Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi



Download 1,3 Mb.
bet43/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

Biosfera va inson

Vernadskiy Yerning geologik tarixini tahlil qilib, Biosferani yangi sifatli holatga ya’ni Noosfyeraga o‘tishini ta’kidlagan. Bu o‘tish yangi geologik kuch, insoniyatning ilmiy salohiyati orqali amalga oshadi deb hisoblagan. Lekin Vernadskiyning ilmiy ishlarida Noosfyerani, Biosferaning yangi ko‘rinishi ekanligi haqida aniq, yakunlangan fikrlar yo‘q. Ba’zida, u Noosfyeraga kelajak tushunchasi deb qarasa, ba’zan noosfyeraga kirib kelyapmiz deb hisoblaydi. Ayrim hollarda esa noosfyerani ongli mavjudot yoki ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi bilan izohlaydi.


SHunday qilib Noosfyera nima - xom xayolmi yoki haqiqatdan tirik qolish, hayotni davom ettirish usulimi? Bu savolga ozmi ko‘pmi Vernadskiyning ilmiy ishlari javob bera oladi, sababi ularda Noosfyeraning mavjud bo‘lishi va shakllanishi uchun bir qator shartlar ko‘rsatilgan. Ularni sanab o‘tamiz:

  • Insonlarning sayyoramizdagi barcha yerlarni egallashi;

  • Davlatlararo munosabatlarning va aloqa vositalarining keskin qayta o‘zgarishi;

  • Yer yuzidagi aloqalarning kuchayishi, ayniqsa jami davlatlarning siyosiy aloqalari;

  • Biosferadagi borayotgan geologik jarayonlar ustidan insonning geologik rolini hukumronligi;

  • Biosfera chegaralarining kengayishi, koinotga chiqish;

  • Yangi energiya mabalarini ochish;

  • Barcha irq va diniy qarashdagi insonlarning tengligi; • Ichki va tashqi siyosiy masalalarni echishdagi keng ommaning rolini o‘sishi;

  • Ilmiy izlanish va fikrning, diniy, falsafiy va siyosiy taziyqdan ozodligi va davlat tuzumida yerkin ilmiy fikr uchun qulay sharoit yaratish;

  • Halq ta’limining chuqur takomillashgan tizimini yaratish hamda mehnatkashlar farovonligini oshirish. Kam ovqatlanish, ocharchilik

va qashshoqlikka yo‘l qo‘ymaslik, imkon qadar kasalliklarni kamaytirish;

  • Yer aholisining o‘sishini nazarda tutib, ularning moddiy ma’naviy va ruhiy talablarini qondirish maqsadida, Yer tabiatini aql-idrok bilan o‘zgartirish; • Jamiyat hayotidan urushlarni yo‘qotish.

Mazkur shartlar qanday bajarilayotganini kuzatib ba’zilarida batafsil to‘xtalib o‘tamiz:

  • Insonlarning sayyoramizdagi barcha yerlarni egallashi. Bu shart bajarilgan. Yer yuzida inson oyog‘i etmagan joy qolmadi. Hatto Antarktida ham odamlar yashamoqda.

  • Davlatlararo munosabatlarning va aloqa vositalarining keskin qayta o‘zgarishi. Bu shartni ham bajarilgan deb hisoblash mumkin. Telegraf, telefondan boshlab, televidenie va radio orqali butun dunyo habarlaridan voqif bo‘lamiz. Bir necha yillar avval fantastika deb hisoblangan uyali aloqa, internet oddiy ko‘rinishga aylangan. Vernadskiy shunday deb yozgan: «yaqin kelajakda minglab kilometr masofadagi voqealarni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi». Olimning bashorati amalga oshdi.

  • Yer yuzidagi aloqalarning kuchayishi, ayniqsa jami davlatlarning siyosiy aloqalari. Mazkur shartni to‘liq bo‘lmasa ham bajarilayotganlar sirasiga kiritish mumkin. Misol qilib Birlashgan Millatlar Tashkilotini keltirish mumkin.

  • Biosferadagi borayotgan geologik jarayonlar ustidan insonning geologik rolini hukumronligi. Bu shartni ham bajarilganlar sirasiga kiritish mumkin, lekin insonning geologik kuch sifatida tabora faollashuvi, ekologik muammolar keltirib chiqarmoqda. Yerdan qazib olinayotgan ma’danlarning hajmi, vulqonlardan chiqayotgan kul va lavaning hajmidan ikki barobar ko‘p.

  • Biosfera chegaralarining kengayishi, koinotga chiqish. Vernadskiyning tabiricha Noosfyeraga o‘tish jarayonida Biosferaning chegaralari kengayishi kerak va inson koinotga chiqishi zarur. Bu bashorat amalga oshgan.

  • Yangi energiya mabalarini ochish. SHart bajarilgan, afsuski salbiy oqibatlar bilan. Atom energiyasi insoniyat hayotiga avvalo qurol sifatida kirib keldi. O‘zining «Ocherklar va nutqlar» kitobida Vernadskiy shunday yozadi: «inson yaqin kelajakda atom energiyasini qo‘liga kiritadi, bu shunday kuchki, insonga, o‘z hayotini o‘zi xohlaganicha qurish imkoniyatini beradi… Inson bu kuchdan foydalana olarmikan, uni o‘ziga qarshi emas, ezgulik tamon yo‘naltira olarmikan. Fan yertami kech beradigan bu kuchdan foydalanish uchun inson ulg‘ayganmikan?». YAngi energiyaning qudrati shubhali bo‘lib chiqdi, u bevaqt kashf etildi va nomaqul qo‘llarga tushib qoldi. Atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanishda, halqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun, 1957 yilda MAGATE (Atom Energiyasi bo‘yicha Halqaro Agentlik) tashkil etildi. Hozirgi kunda Agentlik yuzdan ortiq davlatlarni o‘z ichiga oladi.

  • Barcha irq va diniy qarashdagi insonlarning tengligi. Bu bashorat hali bajarilmagan bo‘lsa ham, bajarilish arafasida. Misol qilib koloniyalar va «rasizm» tushunchasi yo‘qolishini keltirish mumkin.

  • Ichki va tashqi siyosiy masalalarni echishdagi keng ommaning rolini o‘sishi. Mazkur shart barcha parlamenti mavjud mamlakatlarda bajarilyapti.

  • Ilmiy fikr va izlanish diniy, falsafiy va siyosiy tazyiqdan ozodligi va davlat tuzumida yerkin ilmiy fikr uchun qulay sharoit yaratish. Ba’zi mamlakatlarda ilm-fan siyosiy, diniy, hattoki falsafiy taziyq ostida bo‘lar ekan, mazkur shartni bajarilgan deb bo‘lmaydi. SHunday bo‘lsa ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda, davlat va jamiyat tuzumi, maksimal darajada yerkin ilmiy fikrning rivoji uchun sharoit yaratmoqda.

  • Halq ta’limining chuqur takomillashgan tizimini yaratish hamda mehnatkashlar farovonligini oshirish. Kam ovqatlanish, ocharchilik va qashshoqlikka yo‘l qo‘ymaslik, imkon qadar kasalliklarni kamaytirish. Bu shart ham bajarilmagan. Osiyo va Afrikaning ko‘pgina davlatlarida, bu shartdagi talablarni kuzatish mumkin emas (Efiopiyadagi ocharchilik, Afg‘onistonda 20 yil mobaynida umuman ta’lim tizimi yo‘qolgan). Vernadskiy, biosferaning noosfyeraga o‘tish jarayonida vaqtincha chekinishlar bo‘ladi deb ogohlantirgan. Har bir jarayon, o‘zining o‘tish davriga ega ekanligini takidlagan.

  • Yer aholisining o‘sishini nazarda tutib, ularning moddiy ma’naviy va ruhiy talablarini qondirish maqsadida, Yer tabiatini aql - idrok bilan o‘zgartirish. Xozirgi davrda ilm-fan, ekologik g‘oyalar ta’sirida rivojlanyapti. Ko‘rsatilgan shartlar XX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab bajarila boshlangan. Yana shuni ta’kidlash lozimki, hech bir davlat ekologik muammolarni (aholi sonining o‘sishi, tibbiyot sohasi, oziq-ovqat tansiqligi va bosh.) yakka holda echishi mumkin emas. Demak bu masalalar umumsayoraviy ahamiyatga ega.

  • Jamiyat hayotidan urushlarni yo‘qotish. Vernadskiy noosfyeraga o‘tishda bu shartga katta ahamiyat qaratgan. Dunyo hamjamiyati jahon urushlariga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa ham, mazkur shartning bajarilishi haqida aniq fikr aytib bo‘lmaydi. SHu kungacha hududiy urushlarni to‘xtatib bo‘lmayapti va insonlar xanuzgacha qurollardan xalok bo‘lyapti.

SHunday qilib Biosferani Noosfyeradan ajratadigan ba’zi shartlarni ko‘rib chiqdik. Bu shartlarning aniq bajarilish muddatini belgilash mumkin emas. Albatta, Noosfyerani insoniyatning kelajakka ishonch ramzi sifatida va inson, ongli ravishda tabiatni ijobiy o‘zgartiradi deb qabul qilish kerak.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish