilar ishtirok etgan. Ularning nutqlari qurultoy ahlida katta taassurot qoldirgan. Mustafa Chuqay buni ham yorqin bo‘yoqlarda tasvirlaydi:
«Munavvar qorining «O‘zbek qardoshlaringizdan salom keltirdim» deya boshlangan tabrik so‘zlarini qozoq bo‘zqirlaridan kelgan vakillarda uyg‘otgan tuyg‘ulari, chuqur ta’siri men uchun unutilmas bir xotiradir. Munavvar qorining ilk jumlasini oyoqqa turib qarshilagan majlis ahli unga uzoq olqishlar bilan javob berdi. Ko‘pgina yosh vakillar uni ko‘z yoshlari bilan tingladilar. Qozoq bo‘zqirlarining olis go‘shalaridan kelgan vakillar «endi biz ham qon va jon birligimizni, qardoshligimizni ochiqcha so‘ypay oladigan bo‘ldik» deyaroq ko‘zlari yoshlandi. Orenburg va umum turq-tatarlar nomidan Fotih afandi Karimiy qurultoyni qutladi. Shunday qilib, qurultoy buyuk Turq xalqining uch kuchli qo‘li orasidagi mustahkam bogliqlikni namoyish etgan bir sahnaga aylandi.»
Mustafo Cho‘qay Orenburgdagi ishlarini bitirgach, Toshkentga keladi. 1917-yilning bahor kezlarida Toshkentdagi siyosiy hayot qaynab turgan qozonni eslatardi. Kurash jabhasida har xil ijtimoiy toifalar manfaatiga xizmat qiluvchi siyosiy kuchlar faoliyat ko‘rsatardi. Toshkentda ham qo‘sh hokimiyatchilik davom etar, yurtni Muvaqqat hokimiyat komissari bilan bir qatorda ishchi va askar deputatlari Soveti ham boshqarardi. Sovetning tarkibi xilma-xil bo‘lib, unda eserlar, kadetlar, bolsheviklar va musulmonlar fraksiyasi mavjud edi. O‘rtada inoqlik yo‘q edi. Shuningdek, shaharning siyosiy hayotida yana ikki tashkilot — «Ulamo jamiyati» bilan «Sho‘roi islomiya» ham katta rol o‘ynardi. Biroq bular ham ahil bo‘lib ish tutish o‘rniga o‘zaro nizolarga berildilar va ko‘p o‘tmay, ixtiloflar oshkora kurashga aylanib ketdi. Bundan foydalangan bolsheviklar ularni tor-mor keltirdi va 1917-yilning o‘rtalarida boshqa partiyalarni Toshkentdan quvib yuborishdi. Shu tarzda Mustafo Cho‘qay Qo‘qonga keladi va siyosiy-inqilobiy faoliyatini davom ettiradi. Bu paytda u musulmonlar o‘lka sovetining («Sho‘roi islomiya») raisi edi. Qo‘qonda biroz bo‘lgach, vaziyatni o‘rganish, xalq kayfiyatini bilish uchun Marg‘ilonga boradi. Turkiston o‘lkasining Andijon, Toshkent, Samarqand, Chimkent, Avliyo-ota kabi shaharlari bilak yaqindan aloqada bo‘ladi. 1917-yilning 31-oktyabrida bir guruh bolshyoviklar Toshkentda hokimiyatni qo‘lga kiritishadi va Turkistonda sovet hokimiyatini e’lon qilishadi. O‘lkada siyosiy vaziyat favqulodda tus oladi. Bunday sharoitda O‘lka musulmonlar Soveti ham o‘z faoliyatini kuchaytiradi.
1917-yilning 9-dekabrida ertalab soat 10 da Qo‘qon shahrida o‘lka musulmonlarining favqulodda qurultoyi ochiladi va Turkiston muxtoriyati e’lon qilinadi. Qurultoyda muxtoriyatni idora qiluvchi Xalq Kengashi saylanadi. Kengash o‘z navbatida Muxtoriyat hukumatini saylaydi, Uning birinchi raisi taniqli jamoat arbobi, Alash O‘rda partiyasining rahbarlaridan biri Tinishboyev bo‘lgan edi. Ammo u bori-yo‘g‘i bir hafta raislik qildi. Hozircha bizga noma’lum sabablarga ko‘ra u iste’foga chiqadi, o‘rniga Mustafo Cho‘qay tayinlanadi. Biroq uning hukumati ham uzoq yashayolmaydi — oradan uch oy o‘tar-o‘tmas bolsheviklar tomonidan tor-mor etiladi. Shu yerda andak to‘xtab, boshqa bir masalaga e’tiboringizni jalb qilamiz.
So‘nggi 75-yil davomida Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, bu yerdagi bosqinchilik harakati, fuqarolar urushi, Qo‘qon muxtoriyati haqida yuzlab asarlar bitildi. Shunisi qiziqki, ularning hammasida muxtoriyatni tor-mor keltirgan bolsheviklar va qizil askarlar Turkiston xalqiga beqiyos yaxshilik qilgan buyuk qahramonlar sifatida ta’riflanadi, Qo‘qon muxtoriyati esa eng yaramas, eng zararli bir hodisaday talqin etiladi. Men bu o‘rinda faqat tarixshunos olimlarning asarlarini ko‘zda tutayotganim yo‘q. Biz adabiyotshunoslar ham tarixni buzishda ulardan qolishgan emasmiz. Adiblar, shoirlar, dramaturglar, kinochilar ham aynan sho‘ hodisalarni o‘ta soxtalashtirib tasvirlaganlari, «Yasha sho‘ro!» deb hayqirishdan nariga o‘tmaganlari busun hammaga ma’lum. Gina-kuduratlarni qo‘yayligu boshqa bir savolga javob izlaylik: nima uchun mana shu asarlarning hammasida Mustafo Cho‘qay yakdillik bilan qoralanadi? Nazarimda, sho‘roning nonini yeb ulg‘aygan olimu fuzalo, adibu shuaro Mustafo Cho‘qayning inqilobgacha bo‘lgan faoliyatida ortiqcha salbiylikni ko‘rmaydi-yu, lekin muxtoriyat hukumati raisligiga saylanganligini sira-sira kechirolmaydi. Buning boisi shundaki, umri qisqa Qo‘qon muxtoriyati o‘lka hayotida biron-bir sezilarli burilish yasab ulgurmay tarix sahnasidan chiqib ketgan esa-da, u Turkiston mustaqilligi yo‘lida yoqilgan so‘nmas yulduz — xalq qalbida yongan umid chirog‘i edi. Uni yoqqanlardan biri Mustafo Cho‘qay edi. Shuning uchun ham hukmron kommunistik mafkura uni sira kechira olmadi va Qo‘qon muxtoriyatini 20-yillardan beri muttasil qoralab, «fosh qilib» keldi. Uning bo‘yniga taqilgan tavqi la’natlar esa o‘sha-o‘sha eski gaplar — muxtoriyat aksilinqilobiy hokimiyat, go‘yo butun Turkiston Oktyabrni quvonchdan ko‘zda yosh bilan chapak chalib kutib olgan-u, muxtoriyatchilar xalq irodasiga qarshi borib, burjua hukumatini tuzgan. Bu — boshdan-oyoq tuhmat. Firqa tarixchilari 20-yillardayoq Turkistonda mahalliy aholi inqilobdan mutlaqo uzoq bo‘lganini ochiq aytishgan edi. Birgina misol keltiraman. Turkiston tarixiga oid bir qator asarlar e’lon qilgan P. Alekseyenkov «Qo‘qon muxtoriyati» kitobida mahalliy ishchilarning inqilobga munosabati haqida yozadi: «Ishchilar sinfining milliy tabaqalariga nisbatan shuni aytish kerakki, ularning bir qismi ishlab chiqarishdagi o‘rni va saviyasining o‘ta pastligi vajidan sovet hokimiyatini yetarli darajada faol qo‘llab-quvvat-lamaydi, boshqa qismi esa, hatto betaraflik yo‘lyda turadi».

Dehqonlar ham ulardan o‘tib ketgan emas: «Ishchilar sinfi tomonida turib (ya’ni, inqilobchilar tomonida, de-yilmoqchi —O. Sh.) faol va qat’iy chiqish uchun uchta narsa yetishmasdi:


1) o‘zining asosiy iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini bilmaslik;
2) faoliyat uchun zarur bo‘lgan uyushqoqlik;
3) ishchilar sinfini yetarli tushunish va dehqonlarni faol kurashga jalb qilish lozimligini anglamaslik.»
Xo‘sh, milliy Ziyolilar-chi?
«Milliy ziyolilar Oktyabr inqilobidan keyin burjuaziya bilan birga ketdi»5.
Demak, ishchilar sinfi ham, dehqonlar ham, ziyolilar ham Oktyabr inqilobini amalga oshirishda faol qatnashmagan. Endi o‘zingiz o‘ylang — na ishchilar, na dehqonlar, na ziyolilar qo‘llab-quvvatlamagan hodisani «xalq inqilobi» deyish mumkinmi? Xalqning unga ijobiy munosabati qanaqa bo‘ladi? Sovetparast olimning o‘zi tan olgan dalillar Oktyabr inqilobi Turkistonga chetdan keltirilganini yaqqol isbot qilmaydimi? Bas, shunday ekan. Qo‘qon muxtoriyati mahalliy xalqning inqilobiy xohishiga zid o‘laroq maydonga kelgan, deb da’vo qilish borib turgan bir uydirma, xolos. Bil’aks, dalillar va hujjatlar shundan dalolat beradiki. Turkiston muxtoriyati bu yerda yashovchi mahalliy xalqlarning eng teran orzu-havaslariga to‘la mos bo‘lgan.
Ko‘p-yillar mobaynida rasmiy kitoblarimizda: «Muxtoriyat mahalliy burjua millatchilarining hokimiyatidir. U Rossiyaga qarshi, ruslarga qarshi qaratilgan, Turkistonni Rossiyadan ajratib olishga intilgan,» degan aqidalar oldinga surib kelindi. Biroq bu da’volar ham puxta zaminga ega bo‘lmagan, puch va uydirma gaplardir. Buni isbotlash oson. Avvalo, muxtoriyat parlamenti — «Xalq kengashiining milliy tarkibiga e’tibor qilaylik. Unda o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar bilan bir qatorda ruslar, ukrainlar, yahudiylar, armanlar va boshqa millat vakillari ham bor edi, Unga 54 kishi saylangan: 36 kishi mahalliy, 18 kishi Ovro‘po millatlariga mansub bo‘lgan. Shuning o‘ziyoq muxtoriyatni barpo etgan odamlarda baynalmilalchilik ruhi ancha yuksak bo‘lgani, haqiqiy demokratiyani ancha chuqur tushunganini ko‘rsatib turipti. Shunday ekan, bu muxtoriyatni «mahalliy burjua millatchilarining hukumati» deb atash tarixiy haqiqatni soxtalashtirishdan boshqa narsa emas. Turkistonni Rossiyadan ajratib olish masalasiga Mustafo Cho‘qay xotiralaridan olingan bir jumla bilan javob berish mumkin. U yozadi: «Biz Rossiyadan ayrilmoqni talab etmadik. Faqat muxtoriyat e’lon qildik. Natija esa ma’lum…»
Aslida Turkiston muxtoriyatining barpo bo‘lishiga inqilob samarasi sifatida qarash kerak. Ma’lumki, yangi hokimiyat ilk formonlaridayoq Rossiya tasarrufidagi xalqlarga ozodlik va’da qildi, ularning o‘z taqdirini o‘zlari belgilash huquqiga egaligi, hatto Rossiya tarkibidan ajralib chiqishlari mumkinligi e’tirof etildi. Bundan tashqari, yangi hokimiyat boshlig‘i V. I. Lenin Oktyabr inqilobidan bir oy o‘tar-o‘tmas Rrssiya va Sharqdagi barcha musulmon mehnatkashlarga murojaat qildi. Uning maktubida shunday gaplar bor edi: «Bundan buyon sizlarning urf-odatlaringiz, sizlarning milliy va madaniy muassasalaringiz ozod va daxlsiz deb e’lon qilinadi. O‘z milliy hayotlaringizni erkin va bemalol uyushtira beringiz, sizlarning bunga haqqingiz bor Sizlar o‘zlaringiz o‘z vataningizning hokimlari bo‘lishingiz lozim. O‘z rasm-rusmlaringizga binoan hayotingizni uyushtirishingiz lozim. Sizning bunga haqqingiz bor, chunki sizlarning taqdiringiz — o‘zlaringizning qo‘lingizda»6. Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining rahbarlari, shu jumladan, Mustafo Cho‘qay ham bu gaplarga chippa-chin ishonib, laqqa tushdilar. Ular bolsheviklar siyosati birinchi qadamdanoq riyokorlik asosiga qurilganini, og‘izda balandparvoz va’dalar berib, amalda odamlarning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldiraverishlarini xayollariga ham keltirmagan edilar. Lenin ham shunday qildi: boyagi murojaatnomadan keyin ko‘p o‘tmay, Turkiston xalqlarining qarshiligini o‘ta shafqatsizlik bilan bostirish haqida «dohiyona» ko‘rsatmalar berib, baland rutbalik vakillarini bu yerga jo‘natdi.
Bundan tashqari, muxtoriyatning vujudga kelishiga yangi sovet hokimiyati birinchi qadamlaridanoq milliy siyosat bobida mudhish xatolarga yo‘l qo‘ygan, mahalliy xalq-nimensimay, huquqlarini poymol etgani, shovinistlarcha muomala qilgani ham sabab bo‘ldi. Buni isbotlaydigan dalillar ham ko‘p. Oktyabr inqilobidan keyin Turkistonda tuzilgan birinchi srvet hukumati tarkibida bironta ham mahalliy millat vakili yo‘q edi. Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining tarkibida ham dastlabki bosqichda mahalliy millatlarga o‘rin ajratilmadi. Inqilobiy rahbariyatning ayrim xodimlari 1917—1918-yillar mobaynida turli yig‘inlar va anjumanlarda sira tor-tinmay yerli xalq sha’niga tahqirli gaplar aytishgan. Masalan, Turkistondagi hokimiyat a’zolaridan biri K. Ya. Uspenskiy 1918-yil yanvarida o‘lka sovetlarining qurultryida so‘zlagan nutqida shunday degan edi: «O‘rtoq musulmonlar! Shuni bilingizkim, biz sizlarning katta og‘angizmiz. Siz kichiksiz va, tushunarliki, bizga bo‘ysunishingiz kerak7».
Sovet hokimiyatining dastlabki davrlarida bolsheviklar milliy siyosat sohasida jiddiy shovinistik xatolarga yo‘l qo‘yishgani 20-yillarda e’lon qilingan ko‘pgina tadqiqotlar va kitoblarda ochiq tan olingan. Jumladan, P. Alekseyenkov yuqoridagi asarida shunday yozadi: «Oktyabr inqilobi davrida va undan keyingi dastlabki oylar mobaynida Turkiston partiya tashkiloti milliy masalada qator xatolarga yo‘l qo‘ydi Madaniy jihatdan qoloq va siyosiy jihatdan yetarli darajada balog‘atga yetmagan mahalliy aholi inqilobda faol ishtirok etolmasligiga amin edik. Shuning uchun inqilobni ularsiz davom ettirishga qaror qildik.8»
Mana shunday kamsitishlar va tahqirlar oqibatida 1917-yilning 11-dekabr kuni o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi Turkiston muxtoriyatini e’lon qildi. Binobarin, muxtoriyat bir «hovuch fitnakorlarning xuruji» tufayli emas, mahalliy xalqlarning ko‘pdan davom etib kelayotgan orzu-istaklarining natijasi, Oktyabr inqilobi davridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning mahsuli sifatida maydonga keldi. Maydonga keldi-yu, ko‘p o‘tmay, bolsheviklar tomonidan kunfayakun qilindi.

Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish