Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi


Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/100
Sana26.06.2022
Hajmi3,68 Mb.
#707457
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy. 
Abu Yusuf Yoqub ibn 
Ishoq Kindiy (801-866-yy.) - arab faylasufi. Sharq aristotelizmi 
asoschilaridan. M o‘shaziliylar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Xalifa Mu- 
tavakkil (847-86l)ning ratsionalistlar bilan kurashi vaqtida quvg’inga 
uchragan. Yunon mutafakkirlarining risolalarini arab tiliga tarjima qil­
gan, Aristotelning “Kategoriyalar”, “Ikkinchi analitika”, Evklidning 
“Unsurlar” va Ptolemeyning “Almagest” asarlariga sharhlar yozgan.
Abu Kindiy fikricha, olamning yaratuvchisi Alloh, u abadiy mav­
jud, yagona. Tabiatdagi narsalar o ‘zaro sababiy bog‘langan, ular 4 
unsur - olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Abu Kindiy 5 ta sub- 
stansiya fazo, vaqt, materiya, shakl va harakatning mavjudligi haqida, 
dunyoni bilish mumkinligi haqida fikr yuritdi. Abu-Kindiy asarlari- 
ning aksariyati bizgacha yetib kelmagan, faqat 29 ta risolasi topil- 
gan, ularning ko‘pchiligi riyoziyot, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga 
bag‘ishlangan.
Abu Kindiyning falsafiy qarashlari keyingi davrlarda Sharq muta- 
fakkirlari dunyoqarashiga, o ‘rta asr Yevropa falsafasi rivojiga sama- 
rali ta ’sir k o ‘rsatdi. M uhim asarlari: “Aql haqida”, “Jon haqida mulo- 
haza”, “Ashyolarning ta’rifi va bayoni”, ‘Beshta substansiya haqida 
kitob” va boshqalar.
Sharqda birinchi bo‘lib ilmlar tasnifi masalasiga yondashgan va 
uni hal qilishga harakat qilgan olim - Yoqub ibn Ishoq al-Kindiydir. 
Bir vaqtning o ‘zida ilmlaming falsafa, tib, riyoziyot, ilmu nujum, 
musiqa kabi ko‘pgina jabhalarida katta muvaffaqiyatlarga erishgan 
al-Kindiy o ‘zidan keyingi mutafakkirlar foydalangan arab tilidagi 
falsafiy atamalami tuzishga va ilmiy tasnifni kiritishga asos soldi. Al- 
Kindiy ilmlar tasnifi sohasiga oid “Insoniy bilimlar tasnifi”, “limning
15


tub mohiyati va uning tasnifi”, “Arastu kitoblarining soni va falsa- 
fani o ‘zlashtirish uchun nim a lozim” kabi bir necha asarlami yozdi. 
Ammo, taassufki, oxirgi qayd qilingan asaridan boshqalari bizgacha 
yetib kelmagan. 0 ‘zining tasnifida al-Kindiy falsafaga katta ahamiyat 
beradi va uni “H amm a narsa haqidagi bilim” deb ataydi. U falsafani 
bilim va faoliyat, nazariy va amaliy donishmandlikka ajratadi. Al- 
Kindiy fikricha nazariy bilim (yoki donishmandlik), riyoziyot, tabi- 
iyot va ilohiyotni, amaliy bilim esa - axloq, uy ishlari va fuqarolik siyo- 
satini o ‘zida mujassamlashtiradi. U ilmiy bilish haqidagi ta’limotini uch 
pog‘onadan iborat qilib tuzadi. Birinchi pog‘ona mantiq va riyoziyotdan, 
ikkinchi pog‘ona tabiiyotdan, uchinchi pog‘ona esa metafizikadan ibo­
rat. Falsafa vazifalarini aniqlashda Al-Kindiy tutgan o ‘rin Arastu tutgan 
o ‘ringa juda yaqin va o ‘xshashdir. Al-Kindiy fikricha, moddiy olam 
predmetlari, ya’ni “birinchi substansiyalar”ni ularning asosiy xususiyat­
lari - miqdori va sifatini o ‘rganish asosidagina bilish mumkin. Demak, 
har bir ilm asosini riyoziyot tashkil etadi. Arifmetika miqdorga taalluqli 
bo‘lsa, handasa va ilmu nujum — sifatga taalluqlidir. Riyoziyotdan so‘ng 
esa mantiq, tabiiyot, psixologiya, metafizika, axloq, siyosat keladi.
Shunday qilib, Al-Kindiy falsafiy fanlami o ‘rganishda riyoziyotga 
alohida aham iyat beradi. Uning fikricha, falsafa ilm sifatida riyozi­
yotga asoslangandir.
Al-Kindiyning fan oldidagi eng muhim xizmati shundaki, u yu- 
non, fors va hind olimlari yaratgan boy g ‘oyaviy meroslami o ‘rganib, 
ularning ilg‘or a n ’analarini rivojlantirish orqali Yaqin va 0 ‘rta Sharq- 
da ilg‘or, tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlami rivojlantirishga asos soldi. 
Amalda u o ‘rta asrlar sharqidagi ilmlar tasnifining ilg‘or ta ’limoti 
asoschisidir. O byektiv narsalam ing xususiyati, tashqi olam pred­
metlari va ularning xususiyatlarini ajratishga asoslangan al-Kindiy 
tasnifi ilmlarning predmeti va vazifalarini keyinchalik o ‘rganish va 
aniqlashda katta rol o ‘ynadi.
A l-Kindiyning ratsional fikri arab tilida ijod qilgan Ar-Roziy, al- 
Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi ilm namoyandalarining dunyoqa- 
rashi shakllanishiga asos bo ‘ldi.
16



Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish