Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Biosferaning rivojlanishida inson faktorining o‘rni



Download 1,3 Mb.
bet44/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

8.5. Biosferaning rivojlanishida inson faktorining o‘rni
Noosfyera ta’limotining markaziy mavzularidan biri, biosfera va insoniyatning birligidir. Vernadskiy o‘z izlanishlarida, insoniyat taraqqiyotidagi biosfera uyushqoqligining ahamiyatini ochib beradi. SHu qatorda, bu, biosfera evolyusiyasida insoniyatning o‘rnini va noosfyeraga o‘tish qonuniyatlarini tushunish imkoniyatini beradi. Vernadskiyning noosfyera nazariyasidagi asosiy g‘oyalardan birida «inson, o‘z qonunlari bilan, tabiatdan tashqarida yashovchi jonzot emas, balki u tabiat ichida mavjud, qolavyersa uning qismi hisoblanadi» deyiladi. Vernadskiy, biogeokimyochi sifatida bu birlikni inson va atrof-muhitning funksional bog‘likligida ko‘rsatishga harakat qildi. Insoniyatning o‘zi tabiat xodisasidir, demak uning hayotiga va fikrlashiga biosferaning ta’siri tabiiydir.
Faqat tabiat insonga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, qayta aloqa ham mavjud. Qolavyersa insonning tabiatga ta’sirini yuzaki, ya’ni ayni atrof- muhitga deb qarash noto‘g‘ri bo‘ladi, uni chuqurroq izlash kerak. Oqibatda sayyoraviy geologik kuchlarning aktivlashuvini ko‘rishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, geologik kuch sifatida inson emas, balki uning ongi va ijtimoiy insonning ilmiy fikri nomoyon bo‘ladi. O‘zining «Filosofskie mыsli naturalista» asarida Vernadskiy shunday yozadi: - «Biz sayyoramizning geologik tarixidagi yorqin davrga kirib borayapmiz. So‘nggi ming yil ichida insoniyatning biosfera o‘zgarishiga ta’siri o‘sib borishi kuzatilyapti. Inson mehnati va ilmiy salohiyati ta’siri ostidi biosfera yangi holatga - noosfyeraga o‘tmoqda».
Biz biosferadagi chuqur o‘zgarishlarning kuzatuvchilari hamda bajaruvchilari hisoblanamiz. SHuningdek, insonning ilmiy zakovati oqibatida atrof muhitning o‘zgarishi stixiyali jarayon emasligini ta’kidlash lozim.
8.6. Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
XX asrning 20-yillariga kelib genetika va darvinizimning uyg‘unlashuvi bilan bir qatorda boshqa yo‘nalishlar ham rivojlana bordi. Shulardan biri ekologiya bo‘lib, u alohida organizmlar va tirik tabiatning majmuasi va uyg‘unligidan iboratdir. Ekologiya - organizmlarning tashqi muhit sharoitiga munosabatini va ularning yashash sharoitiga moslashishi formalarini o‘rganuvchi fandir. Ekologiya darvinizm tufayli paydo bo‘ldi, so‘ngra u darvinizmning rivojlanishiga hissa qo‘shdi hamda yashash uchun kurash jarayonini o‘zida aks ettirdi.
Yangi fanga 1879 yili E. Gekkel ekologiya deb nom berdi. Ekologiya biosferaning evolyusion tuzilishi va rivojlanish qonunlarini butunligicha ochib beradi hamda o‘zaro aloqalar zanjirini o‘rganadi:
Organizm - ko‘payish - tur - biotsenoz - biogeotsenoz - biosfera.
Ushbu tizimda organizm yangi paydo bo‘lish laboratoriyasi rolini bajaradi. Ko‘payish, tabiiy tanlanish harakatining boshlang‘ich ko‘rinishini namoyon etgan holda, elementar evolyusion birlikni, biotik aylanishning asosiy kombinatsiyalarini biotsenozda jamlaydi.
Ekologiya autekologiya va sinekologiyaga bo‘linadi.
Autekologiya turlar va muhit orasidagi o‘zaro munosabatni o‘rganadi. Sinekologiya esa turlarning o‘zaro munosabatini biotsenoz birikmasida o‘rganadi. Autekologiya tabiatga moslashish ko‘rinishlarini tabiiy tanlanish natijasi sifatida ochib bersa, sinekologiya yashash uchun kurashning alohida ko‘rinishlarida ajratib beradi. Albatta, ekologiyaning ikkala tarmog‘i ham o‘zaro bog‘liq va ularning bo‘linishi nisbiydir. Ekologiyada ko‘payish, alohida mazmunga ega hamda o‘ziga xos o‘rin egallaydi, ba’zan ekologiyani biologik fan- «u yoki bu turni aniq yashash muhitida ko‘payishi va yashash qonuniyatini o‘rganuvchi fan deb qaraydilar».
Bir hududda yashab va o‘zaro aloqada bo‘ladigan har xil turlarning yig‘indisi biotsenoz deb ataladi. Ular orasida yirtqich va o‘lja, betaraflar, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro yordam (mutualizm), parazitli munosabatlari bo‘lishi mumkin.
V.N.Sukachev va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan biotsenozlar haqidagi ta’limotda, turli organizmlarning o‘zaro munosabatlarini ko‘p qirrali ekanligi va bu munosabatlar biotsenozni tashkil etuvchi (o‘simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) tuproq va muhitning barcha abiotik omillarining o‘zaro aloqadorligi natijasi ekanligi ta’kidlandi.
Biogeografik izlanishlar bir qator ekologik - geografik o‘zgarishlar qonuniyatlarini aniqab berdi (masalan: tanadagi turtib chiquvchi qismlar - quloq, dum va boshqalar. Sovuq obektlarda nisbatan qisqaroq va issiq joylarda esa uzunroq bo‘ladi).

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish