sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: Bemor bunga qadar behad yaxshi ko’rgan
onasini suymaydigan bo’lib qoladi. Ya’ni kishilar to’g’risida
zarda bilan gapiradi
va hakazo.
Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi
namoyon bo’lishining muqarrar sharti til hisoblanadi. Nutq jarayoni faoliyatida
odam bilimlar hosil qiladi. Kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat
yaratib bergan tilda mustahkamlab unga etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan
o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan edi: “Har bir kishi ildizlari
sal bo’lsa ham odam ato zamonlariga borib yetadigan dahshatli shajaraga tayanadi:
sohil bo’yidagi to’lqin kabi
orqamizda butun boshli okean, butun bir dunyo
tarixining shiddati his etiladi. Til alohida sistema, unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki
ijtimoiy ong aks etgandir. Til konkret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, u ma’lum
bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi.»
Ulug’ mutafakkirlar – “Til amaliy, haqiqiy ongdir,
boshqalar uchun ham mavjud
bo’lgan xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lgan ongdir...” deb qayd etgan
edi. Ong tushunchasi psixologiyada psixotriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida
keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi.
Psixiatorlarning bemorda ong bor yo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari
doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qayerdaligi,
vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati
ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarini tushunadilar.
Ong yaxshi
saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud
bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitdan
alohida ajratib, boshqa odamlarga faoliyat va vaziyatga
nisbatan tarkib topgan
munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida
o’z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir.
Hayvonlara esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir.
Ongsizlik – kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan
bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir.
Psixik holat sifatida
ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki, bunda harakat
o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq
yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi
psixik holatlarni kiritish
mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan
lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari:
oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga
ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi
ammo maqsad hissidan
anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga
bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-
alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin.
shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar
psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: