II bob. TABIATSHUNOSLIKNING PAYDO BO ‘LISHI
2.1. Tabiatshunoslikning metodologik asoslari
Tabiatshunoslikda ilmiy tadqiqot natijalarini nazariya, qonunlar,
modellar,
gipotezalar, em pirik umumlashtirishlar va tamoyillarini
o ‘rganish, ilmiy bilish rivojlanishi tarixida fanlar tasnifi masalasi bi
lan barcha tabiat fanlari, ijtimoiy-iqtisodiy va m a’naviy-ma’rifiy fan
lar bilan o ‘zaro munosabati orasida doimo uzviy bog‘liqlik b o ‘lgan.
M a’lumki, qadimgi vaqtda barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar asosla-
rini o ‘z ichiga olgan yagona -— falsafa ilmi mavjud bo‘lgan va tabiiyki,
hech qanday ilmlar tasnifi haqida gap boMmagan. Eramizdan oldingi III
asrdan boshlab, ya’ni ellinizm davrida ba’zi bir fanlar, aw alo
riyoziyot
va tib alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Shu bilan bir vaqtda qadimgi
yunon falsafasi nafaqat falsafiy, balki riyoziyot, tabiiy va ijtimoiy fanlar
masalalarini qamrab olgan naturfilosofiya sifatida rivojlandi.
Ilmlaming borgan sari rivojlanishi ilmlar tasnifini taqozo qildi. Bu
esa ilmiy bilish masalalarini har tomonlama o ‘rganish uchun katta
zamin yaratdi. Antik davrda ilmlar tasnifi
aniq shakllandi va bu soha-
ning birinchi ta’limotlari Demokrit, Aflotun va ayniqsa,
Arastu kabi
qadimgi yunon mutafakkirlari asarlarida ishlab chiqildi. Ularning
ta ’limoti negizida ilmlar oddiydan murakkabga, alohidadan umumiy-
ga, tabiatan mazmun-mohiyati jihatidan o ‘tish tartibiga to ‘g ‘ri keldi.
Aflotun - Platonning sharq xalqlari o ‘rtasidagi nomi.
Aflotun.
Aflotun (eramizdan oldin
427-347-yillar)
ilmlar tasnifi masalasini
hal etishda dialektika, ya’ni fikr yuritish
san’atini
birinchi
o ‘ringa
qo‘yadi.
Dialektika esa o‘z ichiga,
birinchidan,
fizika - hissiy qabul etish va ikkinchidan,
etika - xohish va irodani qamrab oladi.
Ilmlar tasnifi masalasiga yondashishda
ikki xil y o ‘nalish paydo bo‘ldi.
Bu ham
bo‘lsa, materialistik “Demokrit yo‘li”,
13
y a ’ni materiya ruhga nisbatan birlamchi ekanligi va idealistik “Aflo-
tun yo‘li”, y a’ni ruh materiyaga nisbatan birlamchiligi.
Arastu fikricha, har bir fan o ‘zining maxsus mantiqiy ko‘rinishi —
“borliqqa” ega. “Borliq”, o ‘z navbatida, umumiy predmet va analogi-
ya (qiyoslash) asosi bo‘lib, yagona borliqning turli ko‘rinishlarini bir-
lashtirgani sababli ilm lam ing birini ikkinchisi bilan bog‘lash m um
kin. Demak, ilmlami tasnif qilish ham mumkin. Ular uch qismga
b o ‘linadi. Ular birinchi qismni boshlanish va sababni o ‘ziga asos qilib
olgan nazariy ilmlarga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: