1.11.Alp zog’chasi
Oʼzbekistonda kichik turi yashaydi Pyrrhocorax graculus forsythi (Stolizka, 1874)Oʼrta kattalikdagi qush, qanoti va dumi nisbatan uzun. Tumshuq sariq, oyoqlari qizil. Unga oʼxshash togʼ zagʼchasidan qisqaroq sariq tumshugʼi va uzunroq dumi bilan farq qiladi. Oʼtirgan qushda dumi taxlangan qanotlarning uchidan chiqib turadi (togʼ zogʼchasidan farqli oʼlaroq). Erkakda qanot uzunligi - 272-302 (286) mm boʼladi, urgʼochida qanoti uzunligi - 262-284 (270) mm.
Tarqalishi
Аlp zogʼchasi Oʼgam, Pskem, Chotqol va Kuramin tizmalarida, Oloy tizmasining Shimoliy hududlarida, Turkiston, Zarafshon, Xisor, Boysun tizmalarida, Bobotogʼ va Koʼhitangda uchraydi.Juda keng tarqalgan, ammo kam sonli qush. Аlp zogʼchasi mavsumiy va uyalashdan tashqari davrda oziqlanish uchun kundalik vertikal harakatlari bilan tavsiflanadi. Qishda yuqori togʼ kamarlaridan oʼrta va quyi hududlarga koʼchib tushadi. Janubiy yonbagʼirlarda alp zogʼchasi togʼ zogʼchasi bilan aralash suruvlarda koʼproq uchraydi. Аlp, subalp va nival zonalarida yashaydi. Uyalashda qoyalar bilan bogʼliq, tik qirlarda bir necha oʼndan yuztagacha juftdan iborat koloniyalarda joylashadi. Baʼzan ular alohida juftliklarda ham joylashadi. Uyani qoyalarning, gʼorlarning tirqishlarida, nishlarda soladi. Koʼpchilik qushlarda uyalash mavsumi iyul oyi oʼrtalarida tugaydi. Аlp zogʼchasi xoʼra qush, oʼsimlik va hayvonlar bilan oziqlanadi. Аrcha urugʼlarining tarqalishida uning roli eʼtiborga loyiq, chunki uning oshqozon-ichak traktidan hazm boʼlmay oʼtadi.
1.12.Zag’izg’on
Oʼzbekistonda kichik turi yashaydi Pica pica bactriana (Bonaparte, 1850)Oʼrta kattalikdagi uzun poya-poya dum bilan. Erkaklar va urgʼochilar bir xil rangda. Bosh, boʼyin, orqa, dum usti, dum, qanot qoplamalari, tizzalari qora, metall tovshanish bilan. Koʼkrak qafasining pastki qismi, qorin, yon tomonlari, pastki orqa qismi, yelka va qanotdagi keng chiziqlar oq rangda. Tumshuq va oyoqlari qora, koʼz kamalagi toʼq jigarrang. Yosh qushlarda patlari tovlanishsiz, qoʼngʼir tusli. Qanoti uzunligi - 190-217 mm, dumi - 260-288 mm.
Tarqalishi
Zagʼizgʼon butun mamlakat boʼylab keng tarqalgan boʼlib, togʼlarda dengiz sathidan 2600 - 2700 m gacha koʼtariladi, lekin odatiy choʼl va yarim choʼl hududlardan qochadi.Zagʼizgʼon koʼp sonli oʼtroq qush, faqat uyalashdan tashqari davrida, ayniqsa qishda, kichik koʼchishlar qiladi. U daraxt va buta oʼsimliklari bilan bogʼliq, tekislik, togʼ oldi yerlar va togʼlarda antropogen va tabiiy landshaftlarda yashaydi. Zagʼizgʼon monogam qush. Uyalash mavsumi fevralьdan maygacha choʼziladi. Zagʼizgʼon oddiy dendrofil boʼlib, buta va daraxtlarda uya soladi. Uyasi sharsimon shaklda boʼlib, tepasi turli oʼsimlik shoxlari bilan yopilgan, yon tomonida kirib chiqish teshik bilan boʼladi. Inda 2-9 ta tuxum boʼladi. Faqat urgʼochi tuxumlarni bosib yotadi. Bosish davrining davomiyligi 18-19 kun. Joʼjalarni ikkala ota-ona boqadi. Joʼjalar aprelь oyining uchinchi oʼn kunligidan, koʼpincha may oyining boshlarida uchib chiqadi. Turli oʼsimlik va hayvonlar bilan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |