3-MAVZU: BIZNESDA MAQSADNING AHAMIYATI YOKI STRESS MENEJMENT
Mulk egasi bo‘lish. Tadbirkorlikning o‘z mulki bo‘lgani yaxshi, lekin u hech qanday mulkka ega bo‘lmasdan ham ish yuritishi mumkin. Lekin tadbirkor o‘z mulkiga ega bo‘lsa, o‘zgalar mulkini ijaraga olib ishlagandan yaxshiroq iqtisodiy samara olishga harakat qiladi.
Iqtisodiy faoliyat erkinligi va mas’uliyatni taqsimlash mustaqilligi. Tadbirkor bozor talabini qondirish maqsadida o‘zi tanlagan sohada faoliyat ko‘rsatishi, o‘zi xohlagan mahsulotni qanday va qayerda ishlab chiqishni, ularni kimga, qachon va qanchaga sotishni, o‘ziga hamkor topishni shaxsan o‘zi hal qiladi. Mazkur iqtisodiy munosabatlar jarayonida unga tazyiq ko‘rsatilishi tamomila inkor etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |