Ta’kidlash joizki qoraxoniylar davlati tarixshunosligi u qadar boy emas


Mustafo Cho’qayning “Istiqlol jallodlari” asarida ilgari surilgan fikr va mulohazalar



Download 278 Kb.
bet5/6
Sana28.06.2022
Hajmi278 Kb.
#717060
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Manbashunoslik

2.2 . Mustafo Cho’qayning “Istiqlol jallodlari” asarida ilgari surilgan fikr va mulohazalar.
Ko‘p yillar mobaynida sovetparastlik ruhi bilan sug‘orilgan asarlarimizda Mustafo Cho‘qay Turkistonda bosmachilik harakatining ilhomchisi va tashkilotchisi sifatida qoralab kelindi. Biroq bu ayblov ham hech qanday zaminga ega bo‘lmagan havoyi gap. To‘g‘ri, Mustafr Cho‘qay hukumat boshlig‘i sifatida harbiy vazir Ubaydulla xo‘ja Asadullaxo‘jayev bilan birga muxtoriyatni qizil qo‘shin xurujidan himoya qilish uchun ba’zi tadbirlarni ko‘rgan. Jumladan, ular mudofaa ishlarini uyushtirishni Qo‘qon militsiyasining boshlig‘i Ergashga topshirgan, Ergash esa o‘z navbatida uncha ko‘p bo‘lmasa-da, qurollangan dasta tuzib, Sovetlarning harbiy kuchlariga qarshi jang qilgan. Shunga asoslanib, Mustafo Cho‘qzyni bosmachilik harakatining asoschisi sifatida qoralash mumkinmi? Holbuki, rasmiy hujjatlarda, ko‘pgina asarlarda «bosmachilik» degan tahqirli nom olgan, aslida esa mohiyat e’tibori bilan mustamlakachilik siyosatiga qarshi qaratilgan milliy-ozodlik kurashi bo‘lgan bu ommaviy harakatni tug‘dirgan o‘ziga xos sabablar bor edi. Bularning eng asosiysi hokimiyat vakillarining mahalliy xalqlarga mensimay qarashi, uning milliy tuyg‘ularini, insoniy g‘ururini tahqirlashi, urf-odatlari va rasm-rusmlarini oyoqosti qilishi edi. Shu bilan birga, sovetchilar aksilinqilobchilarga qarshi kurash niqobi ostida mahalliy xalqqa nisbatan shafqatsiz qirg‘inni amalga oshirdilar.
Tinch aholini qatag‘on qilish Qo‘qonda fevral oyining 17-kuni boshlandi. Sovetparast tarixchilarning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, o‘sha kezlarda uch kun davomida Qo‘qon o‘t ichida qoldi. Yangi hokimiyat Qo‘qonni talon-taroj qilish uchun dashnoqlarga to‘la erk berib qo‘ydi. Birgina Qo‘qonning o‘zida 10000 dan ortiq odam o‘ldirildi. Qirg‘in shu bilan tugagani yo‘q. 1918-yilning birinchi yarmida Marg‘ilonda 4500 odam o‘ldirildi. Shu jarayonda 180 qishloqqa o‘t qo‘yildi. Minglab oilalar xonavayron bo‘lib, boshpanasiz qoldilar9. Bunday mislsiz vahshiylik, quloq eshitib, ko‘z ko‘rmagan zo‘ravonlik susayish o‘rniga borgan sari kuchayib bordi. 1919-yilda ham, undan keyingi yillarda ham «bosmachilik harakatini» bostirish uchun kelgan Qizil Armiya qismlari, jumladan, qonxo‘rligi bilan dong chiqargan Budyonniyning Birinchi otliq armiyasi bosmachilar qolib, tinch aholini qirish, ayollarni tahqirlash, hatto go‘daklarni chavaqlab, nayzalarga ilish bobida mislsiz «qahramonlik» namunalarini ko‘rsatdilar. Bu vahshiyliklarni hatto hozir ham ba’zi qariyalar eslab qolishsa, qaltiroq bosib, ranglari o‘chib ketadi10. Xullas, Farg‘ona vodiysi 1918-yilning boshlaridanoq qonga belanib, xarobazorga aylandi. Buni ko‘rgan har qanday insofli odam dahshatga tushib, yoqa ushlamasligi, «Go‘zal Farg‘ona, senga ne bo‘ldi?» deya fig‘on qilmasligi mumkin emasdi. Ayni choqda, bu yovuzliklarga qarshi harakat — isyon tug‘ilishi, xalq «bir boshga bir o‘lim!» deb oyoqqa turishi tabiiy hol edi. Xalq isyonining haqiqiy sababi mana shunda! Mustafo Cho‘qayga o‘xshash ayrim odamlarni «bosmachilik harakatining asosiy sababchisi» qilib ko‘rsatish esa ommaning diqqat-e’tiborini tarix haqiqatidan chalg‘itishdan boshqa narsa emas. Bu masalada ham hukmron kommunistik mafkuraning o‘z dushmanlarini yomonotliq qilishda hech narsadan qaytmasligi, yolg‘on-yashiq gaplarni va uydirmalarni bemalol ishga solaverishi, ikki yuzlama siyosati yaqqol ko‘rinib turipti.
Mustafo Cho‘qay Turkistonda «bosmachilik harakatini» yana shuning uchun uyushtira olmas ediki, u 1918-yilning o‘rtalaridayoq Turkistondan chiqib ketishga majbur bo‘lgandi. U bir necha muddat Kavkazda Tiflis shahrida turadi, keyin xorijga ketadi. Chet elda Mustafo Cho‘qay Parij va Berlin shaharlarida istiqomat qilgan, Turkiyaga tez-tez borib-kelib turgan. U muhojirlikda 20 yildan ortiqroq hayot kechirdi. Bu davrda samarali ijod qildi va ko‘pgina ilmiy maqolalar, bir qator tadqiqotlar yaratdi. Mustafo Cho‘qay Turkistondaligidayoq o‘tkir maqolanavis sifatida keng tanilgan edi. Dastlab u «Ulug‘ Turkiston» ro‘znomasida faol qatnashadi. Bu nashr 1917-yilda Toshkentda «Yashasin millatlar muxtoriyati!» degan shior bilan chiqqan va u «xalqining yuzdan to‘qson sakkizi musulmon bo‘lgan Turkiston o‘lkasida xalq idorasining xorij-dan kelgan askar va ishchilar qo‘liga o‘tishiga turkistonliklar rozi bo‘lmayajaklar» deb yozgandi. Mustafo Cho‘qay shu ro‘znomaning eng mumtoz mualliflaridan biri edi. 1917-yilning o‘rtalarida Toshkentda «Birlik tuvi» degan gazeta ham chiqa boshlaydi. Men salkam qirq -yil muqaddam aspiranturada o‘qib yurgan kezlarimda V. I. Lenin nomidagi Davlat kutubxonasining qiroatxonasida o‘tirib, bu ikki ro‘znomaning ayrim sonlarini varaqlab ko‘rgan, hatto «Ulug‘ Turkistonvdan Hamzaning «Turkiston mo‘xtoriyatiga» degan katta manzumasini to‘la ko‘chirib olgan edim. O‘shanda bu ro‘znomaning sarg‘ayib ketgan sahifalaridan olis 1917-yilning ola g‘ovur sadolari kelayotganday tuyulgandi menga.
1918-yilda Toshkentda yana bir nashr paydo bo‘ldi. Bu — «Svobodnыy Turkestan» degan ruscha ro‘znomadir. Muhimi shundaki, bu ro‘znomaning moddiy ta’minoti ham Mustafo Cho‘qay zimmasida edi. U turli taxalluslar ostida rus tilida maqolalar yozib, mazkur nashrda muntazam qatnashib turgan. 1942-yilda Mustafo Cho‘qay vafotining bir yilligi munosabati bilan Istambulda Namuna matbaasida albom chiqargan doktor M. Delil uning maqolanavislik faoliyati to‘g‘risida g‘oyat qimmatli ma’lumotlar beradi. Uning ko‘rsatishicha, adib 1919—1920-yillarda Kavkazda kamida to‘rtta nashr chiqishida qatnashgan. Bular — 1919-yilda rus tilida Tiflisda chiqqan haftalik «Volnыye gorsы» nashri — unda Mustafo beyning Turkiston masalalariga doir maqolalari bor; «Na rubeje» — bu ro‘znoma emas, majmua. U Tiflisda Turkiston va Ukraina milliy markazlarining moddiy yordami bilan chiqarilgan. Ruscha majmuada Mustafo bey «M. Chanay» va «Jalil» degan nomlar bilan maqola yozgan. Yana— «Yangi dunyo» — 1920-yilda Shimoliy Kavkaziya milliy tashkiloti bilang Turkiston milliy markazi birlashib chiqargan ro‘znoma. «Shafaq» ro‘znomasi ham Tiflisda Mustafo beyning bosh muharrirligida chiqarilgan. Tabiiyki, bularda ham uning maqolalari muntazam bosilib turgan. 20-yillarning oxirlarida Istambulda «Yangi Turkiston» degan oylik majmua chiqa boshlaydi. U 1927-yildan 1931-yilning iyuligacha nashr etildi. So‘ngra Mustafo beyning bosh muharrirligi va siyosiy rahbarligi ostida Berlinda 10 yil mobaynida (1929—1939) chiqib turgan majallani eslamoq darkor. Doktor M. Delilning tasdiqlashicha, bu majalla «Cho‘qayning milliy mafkurasini va Turkiston turkligi milliy harakatini g‘oyatda oydin bir suratda aks ettira bilmishdir».
Mustafo Cho‘qayning Turkiston tarixi, milliy uyg‘onish hamda ozodlik harakatining dolzarb Muammolari haqida bahs yurituvchi asarlari fransuz, ingliz, polyak tillarida ham bosilgan. Uning maqola va risolalari Turkiston haqida shu qadar muhim ma’lumotlar berganki, bu o‘lka hayotini tadqiq qiluvchi olimlar uni chetlab o‘tolmaganlar. Masalan, 1942-yilda nemis tilida «Turkiston» degan hajman yirik bir asar chop etiladi. Mualliflari R. Olssha va G. Klaynovlarning ta’kidlashicha, 434 sahifalik bu asarning 363—409-betlari Mustafo Cho‘qay qalamiga mansubdir. Bulardan tashqari, «1917-yil xotira parchalari» kitobidagi izohlarda Kaliforniyadagi Statford universiteti qoshidagi Rus inqilobini o‘rganish markazi «Turkistonda inqilob va Sovet hukumatiga qarshi xalq ko‘tarilishlari» degan majmua tayyorlayotgani, shu munosabat bilan Mustafo Cho‘qayga murojaat qilingani, u esa «Turkistonda inqilob va Qo‘qon muxtoriyati» degan maqola yozib bermoqchi bo‘lgani aytiladi. Aftidan, bu maqola 1937-yilning boshida yozilib, Kaliforniyaga yuborilgan bo‘lsa kerak.
Ko‘rinib turiptiki, Mustafo Cho‘qay muhojirlikda yurganida ham biror daqiqa bo‘lsin Turkiston mustaqilligi g‘oyasidan chekingan emas. U yuzlab maqolalarida bu g‘oyani targ‘ib etgan, bir kun kelib, Turkiston osmonida ozodlik quyoshi nur sochajagiga ishonishdan to‘xtamagan. Biroq ming afsuski, biz bu ulkan zotning hamma asarlarini bilmaymiz. 1950-yilda Istambulda «Yosh Turkiston» nashriyotida doktor A. Oqtoy tug‘ilgan kunining 60-yilligi munosabati bilan «Turkiston milliy harakati va Mustafo Cho‘qayev» degan kitob chiqarishgan ekan. Biz hatto shu kitob bilan tanishish imkoniga ham ega emasmiz. Lekin shunga qaramay, men yana bir bor Mustafo Cho‘qayni o‘tkir nigohli tadqiqotchi, hayotni yaxshi biladigan, voqealar zamiridagi haqiqatni ko‘ra oladigan, mantiqi chuqur, qalami o‘tkir bir olim deb hisoblayman. Uning «Turkiston Sho‘rolar hukumati davrida» degan maqolasi shundan dalolat berib turibdi.

Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish