ISH HAQINI BELGILASH
Tadbirkorlik faoliyatida ish haqining to‘g‘ri belgilanishi davlat tomo- nidan tartibga solinadi. Ish haqini belgilash tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Tarif tizimi - mamlakat mintaqasi, tarmoqlar, ishlab chiqarish turlari, xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ish haqi da- rajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmuyi.
Tarif tizimi o‘z ichiga tarif-malaka ma’lumotnomalari, tarif stavkalari, tarif setkalari, ish haqiga nisbatan qo‘llaniluvchi turli koeffitsiyentlarni oladi:
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi
Mehnatga haq to’lash razryadlari
|
Tarif koeffitsiyentlari
|
Mehnatga haq to’lash razryadlari
|
Tarif koeffitsiyentlari
|
1
|
2,476
|
12
|
6,115
|
2
|
2,725
|
13
|
6,503
|
3
|
2,998
|
14
|
6,893
|
4
|
3,297
|
15
|
7,292
|
5
|
3,612
|
16
|
7,697
|
6
|
3,941
|
17
|
8,106
|
7
|
4,284
|
18
|
8,522
|
8
|
4,640
|
19
|
8,943
|
9
|
4,997
|
20
|
9,371
|
10
|
5,362
|
21
|
9,804
|
11
|
5,733
|
22
|
10,240
|
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
MEHNAT UNUMDORLIGI VA UNI HISOBLASH
Korxonada ishchilarga ish haqining to‘g‘ri va adolatli belgilanishi ish- chilarning mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat unumdorligi - ishchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati.
Mehnat unumdorligi ma’lum bir vaqt oralig‘ida ishchi mehnatining har bir birligi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi:
Bu yerda: MU - mehnat unumdorligi; M - mahsulot, V - sarflangan ish vaqti.
Bundan ko‘rinadiki, ishchining mehnat miqdori u tomonidan ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va boshqalar bilan belgilanadi.
MEHNAT UNUMDORLIGINI O‘STIRISH OMILLARI
Tadbirkor o‘z korxonasidagi mehnat unumdorligini oshirib borishga harakat qilishi lozim. Chunki mehnat unumdorligining o‘sishi korxonadagi mehnat resurslaridan samarali foydalanilishini anglatadi. Mehnat unum- dorligini o‘stirish omillari iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish omillariga bo‘lib o‘rganiladi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Mehnat resurslari nima va u o‘z ichiga kimlarni oladi?
Mehnat shartnomasi nima uchun zarur?
Ish haqi nima va uning tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyati qanday?
Nominal va real ish haqi tushunchalari nimani anglatadi?
Tarif tizimi nima? U o‘z ichiga qanday asosiy jihatlarni oladi?
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi to‘g‘risida ma’lumot bering.
30-MAVZU
RAQOBATDOSHLIKNI TA’MINLASH
O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadr- lar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
RAQOBAT VA UNING VAZIFALARI
Bozor mexanizmining muhim va ajralmas jihati raqobat hisoblanadi.
R Raqobat - bu yuqori natija va mavqega ega bo'lish uchun bozor^
^ishtirokchilari o'rtasidagi iqtisodiy kurashdir.J
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni muvaffaqiyatli yuritishingiz uchun, albatta, raqobat to‘g‘risida yetarli bilimga ega bo‘lishingiz lozim.
Raqobatning bir qator asosiy vazifalari mavjud.
RAQOBAT SHAKLLARI
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishingizni tanlashdan avval uning qanday raqobat sharoitida amal qilishini oldindan bilishingiz muhim hi- soblanadi. Raqobatning to‘rtta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Erkin raqobat - bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjudligi sharoitidagi ra- qobatdir.
Erkin raqobatning xususiyatli belgilari:
alohida korxona yoki tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mah- sulotni tarmoq umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushining katta emas- ligi;
ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulot narxi ustidan nazorat o‘rnata olmasligi;
tarmoqqa kirish va undan chiqishning erkinligi.
Masalan, siz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tadbirkorligi bilan shug‘ullansangiz, u holda erkin raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Sof monopoliya - bu tarmoqda yagona ishlab chiqaruvchi mavjud bo‘lib, u yakkahukmronlik mavqeyiga ega bo‘lgan bozor holatidir.
Sof monopoliyaning xususiyatli belgilari:
tarmoqdagi barcha mahsulotning yagona korxona tomonidan ishlab chiqarilishi;
ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulot narxi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishi;
tarmoqqa kirish va undan chiqishning o‘ta qiyinligi.
Monopolistik raqobat - bu bir vaqtning o‘zida ham raqobat, ham monopoliya xususiyatlariga ega bo‘lgan raqobatdir.
Monopolistik raqobatning xususiyatli belgilari:
tarmoqdagi bir turdagi mahsulotlarning bir necha o‘nlab korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi;
o‘z mahsulotini boshqa shu turdagi mahsulotlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilishi;
ishlab chiqaruvchining o‘z mahsuloti narxi ustidan qisman nazorat o‘rnata olishi;
tarmoqqa kirish va undan chiqishning ma’lum darajada qiyinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |