Nufuzga ega bo‘lish. Nufuz tadbirkorning obro‘-e’tiborli bo‘lishini, o‘z nomiga putur yetkazmaslikni, firma nomiga sodiqligini va uni e’zozlashni bildiradi.
Tadbirkor o‘z ishlab chiqarish faoliyatini o‘zi boshqaradi, davlat uning ishiga aralashmaydi, balki tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va uning daxlsizligini kafolatlashi orqali qulay muhit yaratadi.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan tadbirkorlikka iqtisodiy kategoriya, xo‘jalik yuritish usuli va iqtisodiy fikrlash tipi sifatida qaralishi mumkin. Agar biz tadbirkorlikka iqtisodiy kategoriya sifatida qaraydigan bo‘lsak, dastavval uning subyekti va obyekti masalasini hal etib olishimiz zarur bo‘ladi. Pirovardida esa, tadbirkorlik faoliyatining asosiy ko‘rinishlari va tashkiliy shakllari ham uning subyekti va obyektiga uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatining subyekti dastavval xususiy shaxs bo‘lishi mumkin. Bu tadbirkorlar ishlab chiqarish faoliyatini o‘z mehnatlari yoki yollanma ishchilar hisobiga tashkil etadilar.
Tadbirkorlik faoliyati ma’lum guruhga birlashgan kishilar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Ularni umumiy iqtisodiy manfaatlar va shartnoma munosabatlari birlashtiradi. Jamoa tadbirkorligi sifatida aksiyadorlik jamiyatlari, ijara jamoalari, kooperativlar faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida yana davlat mutasaddi tashkilotlari ishtirok etishi ham mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatining obyekti – daromadni maksimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish omillarining samarali kombinatsiyalashuvidir. Tadbirkor bu borada xo‘jalik yurituvchidan o‘zining tashabbuskorligi bilan doimo ajralib turadi. Chunki tadbirkor oddiy xo‘jalik subyektidan ishlab chiqarish omillarining doimo yangi kombinatsiyalashuvini topishga intilishi bilan farq qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatining subyekti va obyektining o‘ziga xosligi uning juda ko‘p ko‘rinishlariga hamda shakllariga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Masalan, kichik biznesda tadbirkorlikning quyidagi turlarini farqlaydilar:
Faoliyatning yo‘nalishi bo‘yicha: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va innovatsion tadbirkorlik.
Moliya, xususan, biznes sohasida hech kim o‘zini har tomonlama bilimdon mutaxassis, deb aytolmaydi. Har birimiz u yoki bu masalalarda xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Biznesda mutlaq ishonchli tushuncha yo‘q. Unda har bir odam o‘z tashvishiga yugurib yeladi. Biznes dunyosida matematikadagi «aksioma»larni kam uchratamiz. Biroq, shunga qaramasdan, ma’lum qoidalarga amal qilinadi. Ana shunday qoidalardan biznes olamida mashhur nazariyotchi va amaliyotchi Gerbert Nyuton Kesson o‘zining mashhur «Puldorlik san’ati» kitobida pul topish va asrash borasida 12 ta qoidani tavsiya qiladi:
Pulni o‘zingiz bilgan narsaga qo‘ying.
Ta’sirlarga berilmang.
Rejalar hisobiga emas, mulk hisobiga pul qiling.
Sotish mumkin bo‘lgan narsalargagina pul sarflang.
O‘z foydangizni oling.
Bankiringizning so‘zlarini tinglang.
Narxlar arzonligida sotib olib, qimmatligida soting.
Pulingizning har doim aylanib turishini ta’minlang.
Qancha pul qo‘yish mumkin bo‘lsa, shuncha qarz oling.
Manmanlik uchun emas, ishingizni rivojlantirish uchun qarz oling.
Hech qachon qarz bermang.
Pulingizni butun boshli tarmoqqa qo‘yib, narxning tebranishini kuzatib boring.
Bu qoidalar sarmoyaga ega bo‘lgan va uni yo‘qotishni istamaganlarga mo‘ljallangan.
Siz bozorda qanday tovar, xizmat turlarini taklif qilayotganingiz xususida aniq tasavvurga ega bo‘lishingiz kerak. Dastlab o‘zingiz qila oladigan narsadan nimani sotish mumkinligini hal qilib, so‘ngra ishlab chiqarish kerak. Yangilikka intiling.
Bu to‘g‘rida o‘ylab turish o‘rinsizdir. Chunki bu bozorning muhim regulatorlaridan biridir. Esda tutingki, raqobatchilarga qarshi kurashda sizda uch beqiyos qurol mavjuddir. Ular:
Jahon bozoridagi tajribada raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud:
Agar raqobatchilar kuchi teng va strategiyalar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, bozorda muvozanat uzoq saqlanmaydi, ular o‘rtasida kelishmovchilik susaymaydi.
Sizning raqobatchingiz hamma narsadan xabardor deb biling.
Raqobatchilar g‘ashini keltiradigan harakatlar qilmang.
Sizning harakatlaringiz o‘zingizning imkoniyatlaringizga mos ekanligiga raqobatchingizni ishontiring.
Firmaning bozordagi ulushlariga qarab, raqobat ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
Ilg‘or – 40 %;
Ilg‘orlikka da’vogar – 30 %;
O‘rtamiyona – 20 %;
Bozorda uncha omadi kelmagan – 10 %.
Do'stlaringiz bilan baham: |