Mubolag‘a arab tilida «kattalashtirish, kuchaytirish» ma’nosini bildirib, adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo‘rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati demakdir.
Gul yuzung hajrida chiqsa o‘ tlug‘ ohim gohlar,
Ko‘ kda gulnoriy bulutlardek kezar ul ohlar. (A.N.)
Tablig‘ – aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘ lgan mubolag‘adir.
Kecha kelgumdur debon ul sarvu gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi. (A.N.)
Ig‘roq - belgi yoki harakatni aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham hayotda yuz berishi mumkin bo‘lmagan tarzda kuchaytirib tasvirlash demakdir.
Chu oshiq ongladi qilg‘och taammul,
Ki yeldin tushkudekdur yer uza gul.
Er o‘pmaklikka majnundek ham o‘ldi,
Quyosh ostida gardundek ham o‘ldi.
Ko‘tardi orqasiga bodboni,
Nechukkim bodpo ul dilraboni.
Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo,
Bo‘lub olinda qasru havz paydo,
Qadamni qo‘ydi qasr ayvoni sori,
Salomat raxshi birla shahsuvori. (A.N.)
G‘uluv – aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lmaydigan tarzda tasvirlash san’ati:
Oh ursa olamni buzar tovushi,
To‘qson molning terisidan kovushi. («Alpomish».)
Tashbih - «o‘xshatish» ma’nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o‘ rtasidagi haqiqiy (real) yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’atidir.
Labing g‘uncha, yuzing ikki qiqzil gul,
Qading sarvu, soching go‘yoki sunbul. (F.)
Tamsil - «misol keltirish» ma’nosini bildirib, she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy hodisani misol qilib keltirishga asoslangan san’atdir.
Orazin yopqach, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lach quyosh. (A.N.)
Husni ta’lil - arabcha «chiroyli dalillash» ma’nosini bilidiradi. Adabiy asarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoriona biron sabab ko‘ rsatish san’ati shu nom bilan ataladi.
Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzingga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach. (A.N.)
Tajohuli orif - «bilib turib bilmaslikka olish» ma’nosini ifodalovchi she’riy san’at shoirning baytda aks ettirilayotgan biron obrazni iborani aniq aytmasdan o‘zini bilib bilmaslikka olgandek ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Menglaring mushki Xo‘tan yo nuqtai jondur, begim?
Englaring vardi Eram yo bog‘i rizvondur, begim? (A.)
Ey begim, ushbu yuz degul, shams bila qamarmudur?
Ey begim, ushbu so‘z degul, shahd bila shakarmudur? (Atoyi.)
Tashxis - («jonlantirish») hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarga inson xususiyatlarini ko‘ chirish san’atidir.
O‘ldururg‘ a bir-biri birla qoshing kengoni etib,
Besh qo‘shub angi iki nargis degan xunxor ham. (F.)
Do'stlaringiz bilan baham: |