Topshiriqlar:
1.Somotoskopiya tekshirish usulini o’tkazing va jadvalni to’ldiring.
№
|
Tekshirilayotgan a’zolar va shakli
|
Tekshirish natijalari
(so’z bilan yoziladi)
|
1.
|
Teri
|
(elastik yoki elastik emas)
|
2.
|
Skelet va muskul
|
(rivojlangan, rivojlanmagan)
|
3.
|
Ko’krak qafasi
|
(tsilindirik, yassi, konussimon)
|
4.
|
Oyoq shakli
|
(normal, O tipda, X tipda)
|
5
|
Yassi oyoqlilik
|
(normal, yassi oyoq)
|
6
|
Qomat shakli
|
(normal, egilgan, lordoz, kifoz, skolioz)
|
2.Somotometrik o’lchamlarni aniqlang va jadvalni to’ldiring.
Bo’y uzunligi (sm.)
|
Vazn (kg.)
|
Ko’krak aylanasi (sm.)
|
Bosh aylanasi (sm.)
|
Tik turganda
|
O’tirganda
|
|
|
|
|
|
1.Spirometr yordamida o’pkaning tiriklik sig’imi o’lchab jadvalni
to’ldiring va normaga solishtiring.
Havo turi
|
Havo miqdori (ml)
|
Natija
|
Norma (o’rtacha)
|
Nafas olish havosi
|
|
500
|
Qo’shimcha havo
|
|
1500
|
Rezerv havo
|
|
1500
|
O’pkaning tiriklik sig’imi
|
|
3500
|
Qo’l dinamometri yordamida muskullar kuchini aniqlab, jadvalni to’ldiring va norma bilan solishtiring.
Yosh
|
O’ng qo’l
|
Chap qo’l
|
Norma (o’rtacha)
|
O’g’il bola
|
Qiz bola
|
O’ng qo’l
|
Chap qo’l
|
O’ng qo’l
|
Chap qo’l
|
|
|
|
49,3
|
29,7
|
45
|
37,7
|
2 – amaliy mashg’uloti
Orqa miya reflekslarini o’rganish.
Maqsad: Orqa miya reflekslari, jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ta’siririni tajribalar orqali o’rganish.
O’quv jihozlari: Ilmoqli shtativ, preparat tayyorlash uchun asboblar, sekundomer, tanometr, fonendoskop, paxta, ilmoq, НСL kislotaning 0,5 va 1% li eritmasi, 1% li novokain, suv, fiziologik eritma, tirik baqa.
Laboratoriya ishining nazariy qismi:
Orqa miya reflekslarini aniqlash.
Baqaning faqat bosh miyasini kesib, pastki jag’idan shtativ ilmog’iga osib qo’yiladi. Kichik stakanga 0,5% li xlorid kislota quyib, baqaning orqa oyog’i shu eritmaga tushiriladi. Bu vaqtda u oyog’ini tortib oladi, so’ngra boldir terisini halqa shaklida kesib, shilib olinadi. Oradan 1-2 minut o’tgach, baqaning o’sha oyog’iga 0,5% li НСL kislota bilan yana ta’sir etiladi. Lekin bu safar u oyog’ini tortib olmaydi, chunki endi retseptor, ya’ni refleks yoyining bir elementi olib tashlandi. Terisi kesilmagan oyog’iga kislotaning kuchliroq eritmasi bilan ta’sir etilsa, baqaning faqat shu oyog’igina emas, balki ikkinchi oyog’i va butun tanasi harakatga keladi.
Baqaning orqa miya organlarida refleks borligini ko’rgandan keyin, uning bir oyog’i sonining orqa tomonidagi terisini kesib, muskullar orasidan quymich nervi topiladi. Uning tagidan ip o’tkazib olinadi. So’ngra shu oyog’i kislotaning kuchli eritmasiga botirilsa ham u qisqarmaydi, ya’ni efferent nerv tolasi buzilganligi sababli refleks hosil bo’lmaydi. Buni shu nervga novokain ta’sir ettirib ham kuzatish mumkin, bunda o’tirg’ich nervi novokain ta’sirida 1- 2 minutda sezuvchanligini yo’qotadi.
Orqa miya kanaliga maxsus simfinder kiritib asab tizimi buziladi. Shundan keyin baqaning oyog’i kislotaga tegizilsa ham refleks hosil bo’lmaydi.
Odamdagi proprioretseptiv reflekslarni kuzatish.
Odamda muskul, pay va bo’g’imlarda joylashgan retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida hosil bo’ladigan reflekslar proprioretseptiv reflekslar deb ataladi. Bunga tizza refleksini hamda Axillov payining refleksini olish mumkin.
1.Tizza refleksi. Tekshirilayotgan odam oyog’ini chalishtirib o’tiradi. Agar uning to’rt boshli muskuli payiga maxsus bolg’acha bilan sekin urilsa, boldir muskullari (oyog’i) yoziladi. Bunda reflektor yoyi III-IV bel segmentlari atrofida tutashadi.
2. Axillov refleksini ko’rish uchun tekshirilayotgan odam stulga tizzasi bilan cho’kkalab o’tiradi. Agar Axillov payiga bolg’acha bilan sekin urilsa, oyoq panjalari yoziladi, bunda reflektor yoyi I-II dumg’aza segmentlari atrofida tutashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |