Ibn Sinoning tibbiyot fanlarini asoslab berish, amaliy tibbiyot so-
hasidagi xizmatlari beqiyosdir. Uning tibbiyotga bag‘ishlangan asar-
larini quyidagicha tasnif etish mumkin:
- nazariy va amaliy tibbiyotning barcha qismlarini o ‘zida jam la-
gan asarlar “Tib qonunlari”, “Tibbiyot urjuzalari”;
- anatomiya va fiziologiyaga bag‘ishlangan asarlar: “Anatomiya
bo'yicha urjuza”, “Badanni boshqarish”, “Ichkilikning nafi va zarar-
lari haqida” va boshqalar;
- gigiyena va salomatlikni saqlashga bag‘ishlangan
asarlar:
“Sayyohlarning rejimi haqida”, “Sog‘lom badan haqida”, “ Sog‘liqni
saqlash haqida”, “Tibbiy maslahatlar”, “Tibbiy vasiyatnomalar” va
boshqalar;
- diagnostika va bemorlarni davolash haqidagi kitoblar: “Tomir
urushi haqida”, “Asab kasalliklar va falajlar”, “Qon quyish metodlari
haqida va boshqalar;
- dorishunoslik bo'yicha asarlar: “Tajribadan o ‘tgan dorilar haqida
urjuza”, “Oddiy dorilaming m e’yorlari haqida”, “Ovqat va dorilar”,
“sachratqi haqida” va boshqalar;
- tibbiyotning boshqa masalalariga bag‘ishlangan asarlar: “Tib ha
qida hikmatli so‘zlar”, “Gippokrat vasiyatlari haqida tibbiy urjuza”,
“Tibbiy lug‘at” va boshqalar.
Ibn Sinoning “Kitob al-qonun fit-tibb” (qisqacha “Qonun”) asarida
o “zigacha bo‘lgan tib masalalari qaytadan qarab chiqiladi va inson or-
ganizmini o ‘rganish sohasida hali ilmda m a’lum boMmagan bir qan-
cha yangiliklar bayon qilinadi. Kitob 5 ta mustaqil asardan iborat:
1. Birinchi kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, bahs mavzusi,
vazifalari,
kasallikning kelib chiqishi, sog‘liqni saqlash yo‘llari.
2. Ikkinchi kitobda kishi anatomiyasi haqida fikr yuritiladi.
3. Uchinchi kitobda 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, iste’mol
qilish usullari.
4. To'rtinchi kitobda ayrim organlaming soch, tim oqlar va
boshqalar kasalliklari suyak sinishi, chiqishi, jarohatlari hamda
davolash usullari borasida m a’lumot beriladi.
5. Beshinchi kitob farmakologiyaga bagMshlangan bo‘lib, mu-
23
rakkab dorilaming organizmga ta’siri, ularni tayyorlash va iste’mol
qilish tamoyillari haqida so‘z yuritiladi.
Ibn Sinoning fikricha, tibbiyotning asosiy vazifasi inson sog‘ lig‘ ini
saqlash, kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini aniqlash, ularga
barham berish vositalarini belgilashdan iboratdir.
Bunga: rukn, mijoz, xilt (sok)lar, a ’zolar, ruhlar,
quvvatlar, ishlar
kiradi. Ruknlarga esa turli jism larni paydo qiluvchi to ‘rt asosiy unsur
— tuproq, suv, olov, havo kiradi.
Bunga: havo, yeyish va ichish, uyqu va uyg‘oqlik, harakat va ha-
rakatsizlik, bo‘shanish, nafsoniy kayfiyatlar kiradi.
Ibn Sinoning falsafiy fanlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi
ham kattadir. Falsafada u o ‘zining panteistik tamoyillaridan kelib
chiqib, ilohiyot va borliq bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchilar
emas, balki bir butun holda mavjud degan xulosaga keladi. Abadiylik
ilohiyotga ham, moddiy olamga ham dahldor. Lekin tangri va moddiy
olam, tabiat m a’lum pog'onalar yordamida bog'lanadi. Zanjirning bir
tom onida tangri —
zaruriy vujud, ikkinchi tomonida tabiat yotadi.
Tabiat tangri ta’siridan shu darajada uzoqki, u o ‘z qonuniyatlari yor
damida voqea bo‘ladi, o ‘zgaradi, rivojlanadi.
Shunday qilib, Alloh va olam bog’lanishi sabab va oqibat
bog‘lanishi tarzida tushuniladi: Alloh abadiy bo‘lganligidan uning
oqibati bo‘lmish olam ham abadul abaddir. Sababi bogManish, y a’ni
determenizm Ibn Sino falsafiy fikrlashining muhim tomoni bo'lib, u
tabiatdagi muayyan tartibni tushunishda ham alohida ahamiyatga mo-
likdir. Binobarin, avval tog‘-toshlar, so‘ngra o ‘simliklar, hayvonlar,
taraqqiyotning keyingi tizimida uning yakuni sifatida inson vujudga
keladi, degan fikr Ibn Sino tomonidan ishlab
chiqilgan va rivojlan-
tirilgan muhim falsafiy-ilmiy konsepsiyadir.
Real narsalarni chuqur bilish, boshqacha aytganda, fan bilan
shug‘ullanish insonga xos fazilat b o ‘lib, vujudi vojib, vujudi mum
kin, substansiya, aksidensiya; materiya, shakl, aql, jon, unsur, jism,
sezish, quvvat, mineral, hayvon, nutq, lison
kabi kategoriyalarning
mazmunini bilishni taqozo etadi.
24
Ibn Sino ijodida insonning tabiiy holatini ifodalaydigan nazm bi
lan yozilgan 8 ta doston yuzaga keladi: sog'liqni saqlash — gigiyena
haqida urjuza; yilning to ‘rt fasllari haqida urjuza; anatomiya haqida
urjuza; Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza; tajribadan o ‘tgan amali-
yotlar haqida urjuza; tibbiy nasihatlar haqida urjuza; aloqa haqida ur
juza; tabobat haqida urjuza.
Tabiiy hodisalar: ziddiyatlar, harakat. rivojlanish olamni idora qiluv
chi manba ’’tuzilish va buzilish”dan iborat ziddiyatdir; birinchi insonlar
haqida afsonalar (birinchi insonlar - Odam Ato va Momo Havo. Mard va
Mardona, Misho va Mishona); davriy hodisalar; to‘fon haqida, yorug‘lik
nuri (nurning tezligi, nur harakati va tovush harakati, nur va qorong‘ulik,
Oy nuri va Quyosh nuri); saqlanish g‘oyasi.
Simmetriya, “Tabiat yan-
gilishishi” (modda mo‘tadil miqdorda saqlanadi. tabiatda simmetriya ifo-
d a s i-g u l barglari 3,4,5,6 va 18 ta bo'ladi, 7 ta yoki 9 ta boim aydi); umr
masalasi (uzoq umr ko‘radigan mintaqaga Farg‘ona ham kiradi).
Markaziy Osiyo tabiatshunosligining keyingi taraqqiyoti buyuk
olim Ulug‘bek nomi bilan uzviy bog'liqdir.
Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida yozishicha, Amir
Temur huzuriga chopar kelib, U lug'bekning tug'ilgani va munajjim-
lar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor bo'Iishini bashorat
qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin
qal’asi qamalini to'xtatib, uning xalqiga yuklangan to ‘lovni
bekor
qiladi. Uning o 'z nabirasiga Muhammad Tarag'ay deb ism qo‘yganini
ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bog'lash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: