OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TABIIY VA ANIQ FANLAR” KAFEDRASI
YOSH ANATOMIYASI , FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI
FANIDAN LABARATORIYA VA AMALIY MASHG’ULOTLARI
UCHUN TALABA ISH DAFTARI
(o’quv-uslubiy qo’llanma)
SHAHRISABZ-2021
Tuzuvchilar: N.J.Toshmanov – pedagogika fanlari nomzodi,
Zoologiya va anatomiya ‖ kafedrasi dotsenti.
N.Sh. Mannapova – ―Zoologiya va anatomiya kafedrasi dotsenti.
D.R.Abdullayeva – biologiya fanlari nomzodi, ―Zoologiya va anatomiya ‖ kafedrasi dotsenti..
Taqrizchilar: P.B. Xaydarova – biologiya fanlari nomzodi, ―Zoologiya va anatomiya kafedrasi dotsenti.
A.Qo’chqorov – biologiya fanlari nomzodi, Toshkent viloyati pedagog xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti katta o’qituvchisi
O’quv – uslubiy qo’llanmada ―Yosh fiziologiyasi va gigiena‖ fanidan har bir amaliy mashg’ulotlarning maqsadi, kerakli o’quv jihozlari, mashg’ulotтing nazariy qismi va talabalar bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar keltirilgan. Bu o’quv – uslubiy qo’llanma pedagogika oliy o’quv yurtlarining barcha bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan.
O’quv – uslubiy qo’llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o’quv – metodik kengashining 2014 yil _______dagi _____sonli yig’ilishida muhokama etilgan va chop etishga tavsiya etilgan.
KIRISH
Yosh anatomiyasi,fiziologiyasi va gigiyena fani turli yoshdagi organizmning o’ziga xos fiziologik xususiyatlari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, organizmga tashqi muhitning ta’siri masalalari yuzasidagi muammolar yechimlari haqidagi fan. Turli sharoitda bolalar va o’smirlar organizmini sog’lomlashtirish, O’zbekiston kelajagi bo’lgan sog’lom avlodga ta’lim – tarbiyani gigienik normativlar asosida yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega.
Fanning asosiy maqsadi talabalarda ta’lim - tarbiya jarayonida turli yoshdagi bolalar va o’smirlar organizmining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish haqida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir. Talabalarga ta’lim – tarbiya jarayonida bolalar va o’smirlar sog’lig’ini himoya qilish, litsey va kollejlar shart-sharoitlari, jihozlanishi va o’quv yuklamaning organizmga ta’sirini o’rganish asosiy vazifasi hisoblanadi.
Tavsiya etilayotgan o’quv – uslubiy qo’llanmada fandan o’tkaziladigan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarning nazariy qismi, talabalar bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar, joriy nazorat savollari keltirilgan.
Talabalar bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar asosan jadval asosida keltirilgan bo’lib, olingan natijalar asosida jadvallar to’ldiriladi va izohlanadi.
O’quv – uslubiy qo’llanma pedagogika oliy o’quv yurtlarining barcha ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda talabalar faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish baholash uchun ko’pgina qulayliklarlarga ega. Darsni mazkur qo’llanma asosida tashkil etishning birinchi sharti talaba uyda o’tilishi kerak bo’lgan mashg’ulotning nazariy qismini o’rganib kelishidir.
1– amaliy mashg’uloti
Do'stlaringiz bilan baham: |