Intoq - («so‘zlatish», «gapirtirish») badiiy asarda hayvonlar yoki jonsiz narsalarni odamlarga o‘ xshatib so‘zlatishni nazarda tutadi.
Talmih - («nazar solmoq») she’r yoki nasrda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar, adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilmoq san’atidir.
Senga bersun ilohi Nuh umrin,
Manga ham furqatingda sabri Ayyub.
Bu g‘am kim bizdadur, bu husn sizda,
Seni Yusuf desunlar, bizni Ya’qub.
Istiora - arabcha so‘z bo‘lib, «biror narsani omonatga (vaqtincha) olmoq» degan ma’noni ifodalab, adabiy asarda so‘zni o‘z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, aniqrog‘i uni haqiqiy ma’nosida emas, balki majoziy bir ma’noda qo‘llash san’ati sanaladi.
Furqatingdan za’faron uzra to‘karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar. (A.N.)
LAFZIY SAN’ATLAR
Tajnis (jinos) - she’r baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so‘zni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’atidir.
Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shaqg‘a qulluq yozamen. (L.)
Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqoli
G‘amza o‘qin qoshiga yolabdurur. (A.N.)
Iyhom - (shubhaga solish) mumtoz adabiyotda haqiqiy va majoziy ma’nolarga ega, yohud shaklan bir, ma’no jihatidan har xil bo‘lgan (jinsdan) so‘z yoki so‘z birikmasini she’riyatda qo‘llagan holda bir baytda ikki xil ma’noni ifoda etish san’atidir.
Qondin elga yoydi tifli ashk sirrimni mening,
Chunki men ul yoshni hargiz sohib asror etmadim. (B.)
misralaridagi «qondin» so‘zi o‘z (qon bilan) ma’nosidan tashqari «qayerdan», «qanday qilib» ma’nosini ham, shuningdek yosh so‘zi «yosh go‘zal» hamda «ko‘z yoshi» ma’nosini ifodalashi tufayli, bayt ikki xil anglashilishi mumkin.
Tanosub - she’r baytlarida ma’no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llab, ular vositasida obrazli ifodalar, lavhalar yaratish san’atidir.
Sen husn ila boysan, senga chun farz durur haj,
Qil tengri uchun Ka’bai ko‘nglimni ziyorat. (L.)
baytida haj voqeasi bilan aloqador tushunchalarni bildiruvchi haj, farz, tengri, Ka’ba, ziyorat so‘zlarining bir o‘rinda keltirilishi shoirga oshiq va mahbuba munosabatlarini ta’sirchan ifodalashga yordam bergan.
Tazod - (zid qo‘yish, qarshilantirish) san’ati baytda ma’no jihatidan o‘zaro zid, qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlarni qo‘llab ta’sirchan badiiy timsollar, lavhalar yaratishni nazarda tutadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |