Variant-20
Xasanov Komiljon IM-90
Savol:
1. Fridmanning monetar maktabi.
2. Me’yoriy unumdorlik nazariyaning axloqiy tomonlari.
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi.
Javob:
1. Fridmanning Monetar maktabi bozor iqtisodiyotini o‘z-o‘zidan tartiblanuvch tizim sifatida baholab, uning narx mexanizmining o‘zi bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini ta’kidlaydilar. Bunday tizimga davlat tomonidan har qanday aralashuv bozorning o‘zini-o‘zi tartibga solish mexanizmini ishdan chiqaradi. Davlatning pul vositasida yalpi talabni rag‘batlantirishi esa pirovardida inflyasiya jarayonlarining kuchayishini keltirib chiqaradi.
Monetaristlar iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘lishini ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar. Bandlikning bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif kasb etadi. Agar bandlik darajasi muvozanat darajasidan ortiq bo‘lsa, bu inflyatsiyaning jadallashuviga, agar kam bo‘lsa, deflyasiyaning jadallashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish bo‘yicha siyosat ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan chetlanishiga, ishlab chiqarish hajmi va band bo‘lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga keltirish uchun monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan foydalanishni tavsiya etadilar.
2. Marjinalizm (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subʼyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinalim meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.
Marjinalim iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ishlab chiqarish jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga imkon beradi.
SSSR davrida Marjinalim markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli Marjinalizmning asosiy gʻoyalari tan olina boshlandi.
3. Korxona ishlab chiqarish hajmini oʻstirish uchun qisqa davrda faqat oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshoatlar maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin.
Boshqacha aytganda qisqa davr oraligʻida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini koʻpaytirish orqali oʻzgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir.
Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining oʻzgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogʻida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |