Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 1,3 Mb.
bet45/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Biosferaning tuzilishi va evolyusion jarayonlarning qonuniyatlarini ta’riflang.

  2. Zamonaviy sintetik evolyusiya nazariyasini ta’riflab bering.

  3. Etologiya fani nimani o‘rganadi?

  4. Inson va hayvonlar orasidagi farqni tushuntiring.

  5. Yer po‘sti tuzilishidagi «Kislorod qirolligi» iborasini nimani anglatadi?

  6. V.I. Vernadskiyning Noosfyera ta’limotiga izoh bering.

  7. Ijtimoiy biologiya fanining vazifasi nimalardan iborat? •

  8. Instinktlarning hayvonlar hayotidagi ahamiyatini ta’riflab bering.


9-MAVZU. SIHAT - SALOMATLIK VA SOG‘LOM HAYOT TARZI
Reja:
  1. Salomatlik va sog‘liqni saqlash.

  2. Sog‘lom turmush tarzi.

  3. Demografik va oziq-ovqat muammolari



  • Tayanch ibora va atamalar:



Inson, ekologiya, paleontologiya, embriologiya, organizm, organlar sistemasi, fiziologiya, organizm, embrionning rivojlanishi, biokimyo, biosfera, oila, professional, yosh-jins guruhi, aholi, qatlam, salomatlikning tiplari, demografik va oziq-ovqat muammolari, sog’lom turmush tarzi va h.z.


9.1.Salomatlik va sog‘liqni saqlash


«Salomatlik» tushunchasi insonga, xos bo‘lgan ikki muhim holatlardan birini anglatadi. Unga «xastalik» tushunchasi qarama-qarshi hisoblanadi. Salomatlik haqidagi ta’limot uzoq taraqqiyot davrini bosib o‘tgan. Uning negizi O‘adimiy Yunoniston va O‘adimiy Rim tabiiyotshunosligiga hamda falsafasiga borib taqaladi.
Salomatlik - individual psixomatik (ruhiy) holat bo‘lib, insonning asosiy hayot ehtiyojlarini oqilona qondira olish qobiliyati orqali ifodalanadi. Salomatlik biologik salohiyat (nasliy imkoniyatlar) hayot faoliyatining fiziologik zahiralari, normal ruhiy holat hamda insonning barcha qobiliyatlarini (genetik ustuvor xisoblangan) ro‘yobga chiqarishning sotsial imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Salomatlikning, uni etkazuvchilar kimlar ekanligiga (inson, guruh, aholi) bog‘liq ravishda quyidagi tiplari ajratiladi:

  • Individual salomatlik (inson, shaxs);

  • Guruh salomatligi (oila, professional, yosh-jins guruhi, aholi, qatlam);

  • Aholi salomatligi (populyasion, ijtimoiy).

Salomatlikning tiplariga mutanosib ravishda uning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
Insonlarning aksariyat qismi go‘daklik chog‘idanoq salomatlik deb atalgan holatga moslashib ketadilar-ki, u haqda faqatgina eng so‘nggi vaqtdagina, tibbiyotshunosga (tabibga) uchrash zaruriyati tug‘ilgandagina fikrlay (qayg‘ura) boshlaydilar. Inson salomatligi bolalikdan shakllana boshlaydi. Fanning isbotlashicha, salomatlikning 50 foiz - turmush tarzi, 20 foiz - nasliy, 20 foiz - atrof-muhit holati va taxminan 10 foiz tibbiyot va sog‘liqni saqlash imkoniyatlari xisobiga ta’minlanadi. Salomatlikni saqlash va mustahkamlashda jismoniy tarbiya hamda sport muhim o‘rin tutadi (zamonaviy professional sport bundan mustasno).
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida salomatlik tushunchasining 100 dan ziyod talqini mavjud. Ammo, ularning barchasi uchun Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti Nizomida keltirilgan quyidagi talqin asos bo‘lib xizmat qiladi. «Salomatlik to‘la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jahatdan ravnaq topish holati hisoblanib, hastalik hamda jismoniy nuqsonlardan holi bo‘lmaydi». Mavjud bo‘lgan salomatlik tushunchalarining birortasi ham etalon xisoblanmaganligi bois, insonning salomatligi haqida antropometrik (jismoniy rivojlanish), tibbiy-fiziologik (jismoniy tayyorgarligi) va laboratoriya tadqiqotlari natijasida hosil qilingan ob’ektiv ma’lumotlar asosida fikr yuritiladi. Bunda yosh-jinsiy, professional, vaqtinchalik, ekologik-etnik kabi o‘rtacha statistik ko‘rsatkichlar albatta inobatga olinadi. Mazkur mutanosib ko‘rsatkichlar asosida, individ tomonidan, salomatligi haqida e’tiroz bildirilmagan vaziyatda «Sog‘lom» tashxisi qo‘yiladi. Nazariy tibbiyotda hamda jismoniy tarbiyada «Mutloq salomatlik» tushunchasi ham mavjud. Unda inson salomatligini shartli ravishda kosmonavtning uchish oldidan bo‘lgan salomatligiga taqqoslashadi.
Hozirgi vaqtda «Salomatlik o‘lchovi (metriya zdorovya)», ya’ni salomatlikning miqdoriy-sifat o‘lchovi ishlab chiqilmoqda. Salomatlik, oddiy yashash uchun kurashdan, to to‘laqonli sog‘lom hayotgacha (a’lo salomatlik) 5 bosqichgacha ajratiladi (salomatlik reytingi).
Salomatlik darajalarini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki, uning yordamida keng miqyosdagi muammolar, professional saralashdan tortib, to oqilona tartibdagi hayotiy faollikni, ovqatlanishni, dam olish va boshqalarni belgilash mumkin.
Davlat ijtimoiy siyosatining tavsifi va yo‘nalishini aholining salomatlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil etiladi. Unda tug‘ilish va o‘lim, nogironlashuv va umr ko‘rish davri, kasallik va o‘lik tug‘ilish kabi ko‘rsatkichlarga alohida ahamiyat beriladi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining yosh-jins tarkibi o‘ziga xos, yoshlar mamlakat aholisining 60 foiz ni tashkil etishi, o‘rtacha umr ko‘rish va tabiiy o‘sishning yuqori darajada ekanligini inobatga olgan holda, aholini ijtimoiy himoya qilish qonunlariga asoslangan demografik siyosatning amalga oshirilishi ham yuqoridagilar asosida yuzaga kelgan. Ayni paytda, salomatlikni mustahkamlash borasida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportga ustuvor ahamiyat berilishi va rivojlantirilishi ham bejiz emas.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish