X ususiy tadbirkorlik – tadbirkorlikning mazkur turi jismoniy shaxs va korxona tomonidan xususiy tashabbus orqali o‘z mablag‘larini ishga tushirish asosida tashkil etiladi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlar soni 3,5 mln. kishini tashkil etadi. Ular asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilik sohalarida faoliyat ko‘rsatishadi.
Jamoa tadbirkorligi – fuqarolar guruhi, jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘i hisobiga tashkil etiladi.
Jamoa tadbirkorligi O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi aholining o‘ziga xos xususiyatlari, mentalitetini o‘zida mujassam etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |