Okean ( yunoncha Ωκεανός ( Okeanos )) yoki ummon



Download 57,66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.06.2022
Hajmi57,66 Kb.
#667818
Bog'liq
Okean - Vikipediya (1)



Okean
Okean
(
yunoncha
 Ωκεανός (
Okeanos
)) yoki 
ummon
 
dengiz suvidan
iborat global jism boʻlib,
gidrosferaning
 asosini tashkil etadi. 
Yer
 yuzasining taxminan 71%'ini (~361 million 
kvadrat
kilometr

Dunyo okeani
 egallagan. Bu okeanning yarmidan koʻpi 3,000 metrdan
Okean
, Dunyo okeani (yun. Okeanos — 
Yerni
aylanib oqadigan azim daryo) — 
Yerning
materik va
orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, 
Yer
yuzasining taxminan
70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan
Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.
Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar,
dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650-yilda golland geografi B. Varenius
Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz


Okeanlariga boʻldi. 1845-yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi
olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-asrning 30-
yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi:
Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean 
Yer
sharida Okean suvi va qurukliklarning
taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda
Okean suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki
dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni
tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz
okeanida va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida Okean suvi yer sharini uzluk-siz
qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va
materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda,
materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir
qismi boʻlgan Okean atmosfera va 
Yer
pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham
Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va 
Yer
poʻstiga bogʻliq.
Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli 
Yerda
temperatura juda
keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay
sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari
manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir
qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson
hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda
kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan
uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti
bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali
amalga oshiriladi (qarang 
Dengiz transporti
).
Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli
sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan
ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni
chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va
boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni
hal qilish bilan bogʻliq.
Keyingi yillarda Okeanda olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, Okean tubining relyefi
murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi.
Tubining geologik tuzilishi va relyefi. Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan
6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari
(eng yirik shaklari) 
Yer
pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga
qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1)


materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean kaʼri; 3) materiklarning suv ostida
qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ
tizmalari.
Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining 
Yer
pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib,
materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf,
materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri
uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik
qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.
Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib
va Skosha (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida
oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuq. 4000– 5000 m gacha),
yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan),
chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda
(Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi.
Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u
boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang
siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi.
Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar shuni koʻrsatadi-ki, gʻovak
choʻkindilarning qalinligi Okeanning materik yaqinidagi zonalarida 2000–3000 m va undan ham
ortiq boʻlsa, okean oʻrtasidagi togʻ tizmalarida, tik togʻ yon bagʻirlarida va materik yon bagʻri
jarliklarida bir necha oʻn m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.
Okean tubi choʻkindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralash
(poligen) choʻkindilar ham boʻladi, chuqur suv osti qizil gillari ana shunday aralash (poligen)
choʻkindilardir. Terrigen choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, Okean qaʼrining
chetlarida va chuqur suv novlarida uchraydi. Ohakli choʻkindilar Okeanning issiq va moʻʼtadil
zonalarida (50° shimoliy kenglikdan 50° janubiy kenglikkacha) koʻproq tarqalgan; Okean qaʼrida
ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — chigʻanoq va
marjon yotqiziqlaridan iborat boʻladi. 4500–5000 m dan chuqurda SaSO3 erigan holatda
boʻlgani uchun ohak choʻkindilar yoʻq. Kremniyli choʻkindilar (radiolyariya va diatom choʻkindilar)
yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravishda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta
ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Chuqursuv qizil gili 4500–5000 m va undan ham chuqur
botiklarda boʻladi. Okeanning faol subaerol vulkanizm zonalariga yondashgan qismlarida vulkan
choʻkindilari shakllanadi. Okean tubida karbonatli choʻkin-dilar (150 mln. km²), chuqursuv qizil
Okean tubi choʻkindilari


gillari (PO mln. km² dan koʻproq) va kremniyli gillar (60 mln. km²ga yakin) eng koʻp maydonni
egallagan.
Okean tubida endogen moddalar suv usti vulkanlari mavjud joylardagina toʻplanmay, Okean
oʻrtasidagi togʻ tizmalari va yirik siniqdar yaqinida ham uchraydi. Tarkibida metallar, baʼzi hollarda
rudalar [(20—40% gacha Fe), Mn, Co, Ni, Pb, Zn, Ag, Se, Hg va boshqa elementlar] boʻlgan
qatlamlar ana shular jumlasidandir.
Okean choʻkindilari dengiz choʻkindilariga nisbatan sekinroq toʻplanadi. Chuqur suv qizil gillari
1000-yil ichida 1 mm, ohakli va diatomli choʻkin-dilar 1000-yilda 1–30 mm gacha yigʻiladi.
Materik yon bagʻrining asosida terrigen choʻ kindilar eng tez toʻpla-nadi (1000-yilda 100 mm).
Okean choʻkindilarining asosiy qismi zarrachalar shaklida yoki erigan holda materiklardan keladi.
Choʻkindilarning miqdori va xili iqlim, vertikal, gorizontal va sirkumkontinental zonallikka,
shuningdek, tektonik rejimga bogʻliq.
Okean suvi 
Yer
mantiyasi moddalarining differensiatsiyasi mahsulidir. Okeandagi botiklarning
paydo boʻlishi haqida turli gipotezalar bor. Chuqur suv havzalaridan iborat hozirgi Okean kamida
yura davridan beri mavjud, chunki Okean tubida bundan qad. jinslar topilganicha yoʻq. Boʻr davri
va kaynozoy erasida havzalar yanada chuqurlashdi va abissal choʻkindilar toʻplanib bordi. Yaqin
geologik oʻtmishda chekka geosinklinal havzalar hisobiga materik chetlari oʻsib borgan.
Geosinklinal dengizlar botiqlaridagi ancha qalin choʻkindilar Okeanning juda qadimiyligidan
dalolat beradi. Okean tubi yirik relyef shakllarning vujudga kelishida 
Yer
poʻstining vertikal va
gorizontal harakatlari muhim rol oʻynadi (qarang 
Yer
).
Okean suvi 
oʻrtacha 35 g/l konsentratsiyali tuzlar eritmasidan iborat
. Okeanda hammasi boʻlib
5-YU22 g erigan tuzlar bor. Okean tuzlari massasi tarkibi materiklardan keladigan
choʻkindilarning erishi, atmosfera bilan modda almashish jarayoni va Okean tubi choʻkindilari,
shuningdek, dengiz organizmlarining hayot faoliyati natijasida tartibga solib turiladi. Ti, Mn, Zr va
boshqa baʼzi metallarning ionlari gidroliz natijasida koagulyasiyalanadi va gid-rooksidlar shaklida
Okean tubiga choʻkadi. Dengiz suvining bir kancha mikroelementlari — Si, Pb, Mo, Hg, Zn, U, Ag,
siyrak yer elementlari va boshqa turli xil tabiiy sorbentlar — organik modda, temir va marganets
gidrooksidlari, kalsiy fosfat, silikatlar bilan adsorbsiyalanish yoʻli orqali choʻkadi.
Kelib chiqishi va geologik tarixi
Suvlari geokimyosi

Download 57,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish